(M/P) s = M*/P*
Bu yerda: M - pul taklifi darajasini bildiradi;
P – baholar darajasi (ushbu modelda ekzogen o’zgaruvchi )ni ko’rsatadi.
8.2-chizma real pul taklifi miqdoridagi foiz stavkasiga bog’liq bo’lmagan vaziyatni ko’rsatadi. Shuning uchun real pul vositalari taklifi grafikda ko’rsatayotganimizdek vertikal chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi. Bu holat foiz stavkasi qanchalik o’zgarishiga qaramasdan real pul taklifi miqdori o’zgarmasdan qolgan vaziyatni aks ettiradi.
zahirasi taklifi grafigi modeli
Re
MD
M*/P* M/P
M*/P* M/P
Baholar darajasini ham barqaror deb qabul qilamiz. Bu holatda real pul taklifi M*/P* ga teng va grafikda Ms to’g’ri chiziq ko’rinishiga ega bo’ladi.
Pul talabi berilgan daromad darajasida foiz stavkasiga teskari proporsional egri chiziq ko’rinishiga ega. Muvozanat nuqtasida pul talabi va taklifi o’zaro teng, (8.3-chizma).
98
O’zgarib turuvchi foiz stavkasi pul bozorini muvozanatda ushlab turadi. Foiz stavkasining o’zgarishi natijasida iqtisodiy agentlar o’z aktivlari tarkibini o’zgartirgani tufayli pul bozorida muvozanatga erishish uchun vaziyatga ta‘sir etib uni o’zgartirish zarur va mumkindir. Agar R juda yuqori bo’lsa, pul taklifi unga bo’lgan talabdan yuqori bo’ladi. Iqtisodiy agentlar o’zlarida to’planib qolgan ortiqcha naqd pullarni aksiya va obligasiyalarga aylantirib, ulardan qutilishga intilishadi.
Yuqori foiz stavkasi, ta‘kidlanganidek, obligasiyalar kursining pastroq darajasiga mos keladi. Shu sababli, arzon obligatsyalarni (kelajakda foiz stavkasi pasayishi oqibatida ular kursi o’sishini ko’zda tutib) sotib olish foydali bo’ladi.
Banklar, Ms> Md bo’lgani uchun foiz stavkasini pasaytira boshlaydi. Asta-sekin iqtisodiy agentlar o’z avtivlari tarkibini o’zgartirishi va banklar tomonidan foiz stavkasining o’zgartirilishi oqibatida pul bozorida muvozanat tiklanadi. Foiz stavkasi pasayib ketgan holatda teskari jarayon ro’y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |