Vazirligi samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi
II. Bob. Iqtisodiy madaniyatning tushunchalari
Download 380.65 Kb. Pdf ko'rish
|
jamiyat taraqqiyotida iqtisodiy madaniyatning orni (1)
II. Bob. Iqtisodiy madaniyatning tushunchalari.
Har bir sistema elementlardan iborat bo’lganiday, iqtisodiy madaniyat ham o’z elementlariga ega. Ammo ularning qaysilari tizimni tashkillashtiruvchi, qay birlari substansional xarakterga ega, qaysilari ikkinchi darajali ekanligini aniqlash murakkab masalaligini ijtimoiy sistemaning o’zini o’rganish orqali aniqlash mumkin. Aristotel insonni «ijtimoiy hayvon» deb ta’riflashi bilan bu sohaga ilk qadam qo’ydi. Forobiy jamiyatning asosini ijtimoiy munosabatlar tashkil qilishini go’zal tarzda izohlab beradi. 14 Ijtimoiy fikrning keyingi evolyusiyasi buni tasdiqladi va hozirgi zamon ilmida ijtimoiy munosabatlar jamiyatning integrativ elementi ekanligi aksiomaga aylandi. Jamiyatning substansional elementi, ya’ni uning mavjudlik usulini topishga intilish mutafakkirlarni faoliyat tomon yetakladi. Hozirda insonning ongli, maqsadga yo’naltirilgan faoliyati ijtimoiy sistemaning substansional elementi ekanligini barcha olimlar tan oladilar, ijtimoiy ong jamiyat sistemasining funksional elementi ekanligi Hech kimda shubha uyg’otmaydi. Shunday qilib, ijtimoiy sistemaning uchta asosiy elementi ayon bo’ladi: inson faoliyati, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy ong. Bu elementlarni kim harakatga keltiradi degan mantiqqa binoan, yuqorida ko’rsatilgan uchlikka subyekt, inson qo’shib qo’yildi. Natijada, ijtimoiy sistema elementlari to’rttaga yetdi: inson faoliyati, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiiy ong va
ijtimoiy subyekt. Aksiologiyaning sa’y-harakatlari natijasida qadriyatlar ham ushbu strukturadan joy oladi.
Ana shu metodologik tamoyillardan kelib chiqib, iqtisodiy madaniyat tuzilishini quyidagicha tasniflash mumkin. - iqtisodiy faoliyat (iqtisodiy madaniyatning substansional elementi); - iqtisodiy ong (iqtisodiy madaniyatning funksional elementi); - iqtisodiy munosabatlar (iqtisodiy madaniyat sistemasi strukturasini
14 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. -T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. 1993, 186-b. 17
tashkillashtiruvchi element); - insonning iqtisodiy salohiyati (iqtisodiy madaniyatning subyekti). - Iqtisodiy qadriyatlar (iqtisody madaniyatning ontologik unsuri). Savol tug’iladi, nega iqtisodiy madaniyat tuzilishi beshta, nega ko’p yoki kam emas? Gap shundaki, iqtisodiy madaniyatning qolgan elementlari ushbu beshta elementning hosilalari sifatida namoyon bo’ladi yoki aniq funksiyani bajaradi. Masalan, kishilar iqtisodiy faoliyatlari jarayonida turli tashkilot va sosial guruhlarga birlashadilar (iqtisodiy institutlar mehnat jamoalari, urug’, qabila, elat, millat) yoki iqtisodiy normalar, regulyativlar, kishilar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlar (ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot iste’mol munosabatlar) hosilasi bo’lib, ularni tartibga solish va boshqarish vasifasini bajaradi va hokazo. Bundan tashqari, yuqorida ko’rsatilgan elementlar doimiy bo’lib, ular barcha davr va ijtimoiy tuzumda amal qiladilar, boshqa komponentlar esa o’zgarib, ba’zilari paydo bo’lib, ayrimlari yo’qolib turadi (Biz bu haqda iqtisodiy madaniyatning formasion evolyusiyasini tahlil qilganda fikr yuritgan edik). Umuman, har qanday tizim, jumladan, iqtisodiy madaniyat ham, yaroqsiz bo’lib qolgan yoki o’z funksiyasini ado etaolmay qolgan, sistema rivojlanishiga to’sqinlik qiladigan element va funksiyalarda xalos bo’lib boradi, yangi sharoitlarda yangi elementlar va funksiyalarni hosil qilish qobiliyatiga ega bo’ladi. Iqtisodiy madaniyatning ba’zi komponetnlari yuqorida ko’rsatilgan asosiy elementlar tarkibiga kiradi, masalan, menejerlik ishlab
chiqarish madaniyat tarkibidan, marketing iqtisodiy munosabatlar (ayirboshlash) sistemasidan joy oladi va hokazo. Iqtisodiy madaniyat sistemasidan joy olgan asosiy elementlarning o’zlari alohida sistemani tashkil qilib, o’z elementlari, aloqalari, funksiyalariga ega bo’ladi (Bu haqda ushbu bobning ikkinchi faslida to’liqroq fikr yuritamiz). Har qanday sistema umumiy maqsadga ega bo’lganliki kabi iqtisodiy madaniyatning ham asosiy maqsadi mavjud. Iqtisodiy madaniyatning bosh maqsadi, insonning mohiyatli kuchlarini ruyobga chiqarishdan iborat. Bu uning integrativ sifati bo’lib, qolgan barcha qismlarni, ularning funksiyalarini ana shu bosh maqsad o’z atrofiga birlashtiradi. Iqtisodiy madaniyat elementlarining ham 18
o’z maqsadlari bor. Masalan, iqtisodiy faoliyatning asosiy maqsadi resurslarning chegaralanganligi va ehtiyojlarning cheksizligi sharoitida maqsimal foyda olish, samaradorlikka erishishdan iborat. To’g’ri, uning bu xususiyati iqtisodiy madaniyatning bosh maqsadiga nisbattan asosiy funksiyadir, ya’ni iqtisodiy madaniyat iqtisodiy faoliyatni insonning barkamol rivojlanishiga bo’ysundiradi. Iqtisodiy madaniyat tarkibida qolgan boshqa asosiy elementlarning maqsadlari ham ana shu bosh maqsadga bo’ysundiriladi. Agar iqtisodiyotda strukturaviy- funksional bog’lanish to’g’risida aynan shunday qarash bo’lmasa, u holda iqtisodiy madaniyat haqida to’g’ri mulohaza yuritish mumkin emas. Iqtisodiy madaniyat gomeostazisini, ya’ni o’z ichki barqarorligi va tashqi sistemalar bilan muvozanatini saqlab turish uchun ular bilan murakkab aloqalarga kirishadi. Eng avvalo, u ijtimoiy sistema bilan bog’lanib, unga o’z ta’sirini o’tkazadi va uning ta’sirini qabul qiladi. Garchand ijtimoiy sistema, uning elementlari iqtisodiy bazis asosida shakllanib borsa-da, o’z navbatida unga faol ta’sir o’tkazadi. Ijtimoiy sistemaning ta’sir kuchi iqtisodiy madaniyat strukturasi energiyasi yig’indisidan oshib ketsa, iqtisodiy madaniyat sistemasi yemiriladi. Bu esa mavjud ijtimoiy sistemaning inqiroziga olib keladi. Natijada yangi ijtimoiy tuzim va iqtisodiy sistema vujudga keladi. Iqtisodiy madaniyat strukturasi uning funksiyalarini determinasiyalashtiradi. Struktura tarkibiga kirgan
har bir
komponent sistema
tomonidan «programmalashtirilgan» bir yoki bir necha funksiyalarni bajaradi. Xususan, iqtisodiy faoliyatning mag’zi hisoblangan ishlab chiqarish jamiyatning mavjudligi, barqarorligi va taraqqiyotini ta’minlaydi, borliqni maqsadga muvofiq o’zgartiradi, kishilar uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni bunyod etadi, ularga sharoit yaratadi, muhitga moslashish va himoya vositalarini ishlab chiqadi, odamlar faoliyat orqali murakkab munosabatlar doirasiga tortiladi, iqtisodiy faoliyat jarayonida insonning o’zi shakllanib, rivojlanib boradi. Iqtisodiy faoliyatda barcha iqtisodiy qonunlar amalga oshadi, iqtisodiy ong shakllanadi. Shuning uchun ham iqtisodiy faoliyat nafaqat iqtisodiy madaniyat strukturasining, balki butun ijtimoiy sistemaning substansiyanal elementi hisoblanadi. Uning normal funksional
19
ishlab turishi jamiyatning barcha sohalarining mo’’tadil rivojlanishiga sharoit yaratadi. Iqtisodiy ong iqtisodiy madaniyat tarkibiga voqealikni bilish (gnoseologik funksiya), borliqni baholash (aksiologik funksiya), kishilar xatti-harakatlarini tartibga solish (regulyativ funksiya), boshqarish (kibernetik funksiya) va hokazo funksiyalarni ado etadi. Aynan iqtisodiy taffakkur jarayonida maqsad va vositalar, usullar va texnologiyalar tanlanadi, dastur va rejalar tuziladi, rasional hisob-kitob va nazorat amalga oshiriladi, iqtisodiy ong iqtisodiy faoliyatga rasionallik va maqsadga yo’naltirganlik kabi muhim sifatlar bag’ishlaydi. Funksional jihatdan ijtimoiy munosabatlar iqtisodiy madaniyatda sistema
va strukturani tashkillashtirish kabi muhim integrativ funksiyani bajaradi. Iqtisodiy munosabatlar deganda aksariyat ko’pchilik iqtisodchilar, sosiologlar ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va iste’mol munosabatlarini tushunadilar. Madaniyat nazariyasi bu masalaga kengroq yondashadi va yuqoridagi iqtisodiy aloqalar bilan bir qatorda iqtisodiy madaniyat strukturasiga kirgan barcha elementlar: iqtisodiy faoliyat, iqtisodiyn ong, iqtisodiy subyektlar o’rtasidagi aloqalarni ham iqtisodiy munosabatlar tarkibiga kiritadi. Agar iqtisodiy munosabatlar ushbu integrativ funksiyalarni normal bajarsa, jamiyat barqaror rivojlanadi. Agar iqtisodiy munosabatlar disfunksional bo’lsa, jamiyatda fluktsasiya (elementlarning ajralishi), destruksiya (struktura inqirozi) va nihoyat bifurkasiya (butun bir ijtimoiy sistemaning ichidan chirib, ozgina ichki yoki tashki turtkidan parchalanib ketishi) hodisalari yuz beradi. Iqtisodiy qadriyatlarni uch turga bo’lish mumkin: maqsad-qadriyatlar (o’y-joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak, transport va hokazo); vosita-qadriyatlar, (mehnat qurollari, texnika, xom-ashyo, energetik resurslar, asbob uskunalar va boshqalar); normativ, qoida-qadriyatlar, (texnik-texnolog normativlar, ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimot va iste’molni tartibga soluvchi norma va qoidalar). Ana shu strukturaga mos ravishda ularning vasifalari turlicha defferensiasiyalashgan bo’ladi. Masalan, maqsad qadriyatlar kishilarning bevosita ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi yoki ularga sharoit yaratadi. Vosita qadriyatlar esa ishlab 20
chiqarish ehtiyojlarini qondirish funksiyasini bajaradi yoki maqsadni amalga oshirishda vosita bo’lib xizmat qiladi. Ammo maqsad va vosita qadriyatlarda funksional o’rin almashinuvi bo’lishi mumkin. Masalan, avtomobil ishga borish vositasi yoki uni sotib olishning o’zi maqsad bo’lishi mumkin. Norma qoida- qadriyatlarning asosiy funksiyasi iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishdan iborat, ular qanchalik mukammal bo’lsa, strukturaviy aloqalar shunchalik optimal bo’ladi va aksincha. Ijtimoiy munosabatlarning aynan iqtisodiy qadriyatlar atrofida yuz berishini esdan chiqarmaslik kerak. Insonning iqtisodiy salohiyatiga kelsak, u yuqorida ko’rsatilgan iqtisodiy madaniyat strukturasi tarkibiga kirgan barcha element va komponentlarni harakatga keltiruvchi, hal qiluvchi bosh omildir. (Iqtisodiy madaniyat strukturasiga kirgan elementlar asosiy funksiyalarining aniq tahlili tadqiqotning uchinchi bobida beriladi). Bildirilgan mulohazalardan kelib chiqib quyidagi xulosalarni bayon qilish mumkin:
Download 380.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling