Vazirligi farg‘ona davlat universiteti


Download 0.52 Mb.
bet13/15
Sana19.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1623768
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
kurs ish

II.Bob bo’yicha xulosa

Garchi ozbek tili leksik sistemasida anemonimlar katta miqdorni tashkil etmasa-da, paradigma a’zosi sanalgan leksemalarning har qaysisi qator farqlovchi semalari orqali yuzaga chiqishi kuzatiladi.


Anemonimlarning paradigmatik munosabatini aniqlashda paradigma a’zolarini ular ifoda etayotgan hodisalarning moddiy mavjudligi va shakllanishiga ularning harakat darajasi va usuliga kora guruhlanadi.
Tabiat hodisasi mikromaydonidagi ayrim leksemalar muayyan semasi bilan bir guruhga, boshqa semasi bilan ikkinchi guruhga kiradi.


xulosa


1. Lisoniy birliklarga sistem tarzda yondashilganda, bu birliklar o‘rtasidagi paradigmatik, sintagmatik va pog‘onali munosabatlarga diqqat qilinadi. Leksik sathda tilga sistema sifatida yondashuvda birliklarni maydon asosida tadqiq etish qulay usullardan biri bo‘lib, bu usul leksemalarning semantik tahlili orqali namoyon bo‘ladi.


2. O‘zbek tili leksik sistemasi tarkibidagi «tabiat hodisasi» arxisemasi asosida umumlashgan leksemalarni anemonim atamasi ostida birlashtirib, bu mikromaydonni chuqur tasnif etish natijasida leksik sistema - makromaydonning semantik tuzilishi bilan bog‘liq asosli xulosaga kelish mumkin. Chunki muayyan ob’ektni sistema sifatida tadqiq etishda uning barcha uzvlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni yoritish juda muhim.
3. Tabiat hodisasi mikromaydoni tarkibidagi har qaysi leksemaning birlashtiruvchi va farqlovchi semalarini aniqlash leksemalarning semik tuzilishini o‘rganish bilan birgalikda, har qaysi maydonchaning boshqa maydonchalar bilan munosabatigni yoritish uchun ham xizmat qiladi.
4. «Tabiat hodisasi» arxisemasi asosida birlashgan leksemalar o‘z ichida qator ichki maydonchalarga, kichik guruhlarga ajratiladi. Leksemalarni tasniflashda tabiiy hodisalarning moddiy shakllanishi, harakat yoki holati, harakat usullari hisobga olinadi va bu xususiyatlar leksema uchun sema hosil qiluvchi asos bo‘ladi.
5. Ushbu mikromaydon, o‘z navbatida, «esish harakatli», «yog‘ish harakatli», «yonish harakatli» «silkinish harakatli» kichik maydonchalariga bo‘linadi. Bu kichik maydon birliklari harakatning darajasi bilan «oddiy tarzda yuz beruvchi» hamda «tabiiy odatlar» semalari vositasida boshqa kichik maydonchaning elementi ham bo‘lishi mumkin.
6. «Tabiat hodisasi» arxisemasi asosida birlashgan mikromaydon elementlarining paradigmatik munosabati, sintagmatikadagi bog‘lanish imkoniyatlari va bu imkoniyatning nutq jarayonida yuzaga chiqishini aniqlash anemonimlarning leksik sistemada tutgan o‘rnini belgilashda munosib vosita bo‘ladi.
7. Anemonimlar doirasiga kiruvchi leksemalar sintagmatik munosabat natijasida boshqa paradigma a’zolari bilan ketma-ketlik aloqalarini ta’minlaydi va leksemalarning lisoniy xususiyatlari yaqqolroq namoyon bo‘ladi.
8. Ma’lum maqsadni yuzaga chiqarishga xizmat qiluvchi barqaror birikmalar ham anemonimlarning nutqda voqelanishni namoyon qilish uchun muhim rolp o‘ynaydi, bunda leksemaning asosiy semalari katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
9. Muayyan nutq jarayonida leksemaga oid semalarni namoyon etish bilan leksemaning o‘zini nazarda tutish ko‘proq topishmoqlar va tasviriy ifodalarda uchraydi. Chunki ularda birliklarning ikkinchisidan farqlanuvchi jihatlari e’tiborga olinadi, natijada leksemaning differensial semasi aniq ko‘zga tashlanadi.
10. Mikromaydon doirasidagi leksemalarning sintagmatik tadqiqi natijasida leksemaning nutqiy jarayondagi reallashuvi ko‘rinadi. Bu esa o‘zbek tilshunosligidagi til-nutq dixotomiyasi muammolarini hal etishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling