Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B
BOB. IQTISODIYOTNING MOLIYAVIY SEKTORI
Download 0.51 Mb.
|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org
BOB. IQTISODIYOTNING MOLIYAVIY SEKTORIDavlat byudjetining mohiyati va funksiyalari Moliya - bu takror ishlab chiqarish jarayonni ta'minlash va jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida mablag’larni (moliyaviy resurslarni) shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir. Moliyaviy faoliyatni, moliyaviy munosabatlarni va ularga xizmat ko’rsatuvchi maxsus muassasalarni (Moliya vazirligi, banklar, g’aznachilik, soliq xizmatlari) tartibga soluvchi shakllar, usullar va normalarning yig’indisi birgalikda davlatning moliyaviy tizimini tashkil etadi. Davlat o’z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba sifatida davlat byudjetiga tayanadi. Davlat byudjeti mamlakat moliya tizimining markaziy unsuri bo’lib makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlashda muhim rol o’ynaydi. Davlat byudjeti moliyaviy balans sifatida ikki qismdan iborat bo’lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash mumkin. Davlat byudjeti daromadlari soliq va soliq bo’lmagan tushumlar hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina shakllanadi deb qaraladi. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida iqtisodiyotga xarajatlar, markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya, ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish moddalari mavjud. Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert to’lovlari) ko’paytirish yoki qisqartirish orqali mamlakat iqtisodiyotiga aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi mutanosiblikni ta‘minlash, ishlab chiqaruvchilarga moliyaviy yordam shakllarini ko’rsatish, baholar ustidan nazorat o’rnatish, eksport va 101 import qilinadigan tovarlarga kvotalar o’rnatish va shuningdek, mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora- tadbirlar majmuasidan iborat. Davlat tomonidan ko’rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya, subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi. Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko’rinishidagi yordam turi bo’lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan ko’rsatiladi. Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo’lishi mumkin. Bevosita subsidiyalarga kapital qo’yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta tayyorlashga ajratilgan mablag’lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq imtiyozlari, imtiyozli shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona bojlari va boshqalar kiradi. Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko’rinishida himoya qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko’p qirrali soliqlar tizimidan foydalaniladi. Aholi davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga qarab daromad solig’i to’laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab foydadan soliq to’laydilar. Shu kabi juda ko’p mavjud soliq turlaridan oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan butun makroiqtisodiy vaziyatga ta‘sir ko’rsatadi. Soliqlarni o’zgartirish orqali investitsiyalar va jamg’armalar rag’batlantiriladi. Davlat byudjeti mablag’lari hukumatning daromadlarni va resurslarni qayta taqsimlash funnksiyasini bajarishi uchun imkoniyat yaratadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling