8.1-chizma
Pulga talab grafigi
M/R
Pulning aylanish tezligini hisobga olmaganda, real pul qoldig’iga talab formulasi quyidagicha bo’ladi:
Bu yerda: R – foiz stavkasi; Y – real daromad.
Chiziqli bog’liqlikni e‘tiborga olsak, quyidagicha formula hosil bo’ladi:
Bu yerda: k va h – pulga talabning daromadlar va foiz stavkasiga ta‘sirchanligini ifodalovchi koeffitsiyentlar; R – foiz stavkasi (real foiz stavkasi).
94
Real foiz stavkasi nominal foiz stavkasidan inflyatsiya sur‘atini ayirib topiladi.
Daromad darajasining o’zgarishi foiz stavkasi o’zgarmas bo’lgan sharoitda ham pulga talabning ko’payishiga olib keladi. Bu grafikda pulga talab egri chizig’ining siljishi ko’rinishida namoyon bo’ladi.
Monetaristik pul talabi kontseptsiyasi. Monetarizm - bu siyosat va amaliyotda hal qiluvchi omil sifatida muomalada bo’lgan pulni targ’ib qiluvchi makroiqtisodiy nazariya.
Monetaristlar J.M.Keynsning iqtisodiy agentlar o’z mulklarini saqlab qolish uchun o’zlarining aktivlarining bir qismini naqd pulda ushlab turishlari haqidagi g’oyasini qabul qildilar. Shu bilan birga, monetaristlar mulk ob'ekti sifatida pulga bo’lgan talabni belgilaydigan spekulyativ motiv g’oyasini rad etishdi.
Monetaristlar pulga bo’lgan talabni rentabellikning kerakli darajasini ta'minlash uchun turli darajadagi rentabellik va tavakkalchilik darajasidagi aktivlar portfelini shakllantirganda, xo’jalik yurituvchi subyektlarning mol-mulkini (aktivlarini) optimallashtirishning umumiy nazariyasi doirasida tushuntiradilar.
Pul taklifi (Ms) o’z ichiga bank tizimidan tashqaridagi naqd pullar
va zarur bo’lganda (D) iqtisodiy agentlar bitimlar uchun ishlatishi mumkin bo’lgan depozitlarni oladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |