Vаzirligi bаrnо Turdiхоdjаеvnа Хаlmаtоvа, Mа’rif Shаkirоvich Kаrimоv, Аlishеr


Qabul bo’limida bemorlarni sanitar tozalash


Download 2.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/186
Sana11.10.2023
Hajmi2.21 Mb.
#1698144
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   186
Bog'liq
TIBBIYOT KАSBIGА KIRISH

4.6. Qabul bo’limida bemorlarni sanitar tozalash 
Bemor qabul bo’limiga kelganda pedikulyozga qarshi to’liq va qisman 
sanitar tozalash o’tkaziladi.
Bitlash aniqlanganda quyidagi sanitar tozalash ishlari olib boriladi:
 - to’liq tozalash (bemorni vannada yoki dushda sovun, mochalka bilan 
yuvintirish, kiyimdagi, oyoq kiyimidagi, ichki kiyimlardagi mikroorganizmlarni 
yo’qotish, ya’ni dezinfeksiya va dezinseksiya qilish);
- qisman tozalashda bemorni ba’zi anatomik sohalarini yuvish va kiyim, oyoq 
kiyim, ichki kiyimlarni dezinfeksiya (dezinseksiya) qilish.
Bitlarni yo’qotish: 
- zararlangan sochlar olinadi;
- yoki o’simlik moyi aralashtirilgan kerosin bilan tozalash;
- «Rid», «Sprey-paks», «Elko-insekt» shampunlari, «Nittefor», «Sana» los’onlari 
bilan yuvish;
- bemorlar gigiyenik vanna va dush qabul qiladi;
- vanna 1% xloramin eritmasi, sovunli shchyotka bilan yuviladi, issiq suvda 
chayiladi.
Gigiyenik vanna og’ir kasalliklarda (gipertonik kriz, o’tkir miokard 
infarkti, bosh miya qon aylanishini o’tkir buzilishi, tuberkulyozni aktiv fazasi va 
h.o.), shoshilinch xirurgik aralashuvni talab etuvchi ba’zi teri kasalliklarida, 
tug’ayotganlarda o’tkazilmaydi. Bunday holatlarda teri iliq suvga namlangan 
tampon bilan artiladi.
Nazorat savollari: 
1. Kichik rejali operatsiyalarga qanday tayyorgarlik o’tkaziladi?


349 
2. Rejali operatsiyalarga bolalar qanday tayyorlanadi?
3. Shoshilinch operatsiyalarga bemorlar qanday tayyorlanadi?
4. Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda shoshilinch operatsiyaga tayyorgarlik qanday 
o’tkaziladi?
5. Qon ketgan bemorlarga operatsiya oldi tayyorgarligi qanday o’tkaziladi?
6. Hayotiy zarur a’zolar funktsiyasi buzilgan bemorlar operatsiyaga qanday 
tayyorlanadi?
7. Qabul bo’limida bemorlarni sanitar tozalash turlari qanday?

Download 2.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling