Vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


 Islomning kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa o’lkalarga tarqalishi


Download 0.59 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana09.01.2022
Hajmi0.59 Mb.
#262803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
sayfixan islom dinining orta osiyoga yoyilishi va uning mintaqa manaviyatiga tasiri

1.2. Islomning kelib chiqishi, shakllanishi va boshqa o’lkalarga tarqalishi. 

 

  Islomning  vujudga  kelishi,  arablar  orasida  vahdoniyatga  asoslangan  dinning 

qaror  topishi,  arab  qabilalarining  yakka  hudo  –  Olloh  g‟oyasi  atrofida  birlashishi 

Abdullohning o‟gli Muhammad nomi bilan chambarchars bog‟liq.  

    Qur‟oni    karimda  25  nafar  payg‟ambarning  nomi  zikr    etilgan.  Muahmmad 

Olloh  tomonidan  odamlar  orasidan  tanlangan  so‟nngi  payg‟ambar  sanaladi.  

Muhammad  ibn  Abdulloh  (570-632)  Makkada  Quraysh  qabilasiga  mansub 

Hoshimiylar xonadonida tug‟ilgan. Otasi Abdulloh Muhammad tug‟ilmasdan ikki 

oy oldin 25 yoshida vafot etgan. Muhammad 6 yosh bo‟ganida onasi Amina ham 

vafot  etadi.  Muhammadni    bobosi  Abd  al-Mutallib  o‟z  tarbiyasiga  oladi.  Ikki 

yildan  so‟ng  bobosi  ham  vafot  etadi.  Sakkiz  yoshli  Muhammadni  amakisi  Abu 

Tolib  o‟z  tarbiyasiga  oladi.  Abu  Tolib  tijorat  ishlari  bilan  shug‟ullanardi. 

Muhammad  ham  amakisi  bilan  tijorat  ishlari  bilan  shug‟ullangan.  25  yoshda 

Yamanga  o‟sha  davrning  badavlat  ayoli  Hadicha  bilan  uning  mollarini  sotishda 

ko‟maklashish  uchun  boradi.  Bu  hamkorlik  Muhammad  bilan  Hadichaning  oila 

qurishiiga sabab bo‟ladi. Ular 6 nafar farzand- ikki o‟g‟il va to‟rt qiz ko‟rganlar. 

Farzandlaridan faqat Fotima o‟sib ulg‟aydi, qolgan farzandlari bevaqt vafot etgan. 

   Muhammad  amakisi  Abu  Tolibga  yordam  bo‟lsin  deb  uning  kichik  o‟g‟li 

Alini o‟z yoniga olgan va keyinchalik qizi Fotimani unga turmushga bergan. 

   Muhammad  40  yoshga  borganida  uning  hayotida  Payg‟ambarlik  davri 

boshlangan.  Y‟ani  unga  ilk  vahiy  kela  boshlagan.  Ana  shu  davrdan  Muhammad 

Ollohning  rasuliga  –  elchisiga  aylandi.  Bu  faoliyat  23  yil  davom  etdi.  Uning  bir 

qismi Makkada (610-622), ikkinchi qismi Madinada (622-632) o‟tgan. 

   Adabiyotlarda qayd etilishicha dastlabki vahiy ramazon oyining 26-sidan 27-

siga o‟tar kechasi kelgan. Shuning uchun bu kunni musulmonlar qadr, y‟ani ilohiy 

qudrat  kechasi  sifatida  nishonlaydilar.  Ramazon  oyini  esa  muborak  deb  biladilar. 

Kelgan  vahiy Muhammad Payg‟ambarni insonlarni johiliyadan qutqarish va Olloh 

ko‟rsatgan to‟g‟ri yo‟lga chaqirishga da‟vat etadi. 

    Muhammad(s.a.v.)  Makkaliklarni  but  va  sanamlarga  sig‟inishdan  qutqarish 

va yagona Olloh e‟tiqodiga olib kirish uchun 3 yil yashirin ravishda harakat qildi. 

Bu davrda Islom diniga kirganlar 30 kishini tashkil etdi xolos. Birinchi bo‟lib Bibi 




Hadicha , keyin amakivachchasining o‟gli  Haydar y‟ani Ali, asrandi o‟g‟li Zayd 

ibn Horis islomga kirdi. So‟ng Abu Bakr, az-Zubayr, Talha, Sa‟d ibn Abu Vaqqos, 

Abd  ar  Rahmon  ibn  Avf,  Usmon  ibn  Affon  va  boshqalar  islomni  qabul  qildilar. 

Shu tariqa Makkaliklar ikkiga ajralishdi. Bular Ollohning yakkaligiga ishonganlar- 

mo‟min-musulmonlar  va  ishonmaganlar  –  mushriklar  edi.  Mushriklar  Ollohni  

yakka deb e‟tirof etmay, uning sheriklari bor, y‟ani hudolar ko‟p deb , turli sanam, 

tosh va hakazolarga, ko‟plab hudolarga sig‟inishdilar. Mushriklar 23 yil davomida 

Muhammad(s.a.v.)  targ‟ibotlariga tish-tirnoqlari bilan qarshi chiqdilar. Ular hatto 

Muhammad Payg‟ambarni jismonan yo‟q qilmoq payiga tushganlar. 

    619  yilda  avval  amakisi  Abu  Tolib,  keyin  hotini  Hadicha  vafotidan  so‟ng 

mushriklar  payg‟ambarga  qarshi  kurashni  yanada  kuchaytirdilar.  U  zot  o‟zga 

yerlardan tarafdorlar izlashga majbur bo‟ldilar.  

   Dastlab  bir  guruh  musulmonlar  Habashistonga  ko‟chdi.  622  yilda  Makka 

zodogonlari  bilan  raqobatlashib  kelayotgan  Yasrib(Madina)  dagi  Abs  va  Hazraj 

qabilalarining 

vakillari 

musulmon  jamoasini  o‟ziga  qabul  qilish  , 

Muhammad(s.a.v.)  ni  umumiy  rahnamo  sifatida  tan  olishga    rozi  bo‟lishdi.  Shu 

tariqa 622 yilda musulmonlar jamoasi Makkadan Madinaga ko‟chadi. Buni tarihda 

hijrat-  ko‟chish  deb  yuritiladi.Musulmon    yili  Hijriy  yil  hisobi  shu  yildan 

boshlanishi  rasmiy  tan  olingan.  Ko‟chib  kelgan  kishilar  muhojirlar  (ko‟chib 

kelganlar),  Madinada  Islomni  qabul  qilganlar  ansorlar  (tarafdorlar)  deb  ataldilar. 

Bu yerda Muhammad(s.a.v.)  qisqa  vaqt ichida tarqoq arab qabilalarini muhojirlar 

bilan  birlashtirib  bir  jamoa  –  ummani  tashkil  etdi.  Bu  jamoa  qisqa  vaqt  ichida 

kichik,  lekin  kuchli  davlatga  aylandi.  Diniy,  ma‟muriy  va  harbiy  hokimiyat 

butunlay    Muhammad  Payg‟ambar  qo‟liga  o‟tdi.  Madina  atrofidagi  barcha  arab 

qabilalari  bo‟ysundirildi.  Ayni  vaqtda  Madina  va  Makka  o‟rtasida  boshlangan 

kurash 8 yil davom etdi va Badr, Uhud, Handoq kabi janglar bo‟lib o‟tdi. Nihoyat 

Makka  zodogonlari  628  yilda  Muhammad(s.a.v.)      bilan  kelishishga  majbur 

bo‟ldilar. 630 yilda musulmonlar qushini hech qanday qarshiliksiz Makkaga kirib 

bordi.  Makka  aholisi  yoppasiga    Islom  dinini  qabul  qildi  va  Muhammadni 

Ollohning  elchisi  deb  e‟tirof  etdi.  Ana  shundan  boshlab  Makka  Islom  dini 

markaziga,  Ka‟ba  musulmonlarning  muqaddas  ziyoratgohiga aylangan.  632  yilda 

Muhammad oila a‟zolari bilan birga Ka‟baga birinchi  marta haj ziyoratiga  keldi. 

Mazkur Haj tarixda “vidolashuv haji” deb yuritilib, Muhammad hajga to‟plangan 

124 ming musulmonga harata tuya ustida o‟tirib nutq so‟zlangan. Bu nutq tarihda – 

“vidolashuv hutbasi” deb yuritilib, u nafaqat yig‟ilgan musulmonlarga, balki butun 

insoniyatga haratilganligi va insoniyat tarihida eng buyuk inqilib yasaganligi bilan 

ajralib  turadi.  Vidolashuv  hutbasi  jaholiyat  davrining  butun    hurofatlarini,  butun 

yomonliklarini,  qon  da‟volarini,  sudho‟rlikni,  qimor,fohishalikni,  ayollarga 

nisbatan past nazar bilan qarashni o‟rtadan barham toptirishda muhim rol o‟ynaydi. 

    Muhammad 

Payg‟ambar  aytgan  va‟zalarining  qisqacha  mazmuni 

quyidagicha:  

   “Ey  insonlar!  So‟zlarimni  diqqat  bilan  eshitingiz.  Bilmayman,  balki  bu 

sanadan keyin Siz bilan bu yerda yana bir bor birga bo‟lolmasman. 

    “Ey  insonlar”!  ..Bu  kuningiz  (qurbon  kuni)  qanday  muqaddas  bo‟lsa,  bu 

oyingiz  qanday  muqaddas  bo‟lsa,  bu  shahrimiz  (Makka)  qanday  muqaddas  bir 




shahar  bo‟lsa,  bilingizki,  jonlaringiz,  mollaringiz  ham  shu  kabi  muqaddasdir. 

Bularga qilingan har qanday tajovuz haromdir. 

    Ashobim!  Hushingizni  yig‟ib  oling!  Bilingizki,  zinhor-bezinhor  mendan 

keyin eski adashuvga qaytib bir-biringizning bo‟yningizni kesmang! 

    Ashobim!  Eski    Johiliyat  davridan  qolgan  hamma  qon  da‟volari  batamom 

bekor qilindi. 

    Ashobim! Kimning yonida bir omonat bo‟lsa, uni egasiga qaytarib bersin.  

    Ey  Insonlar!  Hotinlarning  haqlariga  rioya  etingiz.  Ular  bilan  shavqat,  mehr 

ila  muomalada  bulingiz.  Ularning  haqlari  hususida  Ollohdan  qo‟rqingiz!  Hotinlar 

Sizga  Tangrining  omonatidir.  Ular  Ollox  nomiga    so‟z  berib  oldingiz.  Sizning 

hotinlar  ustida  haqlaringiz  bo‟lgani  kabi,  ularning  ham  Sizda  haqlari  bor.Sizning 

hotinlardagi haqlaringiz  – hotinlarning  oila  sharafini  Siz  yoqtirmaydigan hech  bir 

kimsaga  oyoqosti  qildirmasliklaridir.  Hotinlaringizning  har  turli  yeyish  va  kiyish 

ehtiyojlarini  ta‟minlashingiz  esa,  ularning  Sizning  ustingizdagi  haqlaridir…Bir 

hotin erining ruhsatisiz uning molidan biror narsani birovga berishi halol emas. 

    Ey mo‟minlar! So‟zlarimni yaxshi eshitingiz : …Hech kimning boshhalardan 

ustunligi  yo‟qdir.  Sharaf  va  ustunlik  faqat  fazilat  iladir.  Har  bir  musulmon 

musulmonning  birodaridir.  Haqsizlik  qilmang!  Haqsizlikka  bo‟yin  ham  egmang! 

Odamning haqlarini emang. Bir-biringiz bilan bo‟g‟ishmang! … 

      Ey Insonlar! Har bir jinoyatchi o‟z aybiga faqat o‟zi javobgardir. Hech bir 

jinoyatchining gunohi uchun avlodi jazo tortmaydi.  

     Ey mo‟minlar! Sizga bir omonat qoldiryapman. Unga mahkam bog‟laningiz 

sari yo‟lingizda hech adashmagaysiz. Bu omonat Ollohning kitobi – Qur‟ondir. 

     Ey insonlar! Haddan oshishlikdan saqlaning…”  

  Muhammad  Rasulluloh  hajdan  qaytgach  632  yil  8    iyunda  kasallanib  vafot 

etdi.  Bu  davrga  kelib  Arabiston  yarim  oroli  to‟la  birlashtirilgan,    uning  aksariyat 

aholosi  Islom  dinini  qabul  qilgan  edi.  Arabistonning  siyosiy,  iqtisodiy  ,  etnik  va 

madaniy  jihatlardan  birlashishida  Islom  dini  muhim  omil  bo‟lib  hizmat  qildi.va 

kelajakda vujudga kelgan musulmon olamining mafkurasiga aylandi. 

Muhammad  Rasululloh    vafot  etgach  u  barpo  etgan  davlatni  uning 

o‟rinbosarlari  –  halifalar  boshhargan.  Shu  munosabat  bilan  musulmonlar  davlati 

tarihda “Arab halifaligi” deb nom olgan.  

     632-661  yillarda  to‟rt  nafar  halifa  –  Abu  Bakr,  Umar,  Usmon  va  Alilar 

halifalikni boshharib er yuzining katta qismini halifalikka bo‟ysundirganlar. 

     661-750  yillarda  hariyib  yuz  yil  Islom  tarihida  Ummaviylar  sulolasi 

hukmronlik qilgan. Bu davrda arablar istilosi va Islomning boshqa halqlar  orasida 

tarhalishining  ikkinchi  davri  boshlanib    Shimoliy  Afrika,  Ispaniya    erlari  bosib 

olindi. 


      Arablar  VIII  asrda  O‟rta  Osiyoni  –  Movaraunnahrni  bosib  oldilar  va 

qattiqqullik  bilan  islomlashtirish  siyosatini  olib  bordilar.  Bu  jarayon  o‟ta  qiyin 

kechgan. Chunonchi ular raqiblarni o‟ldirdilar, Islomni qabul etmaganlarni boshiga  

turli- tuman kulfatlarni tug‟dirdilar, har xil yo‟llar bilan mahalliy halqlarga zulm va 

ho‟rliklarni  o‟tkazdilar,  katta  soliqlar  soldilar.  Ayni  paytda  arab  hukmdorlari 

islomni  qabul  qilinganlari  uchun  turli  imtiyozlar  yaratdilar,  jumladan,  ularni 

juz‟yadan, y‟ani jon solig‟idan ozod qildilar. 



    Shunday  qilib  bir  asrdan  kamroq  vaqt  davomida  shimoliy  Hitoydan 

Ispaniyagacha,  Kavkaz  ortidan  Hind  okeanigacha bo‟lgan  katta  hudud  zabt  etildi 

va Islom dini keng hududda tarhaldi. 

    O‟rta  Osiyo  aholisining  arablarga  qarshi  olib  brogan  erk  va  ozodlik  kurashi 

bir  yarim  asr  uzluksiz  davom  etdi. Ularning  bu intilishlari, harakatlari nihoyat  IX 

asrning  ohirlariga  kelib  mintaqada  arab  halifaligi  hokimyatining  qulashi  bilan 

yakunlandi.  O‟rta  Osiyoda  IX-XI  asrlar  davomida  markazlashgan  mustaqil 

davlatlar vujudga keldi. 

    Bu – Somoniylar ,Qorahoniylar,G‟aznaviylar, Saljuqiylar va Horazmshohlar 

davlatidir.  

   Arab halifaligi 632 yildan to 1258 yilgacha , y‟ani 627 yil davom etdi. Undan 

keyin Misr Abbosiy halifaligi 1261- yildan 1517 – yilgacha, Usmoniylar halifaligi 

esa 1517 yildan 1924 yilga qadar hukm suradi.  

  Shunday qilib Islom halifaligi jami 1293 yil amal qilib , 1924 – yilda Turkiya 

jumhuriyatining  rahbari  Mustafo  Kamol  boshchiligidagi  Milliy  majlis  Usmonlilar 

halifaligini bekor qilinishi bilan nihoyasiga etdi.  




Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling