Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


I.BOB. ISLOM DINING O’RTA OSIYOGA YOYILISHI VA UNING


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#262803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sayfixan islom dinining orta osiyoga yoyilishi va uning mintaqa manaviyatiga tasiri

 


I.BOB. ISLOM DINING O’RTA OSIYOGA YOYILISHI VA UNING 

MINTAQA MA’NAVIYATIGA TA’SIRI 

 

1.1.  Islom dini jahon dinlari ichida eng yosh dindir. 

 

Islom  dini  jahon  dinlari  ichida  eng  yosh  dindir.  E‟tiqod  qiluvchilari  soni 

jihatidan  esa  hristianlikdan  keyin  ikkinchi  o‟rinda  turadi.  Hozirda  Islom  diniga 

e‟tiqod  qiluvchilar  soni  qariyib  1  milliard  200  million  kishini  tashkil  etadi.  Yil 

sayin bu dinga e‟tiqod qiluvchilar soni ortib bormoqda. 

Islom  dini  VII  asrning  boshlarida  Arabiston  yarim  orolida  (hozirgi  Saudiya 

Arabistonida) paydo bo‟lgan. 

   Islom-  arabcha    so‟z  bo‟lib,  mazmuni  bo‟ysunish,  itoat  etish,  o‟zini  Olloh 

irodasiga topshirishni bildiradi. Islom diniga e‟tiqod qiluvchilar arabcha “muslim”- 

“Islomni qabul qilgan”, “itoatli”, “sadoqatli” demakdir. Ko‟pligi “musulmon”  deb 

ataladi.  Bu  so‟z  hozir  o‟zbeklarda  –  musulmon,  qirg‟iz    va  qozoqlarda  – 

musulmon, Ukraina va Rossiyada – basurman nomi bilan ataladi. 

  Umumiy  tarzda,  Islom  –  Olloh  yagona  degan  e‟tiqod  bilan  unga 

bo‟ysunmoqlik,  itoat  etmoqlik  va  butun  qalb  bilan  ihlos  qilmoqlik  va  Olloh 

buyurgan dinga iymon (ishonch) keltirmoqlik demakdir. 

   Islomning paydo bo‟lishi  VI asr ohirgi – VII asr boshlarida Arabiston  yarim 

orolida yuz bergan ijtimoiy iqtisodiy ahvol va ma‟naviy hayot bilan bog‟liq holda 

ro‟y bergan. 

   Bu davr Arablar katta –kichik qabila va urug‟larga bo‟linib ketgan bo‟lib, ular 

o‟rtasida doimiy kelishmovchilik, urush va janjallar ro‟y berib turadi. 

   Ikkinchidan  bu  davrda  Arabistonda  ko‟p  Hudolilik  dinlari  mavjud 

bo‟lgan.Asosan  fetishizm  –  turli  sanamlarga  sig‟inish  hukmronlik  qiladi.  Har  bir 

qabilaning o‟z dini sanami bo‟lib 360 dan ortiq sanam Makkada saqlanadi. Ularni 

Arablar  vaqti-vaqti  bilan  ziyorat  qilib  turishgan.  Uchinchidan    bu  davrda  Arab 

qabilalari o‟rtasida Johiliya  – bilimsizlik holati, jaholat hukmronlik  qilardi. Y‟ani 

arablar hayotida tubanlik, ichkilikbozlik, qimor, buzuqlik avj olgan edi.  

  Binobarin,  insonlarning  ruhlari  ham,  e‟tiqodlari  ham,  xatti-  harkatlari  ham 

buzilgan  edi.  Odamlarda  uyat  tuyg‟usi  yoqolgan  edi.  fohishalik  bir  kasbga 

aylangan  edi.  Ayollarga  hayvonlardek  muomala  qilinardi.  Go‟dak  qizlarni 

tiriklayin ko‟mish odati kabi yomon illatlar bo‟lgan. 

   Shunday  qilib,  Islomdan  ilgari  Arabistonda  qonunsizlik,  ahloqsizlik, 

zo‟ravonlik  hukm  surgani  uchun  ham  keyingi  avlod  o‟sha  davrni  haqli  ravishda 

Johiliya davri  deb atagan va undan qutilishning najot yo‟li kerak edi. 

    Bunday holatlarga, ayniqsa bo‟linib ketgan Arab qabilalari o‟rtasidagi  o‟zaro 

nizo  va  urushlarga  barham  berish  uchun  siyosiy,iqtisodiy,  ma‟naviy  jihatdan 

birlashgan  yagona  Arab  davlatini  vujudga  keltirishni    davr  taqazo  etmoqda  edi. 

Bunga esa yagona Hudoga e‟tiqod qilish orqali erishish mumkin bo‟lar edi.  

    Bu  davrda  Islomning  paydo  bo‟lishi  uchun  g‟oyaviy  muhit  ham  yetilib 

borayotgan  edi.  Chunonchi  haniflar  –  chinakam  e‟tiqod  qiluvchilar,  haqiqat 

izlovchilar  diniy  harakati  bunga  yaqqol  misol  bo‟la  oladi.  Haniflar  Arab 

qabilalarini    birlashitirish  jarayonining  g‟oyaviy  ifodachisi  edilar.  Ular  yakka 



hudoga  ishonishini  va  ko‟p  hudolikka  e‟tiqod  qilishdan  voz  kechishni  targ‟ib 

qilardilar.  Haniflar  o‟z  targ‟ibotlarida  Arablarni  og‟ir  ahvoldan  qutqarish  uchun 

haloskorning  kelishi  yaqinlashib  qolganligi  haqida  habar  tarqatib,  uni  sabr  bilan 

kutib turish lozimligini uqtirardilar. 

    Shunday qilib bu davrda Arablarni har jihatdan birlashtirish, kuchli saltanatni 

vujudga keltirish, yakka hudolikka o‟tishga hijoz arablari ma‟lum ma‟noda tayyor 

edilar. Bunday harakatni boshqargan kishilar o‟z  faoliyatlarini ilohiy ilhom bilan 

asoslay  olgan  holdagina  muvaffaqiyatga  erisha  olardi.  Islom  dinining  asoschisi 

Muhammad  (s.a.v.)dir.    Muhammad  (s.a.v.)  har  tomonlama  barkamol  inson 

bo‟lganlari u zotning shahsiy fazilatlari tufayli hijozliklarning harakati o‟ziga hos 

hususiyatlar kasb etib, diniy va siyosiy kuchga aylandi; bu kuch Islomning vujudga 

kelishini eng muhim tarihiy voqealaridan biriga aylantirildi. 

 


Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling