MB=C+R
Pul taklifining kengaytirilgan modelini quyidagicha yozish mumkin:
96
Ms =------------- · MB yoki Ms = m · MB Cr + rr
(Cr +1)/ (Cr + rr) nisbat pul multiplikatori deb yuritilib bir so’mlik pul bazasi hisobiga necha so’mlik pul taklifi yuzaga kelishini ko’rsatadi. Pul multiplikatorini – pul taklifining pul bazasiga nisbati ko’rinishida yozish mumkin:
Ms S+D S/ D + D/ D Cr + 1
m = ------- = -------- = ----------------- = ----------
MB C+R S/ D + R / D Cr +rr
Cr miqdori – aholining o’z mablag’larini naqd pullar va depozitlar o’rtasida qanday proporsiyada saqlashni tanlashga bog’liq.
rr = R / D miqdori esa – aholining nafaqat Markaziy Bank belgilab bergan majburiy rezerv normasiga, balki tijorat banklari saqlab turishni mo’ljallanayotgan ortiqcha rezerv miqdoriga ham bog’liq.
Demak, pul taklifi pul bazasi va pul multiplikatori miqdoriga bog’liq ekan.Pul multiplikatori pul bazasining bir miqdorga oshishi natijasida pul taklifi qanday o’zgarishini ko’rsatadi.
Markaziy bank pul taklifini avvalambor, pul bazasiga ta‘sir etish yo’li bilan tartibga soladi.
Mamlakatda pul miqdori ko’payadi, agar:
-pul bazasi o’ssa;
-naqd pullarningn depozitlar umumiy summasiga nisbati pasaysa.
Pul bozori modeli pulga talab va taklifni birlashtiradi. Dastlab, soddalik uchun pul taklifi Markaziy Bank tomonidan nazorat qilinadi va (M/P)s darajasida qayd qilingan deb olamiz.
97
Agarda M -pul taklifini, P-narxlar darajasini bildirsa, M*/P* pul vositalarining real zahirasi miqdorini ko’rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |