Vazirligi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti mamajanov r. Y., Rajabov t. J., Saidaxmedov e. I kiberxavfsizlik asoslari


Download 7.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/93
Sana06.11.2023
Hajmi7.29 Mb.
#1752120
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93
Bog'liq
anteplaget

Nazorat savollari
1. Kiberxavfsizlikning hayotiy timsollari va ularning vazifalari.
2. Kiberxavfsizlik tushunchasiga ta’rif bering.
3. Kiberxavfsizlikning asosiy tushunchalari.
4. Axborotning konfidensialligini taminlash deganda nimani tushunasiz?
5. Axborotni yaxlitligini taminlash deganda nimani tushunasiz?
6. Axborot uchun foydalanuvchanlikning muhimligi.
7. Risk va uning kiberxavfsizlikdagi o‘rni.
8. Hujumchi kabi fikrlash nima uchun zarur?
9. Tizimli fikrlash nima va u nima uchun zarur?
10.Axborot xavfsizligi va axborotni himoyalash tushunchalarining bir-
biridan farqi nimada?
11.Aktiv nima?
12.Tahdid va zaiflik tushunchalariga izoh bering.
13.Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik tushunchalarining birbiridan
farqi nimada?
14.Kiberxavfsizlikning bilim sohalari va ularning asosiy xususiyatlari
nimalardan iborat?
15.Kiberxavfsizlikda inson omilini misollar yordamida tushuntiring.
16.Kiberjinoyatni amalga oshirishdan ko‘zlangan maqsadlar.
17.Kiberjinoyatchilikning asosiy turlari.
18.Kiberetika tushunchasiga izoh bering va ularga misollar keltiring.
19.Kompterdan foydalanish davomida qanday etika qoidalarga e’tibor
berish talab qilinadi?


20.Kiberjinoyatchilikni oldini olish usullari va kiberqonunlar haqida
ma’lumot bering.
21.“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunda
axborotdan foydalanish tartiblari haqida nimalar deyilgan?
2 BOB. KIBERXAVFSIZLIK ARXITEKTURASI, STRATEGIYASI VA
SIYOSATI
2.1 Kiberxavfsizlik arxitekturasi va strategiyasi
Zamonaviy tijorat oldida murakkab masalalar to‘plami ko‘ndalangki,
beqaror iqtisodiy vaziyatda ularning dolzarbligi yanada oshadi. Bunday
masalalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- daromadning oshishi;
- o‘zgaruvchi vaziyatlarga reaksiya tezligining oshishi;
- harajat va chiqimlarning pasayishi;
- raqobatlik qobiliyatining oshishi;
- me’yoriy talablarga moslikni taminlash.
Yuqorida keltirilgan barcha masalalarni yechishda korxona arxitekturasidan
foydalaniladi (2.1-rasm).
Korxona arxitekturasi prinsiplar, yondashishlar va texnologiyalar naborini
shakllantirishga imkon beradiki, ular tashkilotning joriy holatini hisobga olgan
holda uning kelgusi transformasiyasi, o‘sishi va rivojlanishi asosini belgilaydi.


2.1-rasm. Korxona arxitekturasi va uning boshqa arxitekturalari bilan
bog‘liqligi.
Hozirda bunday arxitekturalarni yaratishda bir necha yondashishlar mavjud,
masalan TOGAFZachman Framework, FEAF, DoDAF va h. Ammo, qaysi bir
yondashish tanlanmasin, hozirgi sharoitda axborotdan va axborot tizimidan
foydalanmay rivojlanish mumkin emas.
Axborot va axborot tizimlari nafaqat tijoratdagi har qanday o‘zgarishlarni
madadlaydi, balki ularni oldindan sezadi, ularga oldindan tayyorlanadi, ba’zi
xollarda esa yangi tijorat-imkoniyatlarining paydo bo‘lishiga yordam beradi. Biroq
tijorat doimo istalgancha rivojlanmaydi.
Bunda
ma’lumotlarning
sirqib
chiqishi,
axborot
texnologiyalari
infrastrukturasi elementlarining ishdan chiqishi va h. bilan bog‘liq axborot
operatsion risklar anchagina rol o‘ynaydi. Hozirgi va kelajak risklarga tayyor
bo‘lish uchun korxonaning boshqa arxitekturalari bilan uzviy bog‘langan axborot
xavfsizligi arxitekturasi zarur.
Kiberxavfsizlik arxitekturasi- jarayonlarni, inson rolini, texnologiyalarni va
turli xil axborotni tavsiflaydi, hamda zamonaviy korxonaning murakkabligini va
o‘zgaruvchanligini hisobga oladi. Boshqacha aytganda, kiberxavfsizlikning
arxitekturasi tashkilotning va u bilan bog‘liq boshqa komponentlar va
interfeyslarning istalgan axborot xavfsizligi tizimi xolatini tavsiflaydi. Bunda
axborot xavfsiziligi arxitekturasi tijoratning joriy va eng muhimi, kelgusidagi
ehtiyojini akslantiradi.
Odatda arxitekturaning 3 ta sathi ajratiladi – konseptualmantiqiy va

Download 7.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling