Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan byudjet multiplikatorlari.
Qisqa muddatli davrda byudjet-soliq siyosati davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan byudjet multiplikatorlari samarasi ta‘siri ostida bo’ladi.
ΔG ↑ → ΔE↑ (ΔEqΔC) → ↑ΔY (ΔY=ΔC * mg)
Davlat xarajatlarining ΔG miqdorga o’sishi rejalashtirgan xarajatlarining ΔE miqdorda o’sishiga va umumiy xarajatlarning egri chiziq bo’yicha yuqoriga surilishiga olib keladi. Bu vaziyatda yalpi ishlab chiqarish hajmi (ΔY) miqdorida o’sadi.
Xarajatlardagi ozroq o’zgarish daromadlardagi undan ancha katta bo’lgan, o’zgarishni keltirib chiqaradi va ΔY/ ΔE=1/(1-b) bo’ladi (9.1- chizma).
ΔY=ΔE * (1/(1-b)) = ΔE * m
Soliqqa tortish hisobga olinmaganda yopiq iqtisodiyot uchun davlat xarajatlari multiplikatori va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmini quyidagi tenglamalar sistemasini yechish orqali topish mumkin:
111
C=a+bY
Bu yerda: Y=C+I+G – yopiq iqtisodiyot uchun asosiy makroiqtisodiy ayniyat;
Ye
Ye=Y
E2=E1+ΔE(ΔG)
E1=C1+I1+G1+Xn1
E2=Y2 ΔE
Tenlamalar sistemasini Y uchun yechib quyidagi natijani olamiz:
Y = (a+I+G);
1-b
Bu yerda: 1/ (1-b) – yopiq iqtisodiyotda soliqqa tortish hisobga olinmagan vaziyatda xarajatlar multiplikatori;
(a+I+G) –avtonom xarajatlar;
b=MPC – istemolga chegaralangan moyillik bo’lib multiplikator miqdorini belgilovchi asosiy omildir. Soliqqa tortish hisobga olinganda iste‘mol funksiyasi o’zgaradi va C=a+b (1-t)Y ko’rinishni oladi. Bu tenglamani asosiy makroiqtisodiy ayniyatga qo’yib yechsak, quyidagi natijani olamiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |