Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 101.19 Kb.
bet1/3
Sana05.05.2020
Hajmi101.19 Kb.
#103479
  1   2   3
Bog'liq
2-darajali bo'laklar


OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM

VAZIRLIGI

NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI

BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHLAR YO’NALISHI TALABASI



30 GURUH TALABASI …..

ONA TILI O’QITISH METODIKASI FANIDAN

KURS ISHI

Mavzu: Boshlang’ich sinfda 2-darajali bo’laklar mavzusini o’rganish



Bajardi:

Qabul qildi:

TOSHKENT-2020

Reja:


Kirish.

Asosiy qism.



1. Ikkinchi darajali bo’laklar turlari va ifodalanishi haqida ma'lumot.

2. 3- sinf ona tili darsida ikkinchi darajali gap bo’laklarini o’rgatish metodikasi.

3. 4- sinf ona tili darsida ikkinchi darajali gap bo’laklarini o’rgatish metodikasi.

Kirish.

Yangi asr o'qituvchisini tayyorlashda uning pedagogik-psixologik va intellektual salohiyat bo'yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta’lim bo'yicha chuqur bilimga egaligi, innovatsion ta’lim texnologiyalari, talimning interfaol usullari va ilg'or samarali metodlariga oid ijodiy faollikni oshirishning samarali usullari dan xabardor bo'lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada Muhtaram Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining «Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch» asarida “...farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli, yashaydigan komil insonlar etib voyaga etkazish - ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsad va vazifasi bo'lishi lozim,” deb ta’kidladi .

Ma’lumki ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo’lmish ilmu ma’rifat, ta’lim-tarbiyani inson kamoloti, millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Albatta, ta’lim-tarbiya - ong mahsuli, lekin ayni vaqtda u ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan, ya’ni xalq ma’naviyatini shakllantiradigan va boyitadigan eng muhim omildir. Binobarin, ta’lim- tarbiya tizimini va shu asosda ongni o’zlashtirmasdan turib, ma’naviyatni rivojlantirib bo’lmaydi. Mamlakatimizda mustaqillik yillarida olib borilgan keng ko'lamli islohotlar natijasida milliy davlatchiligimiz poydevori mustahkamlanib, davlatimiz suvereniteti, chegaralarimiz daxlsizligi taminlandi, jamiyatimizda tinchlik va osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini kuchaytirish, qonun ustuvorligi, inson huquq va erkinliklari hamda manfa’atlarini ro'yobga chiqarish bo'yicha ulkan ishlar amalga oshirildi. Ana shunday ishlardan biri O'zbekistonni yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi loyihasini ishlab chiqilishi hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017— 2021-yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yidia yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida bir yillik davlat dasturini tasdiqlashni nazarda tutadi. Xususan, 2017 yil — Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi.

1. Ikkinchi darajali bo’laklar turlari va ifodalanishi haqida ma'lumot.

Bevosita bosh bo’lakka, o’rni bilan bir - biriga bog’langan bo’lakni izohlovchi, aniqlashtiruvchi sintaktik kategoriyalar ikkinchi darajali bo’laklar deb yuritiladi.

Kesimning obyekt valentligini to’ldirib keluvchi kelishikli va ko’makchili morfologik shakllar orqali ro’yobga chiqadigan sintaktik shakl to’ldiruvchi sanaladi.

To’ldiruvchi vaziyatidagi sintaktik shakl quyidagi morfologik shakllar asosida namoyon bo’ladi:

  1. Ot:

  1. ot + tushum kelishigi: she ’mi yodladi, xat yozdim;

  2. ot + vosita kelishiklari: uzumdan yedi, kitobdan o’qidik; v) ot + ko’makchi: kitob haqida eshitdim;

  1. Olmosh :

  1. kishilik olmoshi + tushum kelishigi: seni ко ’rdim;

  2. kishilik olmoshi + vosita kelishiklari: unga berdim; v) kishilik olmoshi + ko’makchi: и haqda eshitdim;

g) ko’rsatish olmoshi + kelishik: о ’shanga atadim, о ’shani ко ’rdim.

  1. Son + kelishik: ikkini ikkiga qo ’shdi.

  2. harakat nomi bilan: Laylakning ketishiga boqma, kelishiga boq (Maqol).

  3. Otlashgan so’zlar:

  1. otlashgan sifat: Yaxshidan bog’ qolar;

  2. otlashgan ravish: Ко 'pdan quyon qochib qutulmas (Maqol).

v) undov so’zlar bilan: Ana shunda men g’alaba urasini eshitdim (M.Sholoxov).

g) yordamchi, taqlidiy so’zlar bilan: -Ha, mayli, lekinini ham ko’rish kerak («Sh. Yu»).

To’ldimvchilar, o’zlari bilan bog’lanib kelayotgan gap bo’lagi bilan aloqaga kirish usuliga ko’ra, vositasiz va vositali to’ldimvchilarga bo’linadi11.

Hokim bo’lakda ifoda qilingan harakatni bevosita o’ziga qabul qilgan predmetni bildiruvchi to’ldiruvchilar vositasiz to’ldiruvchilar deb ataladi. Vositasiz to’ldiruvchi tushum kelishigi shaklidagi so’zlar bilan ifodalanadi: Tog’lar shahami o’rab turganga o’xshaydi (Ya.).

Vositasiz to’ldiruvchi belgili va belgisiz holatda bo’ladi. Bu, albatta, ma’no va grammatik talabga ko’radir.

O’z hokim bo’lagiga bog’lanib, shu bo’lak orqali ifodalangan harakatning yuzaga kelishida qurol - vosita vazifasini vositali to’ldiruvchi bajaradi. Vositali to’ldiruvchi jo’nalish, o’rin - payt, chiqish kelishigidagi so’zlar hamda ko’makchilar bilan ifodalanadi: Sunbulning har bargidan tiniq buloq suvi tomib turardi. (Asq. M.). Po’latning qulog’iga uzoqda aytilayotgan yoqimli qo’shiqlar eshitildi. (Sh.R.). Oyqiz usta Hazratqul yuragida nimalar kechayotganini yaxshi tushunib turibdi. (Sh.R.).

Ko’makchili to’ldimvchilar qaysi ko’makchi bilan kelishiga qarab, harakatning kim yoki nima haqida ekanligini, atash, maqsad, sabab, birgalik kabi ma’nolarni ifoda etadi: Sultonmurod Iskandar Zulqarnayn to’g’risida latifa so’yladi (O.). Shuni bilkim,jon uchun jon olamiz, Shuni bilkim, to’kamiz qon uchun qon (H.O.). Po’lat Bahor bilan yoshligidanoq birga o’sdi (Sh.R.).

Vositasiz to’ldiruvchi ba’zan chiqish kelishigi shaklidagi so’z bilan ham ifodalanadi: Sen menga osmondagi gaplardan emas, yerdagi haqiqatdan gapir (P. T.).

Predmetning belgisi, qarashliligini ifoda qiluvchi gap bo’lagi aniqlovchi deyiladi. Bu o’rinda belgi tushunchasi keng ma’noda qo’llanib, sifat , rang, tus, xususiyat, maza, shakl, hajm,miqdor - daraja ma’nolarini ifoda qiladi: кок daftar, shirin haqiqat, katta bino, g’ayratli bola, ко ’p gap va h.k.

Aniqlovchilar otga bog’lanadi. Aniqlovchilar anglatgan ma’nolariga ko’ra, sifatlovchi va qaratqich aniqlovchilarga bo’linadi .

Sifatlovchi aniqlovchi otni aniqlab, odatda, shu ot bilan ifodalangan predmetni ajratishga, konkretlashtirishga, uning ma’no doirasini toraytirishga xizmat qiladi. Sifatlovchilar quyidagicha ifodalanadi:

Sifat bilan\ Anhorning bog’dan chiqib ketadigan tomoni yam-yashil maysazor (S. Z.J.

Son bilan: Erkin uchta mevali daraxt о ’tqazdi. («Sh. Yu»).

Olmosh bilan: Qancha odam kelibdi? (A.Q.).

Ravish bilan: Ко 'p odam yig’ildi. (So’zl.).

Ot bilan: Oq oltinni oltin qo ’liar yetishtiradi.

Sifatdosh bilan: Aytilgan so ’z - otilgan о ’q. (Maqol).

Predmetning qarashliligini ko’rsatib kimning?, nimaning?, qaysi?, qanday? kabi so’roqlarga javob bo’lgan aniqlovchi qaratqich aniiqlovchi deb ataladi. Qaratqich vazifasida qo’llanuvchi so’z qaratqich kelishigi shaklida, qaralmish esa egalik shaklida keladi: tog’ning havosi, bulbul nag’masi kabi.

Qaratqichli aniqlovchilar grammatik va semantik jihatdan belgili va belgisiz bo’lishi mumkin: Artilgan, tozalangan sari semiz otlaming badanlari yarqiraydi (O.). Va’damiz biryerda qaror topdi (G\G\) .

Qaratqich aniqlovchi quyidagi so’zlar bilan ifodalanadi:

Ot bilan: Yo ’Ichi mehmonlaming odarini temir qoziqlarga qantarib bog’ladi. (().).

Olmosh bilan: Sening ко ’zlaring hammani о ’ziga maftun etadi.

Otlashgan sifat bilan: Yomonning yaxshisi bo’lguncha, yaxshining yomoni bo ’ll (Maqol).

Otlashgan son bilan: Ikkalasining ham bo ’yi о ’sibdi. (So ’zl.).

Otlashgan sifatdosh bilan: Ishlaganning yuzi yorug’ bo’ladi.

Qaratuvchi belgili va belgisiz bo’ladi. Bu, albatta, ma’no xarakteriga ko’radir. Qiyos qiling: Institut bog’ida har xil gullar ochilib yotibdi // Institutning bog’ida har xil gullar ochilib yotibdi.

Izohlovchi predmetga boshqacha nom berish, uni boshqacha atash yo’li bilan aniqlaydi. Izohlovchi bog’lanib kelgan bo’lak izohlanmish sanaladi. Izohlovchi va izohlanmish bitishuv yo’li bilan aloqaga kirishib, izohlovchili birikmani hosil qiladi. Bunda har ikki bo’lak, asosan, ot bilan

13

ifodalanadi.

Izohlovchilar quyidagi ma’nolarni anglatadi:

  1. Unvonni: Professor A. N. Kononov atoqli tilshunos olimdir.

  2. Mashg’ulot, kasb, amalni: Yo’lchi o’z do’sti Qoratoy temirchi bilan hangomalashib o’tiraredi. (О).

  3. Qarindoshlik va shunga o’xshatilgan belgini: To’xta xola uzoqdan kelayotgan ikki kishining qorasini ko’rdi. (I.R.).

  4. Jinsni: Uzoqda qiz bolalarning ashulasi yangradi.

  5. Laqabni: Ayvon pastida Soli sovuq bilan Juman pismiq qo’l qovushtirib turardi. (M.I.)

  6. Taxallusni: Otaqo’zi o’g’li Rahmatulla - Uyg’un yirik o’zbek shoiridir.

  7. O’xshashlikni: Ozodlikka olib chiqdi yurtboshi - quyosh.

Kesimning holat, o’rin-payt, sabab, maqsad, miqdor kabi o’rinlarini

to’ldirib keluvchi sintaktik shakl hoi deyiladi.

Hoi fe’l kesim valentligini yuzaga chiqaruvchi gap bo’lagi bo’lganligi uchun u bevosita fe’l kesim bilan sintagmatik munosabatga kirishadi. “Hollar, to’ldiruvchilardan farqli o’laroq, so’z va gap kengaytiruvchilari mavqelariga ega bo’lib, o’zlarining boy leksik - morfologik vositalar tizimi bilan ish ko’radi”.

Hoi vaziyatidagi sintaktik shakl quyidagi morfologik shakllar asosida namoyon bo’ladi:

  1. Ravish shakli: Dilshod xolasining yoniga tez yetib keldi. (M.I.).

  2. Fe’l shakli:

  1. ravishdosh:

  1. fe’l + (i) b: Katta idoralarni chalg’itib, bizni yomon otliqqa chiqarib yurganligingiz uchun hali javob berasiz. (O’.U.);

  2. fe’l + -gach: Do ’stini ко ’rgach, ishdan tutadi.

v) fe’l + guncha: Temimi qizarguncha о ’tda tobladi; g) fe’l + (a) y: Kula - kula yig’latdi. (A.N.); d) fe’l + gani (-gali): Qo ’zi bordi suv ichgali.

  1. sifatdosh:

  1. -gani uchun (sababli, tufayli): Yo ’qlab kelganingiz uchun rahmat!

(Ya.);

  1. -ganidan; v) -ganiga;

g) -gan holda (-ganicha): Saltanat karavotga о ’tirganicha ancha vaqt xomushturdi. (O'.U.)

  1. harakat nomi: Muhandis Manzura bilan ko’rishish uchun o’midan turdi. (AsqM.);

  2. Ot + vosita kelishiklari: Andijonda о 7 yoqsain, О shda tutuni. (Qo ’shiqdan).

  3. Olmosh + vosita kelishiklari: Bu yerda na g’urbat, na kulfat, na g’am. (G’.G’.);

  4. Taqlidiy so’z shakli: Yuragi qinidan chiqquday duk - duk uradi. (

O.).

  1. Son shakli: Yetti o'lchab birkes (Maqol)

  2. Sifat shakli: Topshiriq yaxshi bajarildi.

Hollar ma’nolariga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:

  1. Ravish holi ish - harakatning qay tarzda bajarilishini yoki qanday bo’lishini anglatadi.

Ravish holi quyidagicha ifodalanadi:

Holat ravishi bilan: Osmon sekin - asta qizara boshladi.

Olmosh bilan: Qurilishda ish qanday boryapti?

Ravishdosh bilan: Mahfuza kulib so ’zlar edi.

Sifatdosh + holda tipidagi konstruksiya bilan: Begona yigit men tomon tik qaragan holda kela berdi.

Ko’makchili so’z bilan: G 'ulomjon ildam qadam bilan borardi.

Taqlid so’z bilan: Shabada g’ir - g’ir esardi.

  1. Payt holi -ish - harakatning bajarilish payti, uning chegarasini bildirib, payt ravishi, o’rin, chiqish, jo’nalish kelishiklaridagi hamda ko’makchili so’zlar bilan ifodalanadi: Husn to ’yda kerak, muhabbat kunda kerak (Maqol); Kechga tomon havo о ’zgardi.

Payt holining ma’nolari:

a) ish - harakatning paytini bildiradi: Odiljon yarim kechasi Beshserka qishlog’igayetib keldi (A.Q.).

b) ish - harakatning boshlanish paytini ko’rsatadi: Bu baqaterakni va undagi laylak uyasini bu yeming qariyalari ham bolaligidan biladi (Asq. M.).

v) payt chegarasini ko’rsatadi: Jo’raxon zalni anchagacha tinchitolmadi (Asq. M.).

g) ish - harakatning boshlanish va tugash paytini ko’rsatadi: Ular soat birdan ikkigacha dam olishadi. (So’zl.).

  1. ish - harakatning boshqa harakat va holatdan oldin bo’lish yoki bo’lmasligini ko’rsatadi: To ’qqiz yil burun mana shu bozor ко ’chada, mana shu o’zimiz o’tirgan imorat derazasining tagida katta mojaro bo ’Igan (Asq. M.).

  2. ish - harakatning boshqa harakat holatidan keyin bo’lgan - bo’lmaganligini ko’rsatadi: Kirib yotgandan keyin Ro ’zvon xola anchagina eri haqida o'y surdi (Asq.M.).

j) ish - harakatning bir vaqtda yuz berishini ko’rsatadi: U meni ко ’tarib ketayotib qattiq yarador bo’ldi (Asq. M.).

z) ish - harakatning hamma vaqt takrorlanib turishini ko’rsatadi: Onasi bilan erta -yu kech dalada timirskilanib yuradi (X.G).

  1. o’rin holi ish - harakatning bajarilish o’rnini bildirib, o’rin ravishi, ot va olmoshlar bilan ifodalanadi. O’rin holi quyidagi ma’nolami anglatadi:

  1. ish - harakatning bo’lish o’rnini: Tog’da - bog’da yashaydi, qishin - yozin yashnaydi (Topishmoq)

  2. ish - harakatning yo’nalish o’rnini: Turisdar Hamzaobodgacha mashinada borishdi.

v) harakatning boshlanish o’rnini: Sal o’tmay Shirinoy daladan aytib keldi (O.)

  1. Sababholi ish - harakatning bajarilish sababini bildiradi.

Sabab holi quyidagicha ifodalanadi:

Ot bilan: Bunda ot chiqish, jo’nalish, o’rin kelishiklaridagi yoki ko’makchili so’zlar bilan ifodalanadi: (P.T.) Zulfiya kasalligi tufayli darsga kela olmadi.

Olmosh bilan: Nega sayohatga chiqish kechiktirildi?

Harakat nomi bilan: Bunda ham harakat nomi kelishik shaklida yoki ko’makchili keladi: ... Sir ochilib qolishidan qo’rqar edi (G’.G’.J . Havoning buzilishi sababli sayohat qoldirildi.

Sifatdosh bilan: Bunda ham yuqoridagi holat yuz beradi: Odil uyalganidan qizarib ketdi (().). Zulfiya yaxshi о ’qigani uchun imtihonlarni muvaffaqiyadi topshirdi.

Ravish bilan: Feruza bekordan - bekorga xafa bo ’Idi.

Taqlid so’z bilan: Shov - shuvdan notinch bo’ldik.

  1. Maqsad holi ish - harakatning bajarilish maqsadini bildirib, nega?, nimaga?, nima maqsadda?, qanday maqsadda?, kim uchun?, nima deb? so’roqlariga javob bo’ladi. Maqsad holi ko’pincha maqsadida, umidida, niyatida, uchun ko’makchilari bilan birga kelgan harakat nomi, maqsad ravishi, ravishdoshning -gali affiksli shakli va jo’nalish kelishigidagi ayrim so’zlar bilan ifodalanadi: Nazira vazifani tezroq bajarishga harakat qildi. Biz institutni muvaffaqiyatli bitirish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. Musobaqa g’oliblarini qarshi olgani to ’plandik. Dilnoza bu yerga ataylab keldi.

Maqsad holi ikki ko’rinishga ega:

  1. aniq maqsad hollari: Bu gal o’z o’quvchilarini Oysha xolaning yoniga olib kelish uchun ruxsat berdi. (S.Z.).

  2. noaniq maqsad hollari: Ular atayin aylanma у о ’Idan yurdilar (Asq.M.).

  1. Miqdor holi ish - harakatning bajarilish miqdorini bildirib, qancha?, necha marta? so’roqlariga javob bo’ladi. Miqdor-daraja holi quyidagicha ifodalanadi:

Miqdor - daraja ravishi bilan: Ко ’p bilgan oz so ’zlar (Maqol).

Son bilan: Bu romanni ikki marta о ’qib chiqdim.

Olmosh bilan: Necha marta sayohatga hording?

Ot bilan: Anorni yashik - yashik olib kelishdi.

  1. To’siqsizlik holi ma’lum bir harakatning bajarilishida to’siqsizlik bo’lishiga qaramay shu harakatning bajarilishini anglatadi. To’siqsizlik holi nimaga qaramasdan?, nimaga qaramay?, nima demay? so’roqlariga javob bo’ladi. To’siqsizlik holi mazmunan ikki xil bo’ladi:

  1. ichki to’siqsizlikni ko’rsatadi, bunda kesimdan anglashilgan harakat bir shaxs, predmetga tegishli bo’ladi: Men xohlasam - xohlamasam otin oyiga qatnashishim shart edi (S.A.).

  2. tashqi to’siqsizlikni bildiruvchi hoi biror shaxs, biror predmet xususiyatining bajarilishiga to’siq bo’la olmasligini ko’rsatadi: Oysuluv juda charchadi, shunga qaramay, у ana shuncha yurgisi kela berdi (B.K.).

Shart holi harakat ifodalaydigan bo’lakka bog’lanib, shu bo’lak orqali anglashilgan harakatning sodir bo’lishidagi sharoitni ko’rsatadi va hokim bo’lakka - sa affiksi yordamida bog’lanadi: Borsam injenerni boshlab kelaman (O.) Shart holli gaplarda sub’yektning bajarilishi moTjallangan, biroq hali yuzaga kelmagan ikki xil harakat ideyasi bo’ladi. Bulardan biri hoi - yordamchi harakat, ikkinchisi hoi bog’langan so’z - asosiy harakat orqali anglashiladi. Asosiy harakatning yuzaga kelish - kelmasligi yordamchi harakatning bajarilish - bajarilmasligiga bog’liq: Sirni sizga aytib berganimni bilib qolishsa o’ldirishadi (H.G'). Meni ko’rsa toyginam xursand bo’lib kishnaydi (Z.D.).
2. 3- sinf ona tili darsida ikkinchi darajali gap bo’laklarini o’rgatish metodikasi.

Ta’lim jarayoni nihoyatda murakkab jarayon bo’lganligi uchun ta’lim samaradorligi pedagog va o‘quvchi faolliligiga, ta’lim vositalarining mavjudligiga, ta’lim jarayonining tashkiliy, ilmiy, metodik mukammalligiga bog‘liq.

O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A. Karimov o’zining “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” asarida o’qituvchilarning o’quvchilami har tomonlama rivojlantirishga ta’sirini yuqori baholab shunday degan edi: “Barchamizga ayonki, inson qalbiga yo’l avvalo ta’lim-tarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu hamqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebeho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz qatori biz uchun eng yaqin bo’lgan yana bir buyuk zot - o’qituvchi murabbiylarnining olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz.

Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek ma’suliyatli vazifani ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o’mimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ulaming xizmati naqadar beqiyos ekanini o’zimizda yaxshi tasawur qilamiz”

Bugun ta’lim-tarbiya jarayoniga alohida maqsad qo’yilgan. Bu o’quvchilarga ijodiy jihatdan o’z-o’zlarini namayon qilishlari uchun imkoniyat yaratish va ularda ijobiy-shaxsiy sifatlarning shakllanishiga ko’maklashishdan iborat. Shu boisdan ham, bugungi kunda o’quvchilaming faolligini oshirish, bilimlarini yaxshilash maqsadida ta’lim samaradorligini

oshiruvchi pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Milliy ta’lim ravnaqini ta’lim tarbiya amaliyotida samarali va tejamli, yangi shakl, vositalami qo’llash, izlanish orqali yuqori natijalarga erishishni ko’zlovchi pedagogik texnologiyalar ta’minlaydi.

Nima uchun bugungi kunda pedagogik texnologiyaning nazariy asosini yaratish va amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tug’ildi? «Pedagogik texnologiya» nimani anglatadi?

Pedagogik texnologiyalar ta’lim-tarbiya jarayonini ilg’or vositalari, metodlar, texnik vositalar, usullariga tayanib takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Bu tizim o’qituvchi tomonidan yaratiladi, ta’lim-tarbiya bosqichlarini o’zaro bog’lashga xizmat qiladi. Uning mzmuni va vazifalarini, maqsadini oldindan belgilash, ta’lim-tarbiyaning shakllari va vositalarini tayyorlash, o’quvchida shakllantirish ko’zda tutilgan ma’naviy sifatlarni o’zlshtirishga yo’naltirilgan darslarni rejalashtirish kabilami o’z ichiga olad15i.

Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati o’quvchilarni qiziqtirib o‘qitish va bilimlarni to‘liq o‘zlashtirishga erishishdir. Ta’limda berilayotgan bilimlami o’quvchilaming ko‘pchilik qismi puxta o‘zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy etilishining asosiy maqsadi hisoblanadi.

Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlariga, tarixiy taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va muminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga, ijodkorlik va tashabbuskorlikka tayanadi

Bugungi kunda fan-texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati nihoyatda kengayib, yangi texnologiyalar kirib kelmoqda. Sifat o‘zgarishlari shundan dalolat beradiki, endilikda yangi metodikalami talab etadigan va ta’lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o‘zining ma’lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham mavjud bo‘lib, ular zamonaviy pedagogik texnologiyalami aniq voqelikka aylantirdi.

Pedagogik texnologiya mohiyat-e’tibori jihatidan boshqa texnologiyalar bilan bir safda turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o‘z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga egadir. Biroq pedagogik texnologiya inson ongi bilan bog‘liq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bodmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish va axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o‘ziga xos xususiyati - tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganidir.

Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz boyib boradi va an’anaviy o‘quv jarayoniga, uning samaras ini oshirishga ta’sir ko‘rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalami qo‘llash awalo, pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirishni talab etadi, chunki ularni amalga oshirmay turib qodlangan har qanday pedagogik texnologiya kutilgan samarani bermaydi.

Pedagogik munosabatlarni rivojlantirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya avtoritar texnologiyaga qarama-qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, g‘amxo‘rlik, ta’lim oluvchilar shaxsini hurmat qilish va e’zozlash orqali shaxsning tahsil olishi, ijod bilan shug‘ullanishi va o‘zini o‘zi rivojlantirishiga qulay ijtimoiy va psixologik muhit yaratadi. Mazkur jarayonda talaba o‘z o‘quv faoliyatining subyekti sanaladi va pedagog bilan hamkorlikda yagona ta’lim jarayonining subyekti - ta’lim-tarbiya vazifalarini hal etadi.

Pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshiradi, o’quvchilami mustaqil fikrlash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi

An’anaviy o’qitish tizimi, aytish mnmkinki, yozma va o’g’zaki so’zlarga tayanib ish ko’rishi tufayli ’’axborotli o’qitish” sifatida tafsiflanadi, chunki o’qituvchi faoliyati birgina o’quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib borayotganligini ta’kidlagan holda baholanmoqda.

Birinchidan, pedagogik texnologiya ta'lim (tarbiya) jarayoni uchun loyihalanadi. Binobarin har bir jamiyat shaxsni shakllantirish maqsadini aniqlab beradi va shunga mos holda ma lum pedagogik tizim mavjud bo’ladi. Bu tizimga uzluksiz ravishda ijtimoiy buyurtma o’z ta'sirini o’tkazadi va ta'lim-tarbiya mazmunini umumiy holda belgilab beradi.

«Maqsad» esa pedagogik tizimning qolgan elementlarini o’z navbatida yangilash zarurligini keltirib chiqaradi.

Ikkinchidan, ilmiy texnik taraqqiyotning rivojlanayotgan bosqichida axborotlaming keskin ko’payib, fan va texnikaning rivojlanishi bilan inson faoliyati chegarasi nihoyatda kengayib borayotganligi va o’qitish imkoniyatlari katta bo’lgan yangi texnologiyalarning ta’lim sohasiga kirib kelayotganligi, o’qitish jarayonida foydalanish uchun vaqtning chegaralanganligi, shuningdek yoshlarni hayotga mukammal tayyorlash talablari ta’lim tizimiga yangi texnologiyalami joriy etishni taqozo etmoqda. Yangi metodikalami talab etadigan va ta'lim jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan va unga o’zining ma lum xususiyatlarini joriy etadigan yangi texnikaviy, axborotli, audiovizualli vositalar mavjudki ular yangi pedagogik texnologiyalarni real voqelikka aylantirdi.

Uchinchidan, sanoat va boshqa texnologiyalarning auditoriyaga uzluksiz kirib kelishi va jonli o’quv ob’ektlariga aylanishi o’qituvchining an’anaviy metodika doirasidan chiqib ketishiga va tabiiy ravishda, texnologik yondashuvlarni qo’llashga ehtiyojni tug’dirmoqda.

Bugunning har bir pedagogi har tomonlama rivojlangan, yetuk, barkamol avlodni tarbiyalab, davlatimizga munosib mutaxassis yetkazishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib qo’yadi. Shunday ekan, u pedagogik texnologiyalar asosida darsni tashkil etish va ta’lim sifati, samaradorligini oshirishda o’z hissasini qo’shish zimmasidagi asosiy vazifalardan biri ekanligini unutmasligi lozim.

"Texnologiya" tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan texnos- san'at, hunar va logos-fan, ta'limot so’zlaridan tashkil topib, "hunar fani " ma'nosini anglatadi. Biroq bu ifoda texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi, texnologik jarayon har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda amallami (operatsiyalami) muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi. Yanada aniqroq aytadigan bo’lsak, texnologik jarayon, bu - mehnat qurollari bilan mehnat ob'ektlari (xom ashyo) ga bosqichma- bosqich ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi-mashina) ning faoliyatidir. «Pedagogik texnologiya» so‘z birikmasi asosida «texnologiya», «texnologik jarayon» tushunchalari yotadi. Ushbu tushunchalar orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlaming ketma-ketligi haqidagi texnik hujjat, ta’limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo‘li aniq belgilangan maqsadlarga qaratish, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘matish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta’lim oluvchining hatti-harakati orqali

o‘qitishdir . 0‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olishi kerak.

Texnologiya deganda sub'ekt tomonidan kiritilgan ta'sir natijasida sub'ektda sifat o’zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya g’ar doim zaruriyat vositalar va sharoitlardan foydalanib, ob'ektga yo’naltirilgan maqsadni amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko’zda tutadi.

Texnologiya - zamonaviy ilmiy-amaliy tafakkur mahsuli degan xulosaga kelish mumkin. U faoliyatni tubdan takomillashtirishga, uning natijaviyligini, tezkorligini, texnikaviy qurollanganligini oshirishga oid amaliy tadqiqotlar yo’nalishini aks ettiradi.

Shunday qilib, “texnologiya” deganda insonning aniq, murakkab jarayonni ketma-ketli o’zaro bogliq mualaja va amallar tizimiga taqsimlash yo’li bilan kafolatli natijaga erishish maqsadida amalga oshiriladigan usullar tushuniladi.

Texnologiya (jarayon sifatida) uchta qoida bilan tavsiflanadi:



jarayonni o’zaro bog’liq bosqichlarga taqsimlash;

izlanayotgan natijaga (belgilangan maqsad) erishishga qaratilgan harakatlarni izchil va bosqichma-bosqich bajarish;

qo’yilgan maqsadga mos natijaga erishishning zaruriy sharti hisoblangan texnologik mualaja va amallarni bajarishning alohida ahamiyat kasb etishi.

Hozirgi kunda jahon miqiyosida ishlab chiqarilgan va foydalanilgan texnologiyalarni ikki turga bo’lish mumkin: sanoat va ijtimoiy texnologiyalardir. Ijtimoiy texnologiyalar har qanday sharoitga moslasha oladi.

Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta’lim jarayonida o’qituvchi faoliyati va o’quvchi faoliyati doirasi aniq belgilanadi, ta’limni tashkil etishning aniq taxnologiyasi ko’rsatiladi.

Ishlab chiqarishda texnologiya so’zidan kelib chiqadigan quyidagi tushunchalar ishlatiladi:

Texnologik jarayon- ishlab chiqariladigan mahsulotga ishlov berishning yagona jarayonini hosil qiluvchi texnologik operatsiyalaming yig’indisi.

Texnologik operasiya - ishchi tomonidan o’zining ish joyida bajariladigan, yakuniga yetkazilgan harakat ko’rinishidagi jarayonning bir qismi.

Texnologik xarita- ma lum bir mahsulotni ishlab chiqarish texnologik operatsiyalarini ketma-ketligini bayon qiluvchi texnik hujjat.

Texnologik rejim - texnologik operatsiyalarni amalga oshirishni belgilovchi tartib bo’lib, ma lum bir mahsulotni ishlab chiqarishda bajariladigan operatsiyalaming vaqti, shartlarini belgilaydi.

Ana shu ta'rif va tushunchalami o’quv jarayoniga ko’chirsak quyidagi xulosaga kelish mumkin:

Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchining o’quvchilarga o’qitish vositalari yordamida muayyan sharoitlarda ta'sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Pedagogik texnologiya - o’quv jarayonini texnologiyalashtirishni butunligicha aniqlovchi tizimli kategoriya. Pedagogik nashrlarda «o’qitish texnologiyasi», «ta'lim texnologiyasi» tushunchalari ham ishlatiladi

Pedagogik texnologiya inson ongi, tafakkuri bilan bogdiq bilimlar sohasi sifatida murakkab va hammaga ham tushuntirish mumkin bodmagan pedagogik jarayonni ifoda etadi. Uning o‘ziga xos jihati - tarbiya

muammosini ham qamrab olishidir. Demak, texnologiya samaradorligi inson o‘zining ko‘p qirrali tomonlari bilan unda qanchalik toTiq namoyon boMyapti, uning psixologik-kasbiy jihatlari, ularning kelajakda rivojlanishi (yoki pasayishi) qanday hisobga olinyapti, degan savollarning yechimiga bogTiq ekan. Shu jihatdan olganda texnologiya shaxsning rivojlanish bosqichlarini loyihalashtirish, tashxislash kabi imkoniyatlarga ham ega bo‘ladi. Bu esa pedagogning texnologik jarayon bilan ishlash qobiliyatiga bog‘liq.

Ta’lim tizimiga yangiliklarni olib kirish, zamonaviy pedagogik

texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kun ta’limi oldiga qo’yilgan muhim vazifalardandir .

Darhaqiqat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonining unumdorligini oshirc})di, o’quvchilaming mustaqil fiklash jarayonini shakllantiradi, o’quvchilarda bilimga ishtiyoq va qiziqishni oshiradi, bilimlarni mustahkam o’zlashtirish, ulardan amaliyotda erkin foydalanish ko’nikma va malakalarini shakllantiradi.

Pedagogik texnologiya mohiyat jihatdan boshqa texnologiyalar bir safda turadi, chunki ular kabi boshqalari ham o’z xususiy sohasiga, metodlari va vositalariga ega, ma’lum “material bilan ish ko’radi.Biroq Pedagogik Texnologiyalar inson ongi bilan bog’liq bilimlar soxasi sifatida murakkab va hammaga ham tushunarli bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etishi bilan ishlab chiqarish, biologik xatto axborotli texnologiyalardan ajralib turadi. Uning o’ziga xos tomonlari -tarbiya komponentlarini mujassamlashtirganliklaridir. Pedagogik texnologiya boshqa sohalardagi texnologik jarayonlar bilan uzluksiz va an’anaviy o’quv jarayoniga, uning samarasini, oshirishga ta’sir ko’rsatishning yangi imkoniyatlarini egallab oladi. Pedagogik texnologiya asosida o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish imkoniyati tug’iladi va u o’qituvchining yaqin ko’makdoshiga aylanadi yoki uning funksiyalarini to’liq bajarishi mumkin.

Natijada, mantiqiy bog’langan qisqa yo’llardan shunday olib boriladiki, oqibatda o’quvchilar deyarli xato qilmaydilar va o’quvchi ularning natijasini ma’lurn qilish bilan mustahkamlash imkoniyatini yaratadi hamda ta’lim maqsadini to’la amalga oshirish sari yana yangi qadamlar qo’yiladi. O'qitishning interfaolligi-o' quvchining bilish faoliyatini faollashtirish va o'zaro tahsir asosida tayyorgarlik samaradorligini oshirishning asosiy usullaridan biridir.

Interfaol mashg'ulot-o'qituvchi va o'quvchilar o'zaro faol ishtirok etadigan mashg'ulot; jarayon hamkorlikda kechadi.

Interfaol metodlar o'qituvchi bilan o'quvchining faol munosabati, bir-birini to'liq tushuntirishga asoslanadi. Interfaol metodlarni o'quv jarayoniga joriy etishning tub maqsadi - dars qaysi shaklda bo'lmasin, qaerda o'tkazilmasin darsda o'qituvchi bilan o'quvchining hamkorlikda ish lash ini va natijada o'zlashtirishlarini tahminlashi lozim. Bunda o'qituvchi faqat fasilitator (yo'l-yo'riq ko'rsatuvchi, kuzatuvchi, kuzatuvchi, xulosalovchi) vazifasini bajaradi. Ushbu metodlar orqali o'quvchilaming mustaqil fikrlash qobiliyatlari rivojlantirilib, ularda erkin fikrlash, mustaqil qaror qabul qilish, hissiyotlarni boshqara olish, tanqidiy va ijodiy fikr yuritishning rivojlanishiga zamin tayyorlanadi.
3. 4- sinf ona tili darsida ikkinchi darajali gap bo’laklarini o’rgatish metodikasi.

O'quvchilarga sinfdoshlar bilan birgalikda hozirgi vaqtda jamoatchilik fikrini to'lqinlantirayotgan mavzularda dialoglar rejalashtirish imkonini berish kerak. Yozma bahslar metodikasi yozma shakldagi bunday dialoglami sinfdagi barcha o'quvchilar ishtirokida o'tkazish imkonini beradi. Metod o'quvchilarning berilgan mavzu sohasidagi bilimlarini chuqurlashtirish sharoitini yaratadi. Munozara madaniyatini o'rgatish, asoslash qobiliyatini rivojlantiradi.

O'tkazish texnologiyasi:

  1. bosqich. Mashg'ulot boshlanishidan awal stollarni quyidagi rasmdagidek qo'yib chiqing (4 guruh ikki stolda qarama-qarshi, ammo bir-biriga bevosita yaqin joylashadi).

  2. bosqich. Ta'lim oluvchilarga yozma debatlar o'tkazish uslubiyati haqida ga'irib berib.

  • debatlar-ikki tomon o'rtasidagi yozma muloqot shaklidir;

  • debatlar ikki o'quvchi yoki o'quvchilar guruhlari o'rtasida o'zaro olib borilishi mumkin;

  • ushbu uslub bahsli, mavzularni muhokama qilganda ayniqsa foydalidir;

  • munozara aytida o'quvchilar faqat o'z asosli dalillarini taqdim etadi, qolaversa boshqa tomonning asosli dalillariga javob beradi;

  • texnika о quvchilarning muhokama qilinayotgan muammolariga doir bilimlami chuqurlashtiradi, munozara madaniyatini o'rgatadi, asoslab berish malakasini oshiradi;

  • o'qituvchi qo'lga kiritgan ajoyib material baholash uchun asos bo'lib xizmat qiladi.

  1. bosqich. Ishtirokchilarni 3 guruhga bo'ling. Guruhlami stolga o'tkazing. Bu mashqda 1-4 guruhlar mavzuni qo'llab-quwatlashini, 5-8 guruhlar esa qarshi chiqishini tushuntiring. 1-guruh 5-guruh, 2-guruh 6- guruh, 3-guruh 7-guruh, 4-guruh 8-guruh bilan bahs yuritadi. 1-4 guruhlarga qizil, 5-8 guruhlarga qora rangli flomaster tarqating. Debat yuritiladigan jadvalni tanishtiring. Asosiy tamoyillarni eslating. 1-4 guruhlarga jadvallarni to'shirib, mashq boshlanishi uchun signal bering.

  2. bosqich. Mashq yakunlanganidan so'ng debatlarni birinchi tugatgan guruhlar vakillaridan lakatlarni o'qishni iltimos qiling (biron-bir sharhsiz). Agar ihtiyoringizda vaqt qolsa, boshqa guruhlardan ham o'z ' lakatlarini o' qib berishni iltimos qilish miimkin.

Mavzu: (O’qituvchi tanlaydi)

Ha

Sizning eng kuchli asosli dalillaringiz?

Yo'q

Boshqa tomonning asosli daliliga javob qaytaring? Sizning eng kuchli asosli dalillaringiz?

Javob Asosli dalil Javob Asosli dalil

Javob Asosli dalil Javob Yakun:

Izoh: Boshlangich ta limning 3-4 sinf darslarida o'qish, ona tili, darslarida qo'llash tavsiya etiladi. Bu metodda munozara madaniyatini o'rgatish, asoslash yozma va ogzaki nutqini o'stirish va qobiliyatini rivojlantirish da foydalaniladi.



«Zigzag» strategiyasi metodi

Sinf o'quvchilari 7ta guruhga bo'linadilar va guruh nomlanadi. Guruhlarda yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga to'shiriladi. O'quvchilar matnlami diqqat bilan o'rganadilar va ga'irib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida guruh a'zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan bajariladi. Liderlaming fikrlari guruh a'zolari tomonidan to'ldirilishi mumkin. Barcha gumhlarning o'quvchilari o'zlariga to'shirilgan matn mazmuni xususida so'zlab berganlaridan so ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, awalgi faoliyat takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. SHu tarzda barcha matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o'rganib chiqilgach o'quvchilar o'tilgan mavzu bo'yicha asosiy tushunchalami ajratadilar, ulaming o'zaro mantiqiy bog'liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g'oyalar asosida mavzuga oid sxema ishlab chiqiladi. So'ngra o'zlashtirilgan bilimlar asosida o'quvchilarning o'zlariga shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi to'shiriladi.

Izoh: Boshlangich ta'limning 3-4 sinf darslarida qollash tavsiya etiladi. Bu metodda o'quvchilarni mustaqil ijodiy fikrlashga o'rgatish, mantiqiy Jikrlash doirasini kengaytirish, ogzaki va yozma nutqini rivojlantirish uchun foydalaniladi.

«Klaster» metodi



Klaster metodi 'edagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo'lib, u ta'lim oluvchilarga ixtiyoriy muammo (mavzu) lar xususida erkin, ochiq o'ylash va fikrlami bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g'oyalar o'rtasidagi aloqalar fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.

«Klaster» metodi aniq obhektga yo'naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi. Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog' liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning ta'lim oluvchilar tomonidan chuqur hamda 'uxta o'zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo'lishini tahminlashga hizmat qiladi.Gumh asosida tashkil etilayotgan mashg'ulotlarda ushbu metod guruh a'zolari tomonidan bildirilayotgan g'oyalarning majmui tarzida nomoyon bo'ladi.

Bu esa guruhning har bir a'zosi tomonidan ilgari surilayotgan g'oyalarni uyg'unlashtirish hamda ular o'rtasidagi aloqalami to'a olish imkoniyatini yaratadi.

«Klaster» metodini o'tkazish texnologiyasi:

  1. bosqich. Nimaniki o'ylagan bo'lsangiz, shuni qog'ozga yozing. Fikringizni sifati to'g'risida o'ylab o'tirmay, ularni shunchaki yozib boring.

  2. bosqich. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga ehtibor bermang.

  3. bosqich. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to'xtamang. Agar mahlum muddat biror-bir g'oyani o'ylay olmasangiz, u holda qog'ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g' oya tyg' ilgunga qadar davom ettiring.

  4. bosqich. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko"roq yangi g'oyalarni ilgari surish hamda mazkur g'oyalar o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik va bog'liqlikni ko'rsatishga harakat qiling. Foyalar yig'indisining sifati va ular o'rtasidagi aloqalami ko'rsatishni cheklamang.

Stil va stil g'oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «Klaster» metodi uxta o'ylangan strategiya bo'lib, undan ta'lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki gumh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish mumkin.

Izoh: Boshlangich ta limning 3-4 sinf darslarida qo'llash tavsiya etiladi. Bu metodda o'quvchilar bir so'zni atroflicha izoxlab berishga, uning bir necha variantlarini to'ishda foydalaniladi.

«Skarabey» texnologiyasi



«Skarabey» interaktiv texnologiya bo'lib, u o'quvchilarda fikriy bog'liqlik, mantiqiy xotiraning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi, qandaydir muommoni hal qilishda o'z fikrini ochiq va erkin ifodalash mahoratini shakllantiradi. «Skarabey» texnologiyasi har tomonlama bo'lib, undan o'quv materialining turli bosqichlarini o'rganishda foydalaniladi:

  • boshida-o'quv faoliyatini rag'batlantirish sifatida («aqliy hujum»);

  • mavzuni o'rganish jarayonida-uning mohiyati, tuzilishi va mazmunini belgilash; ular orasidagi asosiy qismlar, tushunchalar, aloqalar xarakterini aniqlash; mavzuni yanada chuqurroq o'rganish, yangi jihatlarini ko'rsatish;

  • oxirida-olingan bilimlarni mustahkamlash va yakunlash maqsadida. «Skarabey» texnologiyasi o'quvchilar tomonidan oson qabul qilinadi, chunki u faoliyatning fikrlash, bilish xususiyatlari inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. U o'quvchilar tajribasidan foydalanishni ko'zda tutadi, reflektiv kuzatishlami amalga oshiradi, faol ijodiy izlash va fikriy tajriba o'tkazish imkoniyatlariga ega. Mazkur texnologiyaning ayrim afzalliklari sifatida idrok qilishni yengillashtiruvchi chizma shakllardan foydalanishni

ko'rsatish mumkin.

«Skarabey» alohida ishlarda, kichik guruhlarda hamda o'quv jamoalarida qo'llanilishi mumkin.

Ta'limdan tashqari mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalami amalga oshirish imkonini beradi:

  • o'zgalar fikriga hurmat;

  • jamoa bilan ishlash mahorati;

  • faollik;

  • xushmuomalalik;

  • ishga ijodiy yondashish;

  • imkoniyatlarini ko'rsatish ehtiyoji;

  • o'z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirishga yordam beradi;

  • «men»ligini ifodalashga imkon beradi;

  • o'z faoliyati natijalariga mahsullik va qiziqish uyg'otadi.

Asosiy tushunchalari quyidagilar:

Assotsiatsiya-mantiqiy bog'liqlik bo'lib, sezgilar, tasawurlar, idrok qilish, g'oyalar va boshqalar orasida hosil qilinuvchi mantiqiy aloqadir.

Zanjirlash (muayyan tartib) - ahamiyati, muhimligi, mazmuni darajasiga qarab tartiblash.

Izoh: Mazkur texnologiya o'quvchilarga mustaqil ravishda bilimning sifati va saviyasini xolis baholash, o'rganilayotgan mavzu haqidagi tushuncha va tasavvurlarni aniqlash imkonini beradi. U, ayni 'aytda, turli g'oyalarni ifodalash hamda ular orasidagi bogliqliklarni aniqlashga imkon yaratadi.

Stil va stil g'oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan «Klaster» metodi uxta o'ylangan strategiya bo'lib, undan ta'lim oluvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg'ulotlar jarayonida foydalanish miimkin.

Izoh: Boshlangich talimning 3-4 sinf darslarida qollash tavsiya etiladi. Bu metodda o'quvchilar bir so'zni atrojlicha izoxlab berishga, uning bir necha variantlarini to'ishda foydalaniladi.

«Kubiklar»



Kubiklar - mavjud bo'lgan istiqbol orqali u yoki bu mavzuni ко'rib chiqishga imkon yaratuvchi uslub. Bunda fikrlash uchun turli yo'l- yo'riqlar qo'llaniladi.

Kubiklar 6 tomonli 15-20 sm:

  1. Buni tariflang.

  2. Buni taqqoslang.

  3. Bunga taluqli fikrlami bog' lang.

  4. Buni tahlil qiling.

  5. Buni qo'llang.

  6. Bunga qarshi dalil keltiring.

Amalga oshirish bosqichlari:

  1. Mavzu beriladi va o'quvchilarga shu mavzu haqida har tomonlama o'ylab ko'rish, yahni redmetni (obraz yoki biron -bir ko'rinish) batafsil (rangi, shakli, belgilari va hokazolarni ) ко'rib chiqish taklif etiladi.

  2. O'quvchilar orqama-ketin quyidagi to' shiriqni bajarishadi.

о Buni tahriflang ('redmetning, hodisaning tashqi ko'rinish ini tahriflash)

о Buni taqqoslang (u nimaga o'xshaydi, nimadan nimasi bilan farq qiladi)

о Bunga talluqli fikrlami bog'lang (u nima haqida o'ylashga majbo'r qiladi, qanday ko'rinishlar ko'z oldiga keladi. Tasawurlaringizga erkinlik bering, bu nimalarga o'xshaydi va nimalardan farq qiladi)

о Buni tahlil qiling ('redmetning, xodisaning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsating)

о Buni qo'llang (yahni buni qanday qo'llash mumkin, bu redmet, hodisa xaqidagi bilimlami qachon va qaerda qo'llash mumkin)

о Hodisa, 'redmet uchun yoki unga qarshi dalillar keltiring (yahni faqatgina tahrif bermay, buning uchun yoki unga qarshi ishontiruvchi dalil to' ish kerak)

  1. O'quvchilar bu yozma ishni bajarganlaridan so ng, kubikning har bir tomoniga talluqli javoblari bo'yicha sheriklari bilan yoki guruhlarda (agar bu ish guruhlarda bajarilgan bo'Isa) fikr almashadilar (agar juftlikda bajarilgan bo'Isa).

4 .Javoblar xohishga ko ra sherik nomidan yoki guruh nomidan o'qiladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun guruh va mavzuga qarab, kubikning mos keladigan uch tom on ini qo'llash mnmkin. Albatta savollar to'shiriqlarga mos qilib tuziladi.

  • bu qanday ko'rinishga ega?

  • bu nimaga o'xshaydi va nimadan farq qiladi?

  • (taqqoslang)

  • yana nima haqda o'ylab ko'rish mumkin? (bunga talluqli fikrlarni bog' lang)

  • bu nimadan yasalgan? (tahlil qiling)

  • uni qanday qo'llash mumkin?

  • u yaxshimi yoki yomon (uning uchun yoki unga qarshi dalillar keltiring)

Kubik bilan ishlaganda tartibga rioya qilish kerak (masalan, asar qaxramonlari asami o'qigandan so'ng tariflanadi).

Kubiklarni refleksiya bosqichida qo'llash mumkin.

O'quvchilar mahlum darajada bilimga ega ekanligiga ishonch xosil qilgandan so ng, mos keladigan mavzu tanlanadi.

Kubik bilan ishlaganda o'quvchilar bir-birlariga halaqit bermasliklari kerak.

Izoh: Ushbu metoddan har bir o'quvchiga alohida o'z Jikrini ifoda etadi.Bunda mavzu beriladi va o'quvchilarga shu mavzu haqida har tomonlama o'ylab ko'rish, yahni 'redmetni (obraz yoki bir on -bir ko'rinish) batafsil (rangi, shakli, belgilari va hokazolarni ) ko'rib chiqish taklif etiladi.

«Sinkveyn»



Sinkveyn-berilgan mavzu bo'yicha bir necha so'z orqali o'quv matnini bayon qilish mumkin bo'lgan usul. Bu o'ziga xos o'tilayotgan mavzu bo'yicha mahlumotlarni o'z ichiga olgan besh misradan iborat qofiyasiz shehr.

Maqsad: mavzuni mukammal o'rganishga erishish

Amalga oshirish bosqichlari

l.O'quvchilami sinkveyn tuzish qoidalari bilan tanishtiramiz.

2.Shu qoidalarga asoslanib, ma’lum bir mavzuda sinkveyn tuzishni taklif etamiz.

Z.Natta sinkveyn tuzganiga ishonch hosil qilgandan so'ng, xohishga ko'ra o'qiladi.

Sinkveyn tuzish qoidalari:

  • birinchi qatorda bir so'z bilan mavzu belgilanadi (ot so'z turkumidan)

  • ikkinchi qatorda mavzu ikki so'z bilan tahriflanadi (sifat)

  • uchinchi qator-shu mavzu ichida harakatni uch so'z bilan tahriflash (fehl, ravishdosh)

  • to'rtinchi qator-mavzuga munosabatni bildiruvchi to rt so'zli (turli so'z turkumlaridan) misra xosil qilish

  • beshinchi qator-bir so'z yoritilayotgan mavzuni sinonimi tanlanadi.

  • Namuna:

  • Izoh: Ushbu metoddan boshlang'ich sinflarning 3-4-sinjlarida foydalaniladi. Bu metod orqali o'quvchilarni Jikrlar qobiliyatlari o'sadi,besh qator shehriy qofiya yaratiladi. Bundan ona tili, o'qish,odobnoma,tabiatshunoslik darslarida qo'llash mumkin.

  • Download 101.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling