Vаzirligi bаrnо Turdiхоdjаеvnа Хаlmаtоvа, Mа’rif Shаkirоvich Kаrimоv, Аlishеr
Chaqaloqlarni operatsiyaga tayyorlash
Download 2.21 Mb. Pdf ko'rish
|
TIBBIYOT KАSBIGА KIRISH
Chaqaloqlarni operatsiyaga tayyorlash.
Chaqaloqlar xirurgiyasi bo’limiga xar xil tug’ma kasallikli bolalarni (hazm qilish trakti, diafragma, o’pkalar, qorin oldingi devori va boshqalar) va yiringli kasalliklar yotqiziladi. Operatsiyaga bola ma’lum operatsiya oldi tayyorgarligidan keyin olinadi. Bunda tayyorgarlik hajmi o’tkaziladigan operatsiya turi va og’irligiga bog’liq bo’ladi. Shuni unutmaslik kerakki, chaqaloqlar termoregulyatsiyasi to’liq shakllanmagan. Chaqaloqlar tez sovuq qotadi va sovuqni yomon qabul qiladi. Shuning uchun ham operatsiya xonasida maxsus isitkichli operatsiya stoli bo’lmasa isitkich olib kelib operatsiya davomida bolaga qo’yib qo’yiladi. Issiqlikni saqlash va sovuq qotishni oldini olish maqsadida bola oyoqlari paxta qo’yib bintlanadi. Yana ma’lumki, yuqori haroratda bola operatsiyani yomon o’tkazadi. SHu sababli operatsiyadan oldin bola tana haroratini o’lchash va shifokorga aytish lozim. Tana harorati 38°Sdan yuqori bo’lsa shifokor haroratni tushiruvchi dorilar buyuradi. Bolalarni shoshilinch operatsiyaga tayyorlash. Umumiy qoidalar. Bemorlarni shoshilinch operatsiyaga tayyorlaganda quyidagilarni inobatga olish kerak. Cho’zilgan har bir soat bola ahvolini og’irlashtiradi va hayotga xavf soluvchi asoratlar rivojlanishiga olib keladi. Shu sababli ham operatsiya oldi tayyorgarligi minimum darajada 345 qisqartiriladi. Qisqa vaqt ichida operatsiya muvaffaqiyatli o’tishiga kerakli hamma narsa tayyorlanadi. Shoshilinch operatsiya o’tkazilishiga olib kelingan bemorlar oshqozini ko’pincha to’la bo’ladi. Bemorni operatsiya xonasiga olib kirishdan oldin oshqqozonga zond qo’yiladi va oshqozon bo’shatiladi. Bu asosan ovqatlangandan keyin kam vaqt o’tgan bo’lsa juda zarur hisoblanadi. Ushbu qoidani buzish operatsiya stolida bemorni ovqat massaliri bilan aspiratsiya bo’lishiga va xavfli asoratlarni yuzaga kelishiga olib keladi. Ko’pincha bolalarda shoshilinch operatsiya yiringli xirurgik infeksiya (appenditsit, peritonit, osteomiyelit, destruktiv pnevmoniya va h.o), har xil turdagi ichak tutilishlari (tug’ma, chandiqli, invaginatsiya), travmatik shikastlanishlar (bosh miya shikastlanishi, qorin bo’shlig’i yopiq jarohati), qon ketish sababli o’tkaziladi. Og’ir ahvolda kelgan bemorga operatsiya oldi tayyorgarligi qabul bo’limidan boshlanadi. Bunda quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi: tana harorati, pul’s, arterial qon bosimini o’lchash, qon guruhi, rezus-faktor, gemoglobin, gematokritni aniqlash. Qon ketish, ichak tutilishi, travmatik shikastlanishlarda shoshilinch operatsiyaga kam vaqt qolgan bo’lsa maxsus tekshiruvlar o’tkazmasdan Ringer, glyukoza, plazma preparatlari v\i yuboriladi. Bu dezintoksikatsiya va buzilgan gidroion holatini tiklashga yordam beradi. Klinikaga tashqi qon ketish bilan tushgan bemorlar alohida ahamiyatga ega. Qabul bo’limidayoq qon ketishini to’xtatishga qaratilgan muolajalar o’tkazilishi lozim (jgut yoki steril bosib turuvchi bog’lam qo’yish). SHu yerda qon bosim o’lchanadi, gemoglobin, gemotokrit aniqlanadi, ko’p qon yo’qotishda tezda qon o’rnini bosuvchi preparatlar quyiladi. Bolani tezda operatsiya xonasiga olib kiriladi. Ichki qon ketishda, bemor qon aralash qusgan paytda oshqozon sohaga va ko’krak qafasiga muzli xalta qo’yiladi. SHundan keyingina bemor endoskopik tekshiruvga tayyorlanadi. 346 Og’ir xirurgik infeksiya bilan bemorlar uzoq operatsiya oldi tayyorgarligiga muhtoj. Operatsiyagacha bemorni og’ir holatdan chiqarish lozim, aks holda u operatsiyani ko’tara olmasligi mumkin. Bola peritonit, suvsizlanish, intoksikatsiya alomatlari bo’lsa, yurak-qon tomir sistemasi zararlansa 2-3 soat buzilgan funksiyalarni tiklashga va dezintoksikatsiyaga qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi. Tomchi holda suyuqlik quyish boshlanadi va operatsiya xonasida davom ettiriladi. Shunday qilib, operatsiya oldi tayyorgarligi bolalarni xirurgik davolashda katta o’rin tutadi. U bola holatiga va yoshiga, operatsiya turiga va vaqtiga bohliq bo’ladi. Kichik operatsiyalardan oldin klinik tekshiruvlar bilan cheklaniladi. Katta va travmatik operatsiyalardan oldin nafas olishni, gemodinamikani, suv- tuz almashinuvi balansini va boshqa xayotiy a’zolar funksiyasini korreksiyalashga qaratilgan tayyorgarlik o’tkaziladi. Bemor, qarindoshlari va tibbiyot hodimi orasidagi bir-birini tushunish va o’zaro ishonch Shifokor bilan bemor o’rtasidagi o’zaro tushunishni asosiy tamoyili – qo’llab-quvvatlashni his etish. Agar bemor shifokor yordam berayotganini sezib tushunsa, davolash jarayonida aktiv ishtirok etishga boshlaydi. Shifokor bemorni tushunsa, shikoyatlariga befarq bo’lmasa bemor o’ylanadi. Bu his shifokor quyidagilarni gapirganda mustahkamlanadi: “Men Sizni eshitaman va tushunaman” yoki buni ko’z qiri, bosh silkishi bilan maqullasa. Hurmat insonni shaxs sifatida qabul qilishga olib keladi. Asosan bu anamnez yig’ishda, bemor hayoti bilan shifokor qiziqqanda yuzaga keladi. Hamdardlik – bemor bilan muloqot kalitidir. Shifokor bemorni o’rniga o’zini qo’yib ko’rishi va atrof- muhitga uni ko’zi bilan qarashi lozim. Bemorning ichki dunyosini tushunish va hisobga olish, bemor nimani his qilayotganini bilish, mahalliy va umumiy sezgilarni bilish, bemorni kasalligi to’g’risida tushunchaga ega bo’lishi, sabablarini bilishi katta ahamaiyat kasb etadi. 347 Bemor bilan suhbatni qat’iy qoidalari yo’q, ammo butun dunyo shifokorlari umumiy deontologiya (grekcha deon – kerakli i logos – ta’limot) – tibbiyot xodimlarining kasbiy etikasiga amal qilishadi. Bemorni qalbini, ichki hissiyotlarini tinchlantirish – deontologiyaning va uning effektivligini ko’rsatuvchi asosiy omillaridir. Gippokrat qasami juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Keyinchalik u hujjat sifatida qabul qilinib, shifokorga bir qancha majburiyatlar yuklaydi, masalan: • shifokorlik sirini saqlash; • bemorga yoki uning qarindoshlariga ma’nan zarar yetkazadigan harakatlardan saqlanish; • kasbga sodiqlik. Shifokor amaliyotining asosiy qoidalaridan biri bu – bemorga yomonlik keltiruvchi haraklarni qilmaslik yoki “yomonlik qilma”. Tibbiyot etikasining asosiy tamoyillaridan biri lotinchasiga shunday nomlanadi: primum non nosere (“eng avvalo – yomonlik qilma”). Har bir shifokor ye. Lambert fikrni tan oladi, ya’ni “yordam berib bo’lmaydigan bemorlar bor, lekin yomonlik qilib bo’ladigan bemorlar yo’q”. Ma’lumki, ba’zan davolash kasallikdan og’irroq bo’ladi. Bu yerda gap dorilarni nojo’ya ta’siri, bir necha xil dorini birdan qabul qilganda negativ holatlarni yuzaga chiqishi, tibbiyot aralashuvidan samara va og’irlashish riskini bir-biriga mos kelmasligi to’g’risidadir. Yaxshi shifokor – bu nafaqat professionalizm, ensiklopedik bilim, kerakli qarorlarni qabul qilish, tibbiy manipulyatsiya texnikasini egallash, balki bemor bilan to’g’ri suhbatlashishni bilish hamdir. “Shifokor” so’zi “vrat’” so’zidan kelib chiqqan bo’lib, qadimda “gapirish” ma’nosini bildiradi. Kuzatuvlar shuni ko’rsatadiki, malakali shifokorlar bemor bilan muloqotga, anamnez yig’ishga, fizikal ko’rsatkichlariga ko’proq e’tibor berishadi, instrumental va labarator ko’rsatkichlarni ikkinchi darajaga qo’yishadi. Isbotlanishicha, to’g’ri tashhis anamnez so’roviga ko’ra 45-50% holatlarda, so’rov va fizikal tekshiruvlarga 348 ko’ra 80-85% holatlarda qo’yiladi. Faqat 15-20% bemorlarda tashhis qo’yishda chuqur labarator va instrumental tekshiruvlar kerak bo’ladi. Bemor bilan suhbatlashishi san’ati, dialog qilish nafaqat shifokorning hoxishi, balki talantiga ham bog’liq. Shifokor bemorni eshitishi va tinglay olishi lozim. Download 2.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling