Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/11
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#262803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sayfixan islom dinining orta osiyoga yoyilishi va uning mintaqa manaviyatiga tasiri

XULOSA 

 

   Islom  dini  jahon  dinlari  ichida  eng  yosh  dindir.  E‟tiqod  qiluvchilari  soni 

jihatidan  esa  hristianlikdan  keyin  ikkinchi  o‟rinda  turadi.  Hozirda  Islom  diniga 

e‟tiqod  qiluvchilar  soni  qariyib  1  milliard  200  million  kishini  tashkil  etadi.  Yil 

sayin bu dinga e‟tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda. 

   Islom  dini  VII  asrning  boshlarida  Arabiston  yarim  orolida  (hozirgi  Saudiya 

Arabistonida) paydo bo‟lgan. 

   Islom-  arabcha    so‟z  bo‟lib,  mazmuni  bo‟ysunish,  itoat  etish,  o‟zini  Olloh 

irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e‟tiqod qiluvchilar arabcha “muslim”- 

“Islomni qabul qilgan”, “itoatli”, “sadoqatli” demakdir. Ko‟pligi “musulmon”  deb 

ataladi.  Bu  so‟z  hozir  o‟zbeklarda  –  musulmon,  qirg‟iz    va  qozoqlarda  – 

musulmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi. 

  Umumiy  tarzda,  Islom  –  Olloh  yagona  degan  e‟tiqod  bilan  unga 

bo‟ysunmoqlik,  itoat  etmoqlik  va  butun  qalb  bilan  ihlos  qilmoqlik  va  Olloh 

buyurgan dinga iymon (ishonch) keltirmoqlik demakdir. 

   Islomning paydo bo‟lishi  VI asr ohirgi – VII asr boshlarida Arabiston  yarim 

orolida yuz bergan ijtimoiy iqtisodiy ahvol va ma‟naviy hayot bilan bog‟liq holda 

ro‟y bergan. 

   Bu davr Arablar katta –kichik qabila va urug‟larga bo‟linib ketgan bo‟lib, ular 

o‟rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar ro‟y berib turadi. 

   Ikkinchidan  bu  davrda  Arabistonda  ko‟p  Hudolilik  dinlari  mavjud 

bo‟lgan.Asosan  fetishizm  –  turli  sanamlarga  sig‟inish  hukmronlik  qiladi.  Har  bir 

qabilaning o‟z dini sanami bo‟lib 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanadi. Ularni 

Arablar  vaqti-vaqti  bilan  ziyorat  qilib  turishgan.  Uchinchidan    bu  davrda  Arab 

qabilalari o‟rtasida Johiliya  – bilimsizlik holati, jaholat hukmronlik qilardi. Y‟ani 

arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, buzuqlik avj olgan edi.  

  Binobarin,  insonlarning  ruhlari  ham,  e‟tiqodlari  ham,  xatti-  harkatlari  ham 

buzilgan  edi.  Odamlarda  uyat  tuyg‟usi  yoqolgan  edi.  fohishalik  bir  kasbga 

aylangan  edi.  Ayollarga  hayvonlardek  muomala  qilinardi.  Go‟dak  qizlarni 

tiriklayin ko‟mish odati kabi yomon illatlar bo‟lgan. 

   Shunday  qilib,  Islomdan  ilgari  Arabistonda  qonunsizlik,  ahloqsizlik, 

zo‟ravonlik  hukm  surgani  uchun  ham  keyingi  avlod  o‟sha  davrni  haqli  ravishda 

Johiliya davri  deb atagan va undan qutilishning najot yo‟li kerak edi. 

Arablar  VIII  asrda  O‟rta  Osiyoni  –  Movaraunnahrni  bosib  oldilar  va 

qattiqqullik  bilan  islomlashtirish  siyosatini  olib  bordilar.  Bu  jarayon  o‟ta  qiyin 

kechgan. Chunonchi ular raqiblarni o‟ldirdilar, Islomni qabul etmaganlarni boshiga  

turli- tuman kulfatlarni tug‟dirdilar, har xil yo‟llar bilan mahalliy halqlarga zulm va 

ho‟rliklarni  o‟tkazdilar,  katta  soliqlar  soldilar.  Ayni  paytda  arab  hukmdorlari 

islomni  qabul  qilinganlari  uchun  turli  imtiyozlar  yaratdilar,  jumladan,  ularni 

juz‟yadan, y‟ani jon solig‟idan ozod qildilar. 

    Shunday  qilib  bir  asrdan  kamroq  vaqt  davomida  shimoliy  Hitoydan 

Ispaniyagacha,  Kavkaz  ortidan  Hind  okeanigacha bo‟lgan  katta  hudud  zabt  etildi 

va Islom dini keng hududda tarhaldi. 



    O‟rta  Osiyo  aholisining  arablarga  qarshi  olib  brogan  erk  va  ozodlik  kurashi 

bir  yarim  asr  uzluksiz  davom  etdi. Ularning  bu intilishlari, harakatlari nihoyat  IX 

asrning  ohirlariga  kelib  mintaqada  arab  halifaligi  hokimyatining  qulashi  bilan 

yakunlandi.  O‟rta  Osiyoda  IX-XI  asrlar  davomida  markazlashgan  mustaqil 

davlatlar vujudga keldi. 

    Bu – Somoniylar ,Qorahoniylar,G‟aznaviylar, Saljuqiylar va Horazmshohlar 

davlatidir.  

   Arab halifaligi 632 yildan to 1258 yilgacha , y‟ani 627 yil davom etdi. Undan 

keyin Misr Abbosiy halifaligi 1261- yildan 1517 – yilgacha, Usmoniylar halifaligi 

esa 1517 yildan 1924 yilga qadar hukm suradi.  

  Shunday qilib Islom halifaligi jami 1293 yil amal qilib , 1924 – yilda Turkiya 

jumhuriyatining  rahbari  Mustafo  Kamol  boshchiligidagi  Milliy  majlis  Usmonlilar 

halifaligini bekor qilinishi bilan nihoyasiga etdi.  

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 



Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling