Vazirligi’ samarqand davlat universeteti mirzaxodjayev A. B., Sharifov Sh. S., Boboqulov S. B


O’z-o’zini tekshirish va muhokama uchun savollar


Download 0.51 Mb.
bet9/109
Sana02.12.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1779483
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarq-fayllar.org

O’z-o’zini tekshirish va muhokama uchun savollar

  1. Milliy iqtisodiyotning tuzilishini ayting.


  2. Makroiqtisodiyot fani predmetining o’ziga xos xususiyatini nimada.


  3. Pozitiv va normativ makroiqtisodiyot tushunchalariga izoh bering .


  4. Agregat ko’rsatkichlar deganda nimani tushunasiz


  5. Doiraviy oqimlar modelini doiraviy aylanish tusini olishning shartlari qanday


  6. ―Resurslar –tovarlar va xizmatlar‖ hamda daromadlar- xarajatlarning doiraviy oqimi modelidagi qarama-qarshi omilllarga izoh bering.


17

II BOB. ASOSIY MAKROIQTISODIY KO’RSATKICHLAR VA ULARNI HISOBLASH



    1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo’llaniladigan asosiy ko’rsatkichlar

Makroiqtisodiyot predmeti va uslubining o’ziga xosligi shundan iboratki, unda mikrotahlilda ishlatilmaydigan tushunchalar va toifalardan foydalanishni o’z ichiga oladi.

Eng asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash milliy hisob- kitoblar tizimida (MHT) - ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni ishlab chiqarish, taqsimlash va yakuniy foydalanish jarayonlarini aks ettiradigan buxgalteriya hisobi ko’rinishidagi jadvallar to’plamida amalga oshiriladi.
Milliy hisoblar tizimi chet elda yaratilgan va yaqin vaqtgacha faqat G’arb statistikasida qo’llanilgan. Milliy hisoblar tizimini tuzishga birinchi urinishlar Buyuk Britaniyada 1946 yilda, AQShda - 1947 yilda, Frantsiyada - 1949 yilda boshlangan. 1958, 1963, 1965, 1968 yillarda qisman qayta ko’rib chiqilgan. Amalda MXT to’rtta hisob qaydnomasiga ega:

      • birlashtirilgan hisobvaraqlar;


      • ishlab chiqarish, iste'mol va kapital qo’yilmalar hisobvaraqlari;


      • daromadlar va xarajatlar hisobvaraqlari;


      • kapital xarajatlarni moliyalashtirish bo’yicha hisob-kitoblar.


Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlardan farqli tarzda bu ko’rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil o’tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo’jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.


Bu ko’rsatkichlarga qo’yidagilar kiradi:
Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad
18
(ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste‘mol (S), Jamgarish
  1. ko’rsatkichlarining hajmi va o’sish sur‘atlari;


    • iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;


    • mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o’sish suratlari;


    • resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko’rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi);


    • davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste‘mol baholari indeksi, inflyatsiyaning o’sish sur‘atlari;


    • ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;


    • aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi, ularning jamgarmalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.


Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surati kabi ko’rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo’llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, C, S ko’rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy mamlakatni hisobchilik tizimi (MXT) tashkil etadi. MXT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o’tagani holda uning standartlaridan kelib chiqqan holda makroiqtisodiy ko’rsatkichlarni hisoblash,


mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
Mamlakat iqtisodiyotining foydalaniladi haqiqiy holatini o’rganish, unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o’tilgan barcha ko’rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama yondoshuvga yo’l qo’yilishi mumkin.


    1. Download 0.51 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling