Vazirligi farg‘ona davlat universiteti
II.2. Shoir she’rlarida yog‘ish harakati bilan bog‘liq anemonimlarning ishlatilishi
Download 0.52 Mb.
|
kurs ish
II.2. Shoir she’rlarida yog‘ish harakati bilan bog‘liq anemonimlarning ishlatilishi
Abdulla Oripov asarlarida anemonimlardan kata ahamiyat kasb etadi.Yog‘ish xususiyati bilan bog‘liq tabiat hodisalari nomlarini tashkil etuvchi leksemalar “yog‘in” arxisemasi orqali umumlashgan paradigmani vujudga keltiradi. Ushbu paradigma tarkibiga quyidagi leksemalarni kiritish mumkin: yomg‘ir, qor, do‘l, jala, sel kabilar. Yomg‘ir yog’sa shoirlar Erk berarlar miyaga Tayyor mavzu topildi Tizilar qofiyaga Yuqoridagi misralarda yomg‘ir leksemasi ishtirok etyapti.Yomg‘ir leksemasi leksik sath birligi sifatida tabiat hodisasi paradigmasining a’zosi .Ma’lumki, yomg’ir yog’sa,tashqaridagi boshqa ishlar to’xtaydi.Yuqorida shunga ishora bor.Shoirlarning miyaga dam berishi deb boshqa ishlardan holi bo’lgan holda o’z yoqritgan ishi she’r yozishini nazarda tutilmoqda. Yomg’ir yog’sa qushlar-chi Taxlikaga tushadi Yomg’ir tabiat hodisasi asosan bahor va kuz fasllarida uz beradi.Bu fasllarda qushlar bizning o’lkamizda bo’ladi.Ular ko’pincha daraxtlarga uya solib kun kechirishadi ,shuning uchun ular taxlikaga tushishi haqida gap bormoqda. Yomg’ir yog’sa bemahal Kuyar o’zbek dehqoni; Hosilni poymol qildi Yetar qancha ziyoni Yomg’ir bemahal yog’ganda o’zbek dehqoning kuyinishi haqida aytib ,uning jonkuyar, tanti,mehnatkashligini nzarda tutilmoqda. A.Sobirov «yog‘in» arxisemasi leksemalar mikroguruhi haqida, ularning tur-jins munosabati to‘g‘risida shunday to‘xtalib o‘tadi: «qor» so‘zi yomg‘ir, do‘l, jala, qirov, shudring, shabnam so‘zlari bilan birgalikda yog‘in leksik-semantik guruhini tashkil etadi. Mazkur paradigmatik qatorda yog‘in gipertonim (tur), qor, yomg‘ir, do‘l, jala, qirov, shudring giponim (jins) sanaladi»1. Ushbu fikrlarga qo‘shilgan holda, maydoncha tarkibidagi leksemalar-giponimlarning o‘zaro munosabatini sogiponim sifatida belgilaymiz. Qor, yomg‘ir, do‘l, jala, qirov, kabilar yog‘in (jins)ga nisbatan giponim (tur), bir-biriga nisbatan giponimdosh bo‘lib keladi. Demak, bu ikki leksema “tez harakatli” semasi bilan farqlanadi, chunki yomg‘ir tomchilab yog‘sa, sel quyilib yog‘adi. Bunda farqlovchi asos tomchilar harakatining tezlik darajasi bilan belgilanadi. Bu leksemalar orasida darajalanish (graduonimiya) munosabati ko‘zga tashlanadi. O.Bozorov yog‘in bilan aloqador «darajali qatorlar sirasiga «yog‘in harakati» semasining darajalanishi bilan bog‘liq bo‘lgan yomg‘ir-qor-do‘l» semantik qatorini kiritadi.1 Bir-biri bilan ko‘p jihatdan yaqin keluvchi qor va do‘l leksemalariga diqqatimizni jalb qilamiz. Qor va do‘l leksemalari “harakatlanuvchi”, “mavjudlik”, “sovuqlik”, “yog‘in turi” moddiy shaklga egalik semalari bilan birlashadi. Ularni farqlovchi belgi sifatida “ovoz chiqarish”, “muz shaklli” (do‘l leksemasi); “oq par shaklli”, “qoplanish” (qor leksemasi) semalarini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ta’kidlash zarurki, muz leksemasi ham tabiat hodisalari bilan bog‘liq holda yuzaga keluvchi, suyuqlikning qattiq holatini namoyon qiluvchi jism nomini ifodalashga xizmat qiladi. Biroq muz muayyan hodisaning o‘zi bo‘lmay, uning natijasida (sovish) shakllanuvchi holat bildiruvchi leksemadir. Shuningdek, o‘zaro juda yaqin hodisalar sifatida belgilanuvchi jala va sel ta’siridagi muhim belgilar asosida yuzaga keluvchi semalarni kuzatib chiqaylik: jala va sel leksemalari uchun birlashtiruvchi semalar “tabiat hodisasi”, “harakatlanuvchi”, yog‘in turi, “tomchi asosli”, “mavjudlik”, “ovoz chiqaruvchi”, “shiddatli” kabi. Ularni bir-biridan farqlovchi belgi suv oqimini hosil qilish darajasi sanaladi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da sel leksemasiga shunday ta’rif beriladi: Sel - 1) shiddatli yomg‘ir, jala; 2) tog‘li tumanlarda shiddatli yomg‘irdan, jaladan yoki qor erishidan hosil bo‘ladigan kuchli suv oqimi1. Yuqoridagi guruh tahlilida leksemalar bir-biriga uch xil holat asosida qiyoslangan edi. Yog‘ish belgisi bilan farqlanuvchi tabiat hodisalari nomlarini anglatuvchi leksemalar ham umumiy tarzda moddiy shakllanishi, harakat darajasi, harorati nuqtai nazaridan ajralishi mumkin. Jumladan, moddiy shakllanishi jihatidan “tomchi” ko‘rinishli (yomg‘ir, jala, sel leksemalari) “oq par shaklli” (qor leksemasi) “muz ko‘rinishli” (do‘l leksemasi) semalariga; harakat darajasi asosida “sekin harakatli” (yomg‘ir leksemasi) “tez harakatli” (jala, sel leksemalari) semalariga; harakat nuqtai nazardan “sovuqlik” (qor, do‘l leksemalari) semalariga ega bo‘lgan leksemalar sifatida yuzaga chiqishi mumkin. Yog‘in harakatli “tabiat hodisalari” nomlarini tashkil etgan leksemalarga xos semalarni ko‘rib chiqamiz:
Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling