Vazifalari


XYuS faoliyatining shart-sharoitlari va yo’nalishlariga bog’liq ravishda xarajatlar quyidagi ikki yirik guruhga bo’linadi


Download 186.47 Kb.
bet20/37
Sana20.06.2023
Hajmi186.47 Kb.
#1629356
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
Vazifalari

XYuS faoliyatining shart-sharoitlari va yo’nalishlariga bog’liq ravishda xarajatlar quyidagi ikki yirik guruhga bo’linadi:
ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq xarajatlar;
sotishdan tashqari xarajatlar;
Ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar tarkibiga, odatda, quyidagilar kiritiladi:
mahsulotlarni tayyorlash, saqlash va etkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlarni ko’rsatish, tovar (ish, xizmat, mulkiy huquq)larni sotib olish va sotish xarajatlari;
asosiy vositalar va boshqa mol-mulklarni saqlash va ekspluatatsiya qilish, ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish, shuningdek, ularni tuzatilgan holatda saqlab turish xara-jatlari;
tabiiy resurslarni o’zlashtirish xarajatlari;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanma-lari bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar;
majburiy va ixtiyoriy sug’urta xarajatlari;
ishlab chiqarish va realizatsiya bilan bog’liq bo’lgan boshqa xarajatlar.
Yuqoridagilardan tashqari bu xarajatlar yana quyida-gicha guruhlanishi mumkin:
moddiy xarajatlar;
mehnat haqi xarajatlari;
hisoblangan amortizatsiya summalari;
boshqa xarajatlar.

XYuS umumiy xarajatlarining summasidan iborat bo’l-gan ishlab chiqarish tannarxining tarkibiga quyidagilar kiradi:

moddiy xarajatlar;


amortizatsiya ajratmalari;
mehnatga haq to’lash xarajatlari;
ijtimoiy ehtiyojlarga ajratmalar;
tugallanmagan ishlab chiqarish qoldiqlarining o’zgarishi va boshqa xarajatlar;
kelgusi davr xarajatlari;
kelgusi xarajatlar va to’lovlar rezervlari;
va boshqalar.

Sotishdan tashqari xarajatlar mahsulotni ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lmaydi.


Resurslarning samarali boshqaruvchanligini ta’min-lash uchun mahsulotning tannarxi XYuSning alohida olingan bo’linmalari bo’yicha hisoblanadi. U o’z ichiga shu bo’linma-ning xarajatlarini olib, ma’lum davr uchun XYuS xara-jatlarining rejali hisobini, ya’ni byudjetini (smetasini) tuzish uchun asos bo’ladi.
XYuSning barcha xarajatlarini turli yo’nalishlar bo’yicha (u yoki bu klassifikatsiyaning asosida nima qo’yilgan-ligiga bog’liq ravishda) tasniflash (klassifikatsiya qilish, turkumlarga ajratish) mumkin. Odatda, xarajatlarning klas-sifikatsiyasi ularning quyidagi belgilar bo’yicha tasniflashni o’z ichiga oladi:

ishlab chiqarishning hajmiga nisbatan;

iqtisodiy elementlariga ko’ra;

kalkulyatsiya moddalari bo’yicha;

mahsulot tannarxiga o’tkazilish usuliga muvofiq;

davlat tomonidan tartibga solinish darajasiga qarab;

va boshqalar.


Download 186.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling