Vazirligi samarqand davlat universiteti ijtimoiy iqtisodiyot fakulteti ijtimoiy ish kafedrasi
Download 380.65 Kb. Pdf ko'rish
|
jamiyat taraqqiyotida iqtisodiy madaniyatning orni (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchidan
Uchinchidan, iqtisodiy madaniyat tizim sifatida o’z qismlarini yaxlitlikka
birlashtirib turuvchi integrativ xossalarga ega. U o’z strukturasi va funksiyalari o’rtasidagi aloqalarning barqarorligini ta’minlashi bilan birga tashqi muhit bilan gomeostazis, ya’ni muvozanatni saqlab turadi. To’rtinchidan, iqtisodiy madaniyat o’zining substansional (iqtisodiy faoliyat), funksional (iqtisodiy ong), tizimni tashkillashtirish (iqtisodiy munosabatlar), ontologik (iqtisodiy qadriyatlar) elementlariga va ularni harakatga keltiruvchi subyektga ega. 21
Ishlab chiqarish munosabatlari 1) texnika – texnologik; 2) funksional; 3) iqtisodiy munosabatlarga bo’linadi. Texnika – texnologik munosabatlar texnika va texnologiyadan foydalanish, mehnat jarayonidagi munosabatlardir. Funksional munosabatlar ishlab chiqarishda har bir subyektning vazifasini bajarishi bo’yicha aloqalarni tasniflaydi. Iqtisodiy munosabatlar esa yaratilgan ne’matlarga egalik qilish, taqsimlash, ayriboshlash, iste’mol qilish atrofida yuz beradi. Moddiy munosabatlarda mulkiy munosabatlar dominant xarakterga ega. Mulkiy munosabatlar qolgan iqtisodiy munosabatlar, taqsimot va iste’mol xarakterini belgilab beradi. Mulk turlarining tarixiy klassifikasiyasi uncha ko’p qirrali emas. Ibtidoiy mulk urg’ jamiasi mulki va tong maqsimchimis, xususiy mulk (kuldorlik, feodalizm; kapitalizm), aralash mulk (davlat, xususiy, kooperativ sektorlar) turlari mavjud 1 .
Fermer tipidagi turlari tashkil topmoqda. Taqsimot sohasidagi kishilar o’rtasidagi munosabatlar moddiy borliqdagi eng ziddiyatli sohadir. Ko’pchilik nizolar aynan taqsimot negizidan kelib chiqadi. Taqsimotning tarixiy uch yirik turi mavjud: tong taqsimotchilik (urug’lilik va sosializmda), noiqtisodiy zo’ravonlikka asoslangan taqsimot (quldorlik va feodalizm), mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlash (industrial va postindustrial jamiyatlarda). Taqsimot richachi davlat qulida bo’lganligi uchun, taqsimot uning xarakteriga bog’liq. Avtoritar va totolitar rejimlarda hokimiyatdagi guruh bevosita xazinaga yo’llari ochiq, ular milliy boyliklarni o’zlashtirish va adolatsiz taqsimotni zo’ravonlik bilan o’rnatishlari mumkin va bu ularning o’lishini tayyorlovchimanbadir. Demokratik rejim va bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatlarda uchinchi tip taqsimot o’rnatilgan. Ayriboshlash deganda faqat tovarlar almashinishi va aylanishini tushunmaslik kerak. Keng ma’noda ayriboshlash faoliyat, va faoliyat natijalari (tovar, tuye,
1 1. Экономическая теория. М.: Владос, 1999. – с. 11. 22
informasiya, buyumlar va hokazo) almashinuvi jarayonidir. Tor ma’noda tovarlar almashinishi ayriboshlash deb tushuniladi. Bozor – bu tovarlar ayriboshlanadigan, oldi – sotti qilinadigan joy. Ayriboshlash mehnat taqsimoti natijasida yuzaga keladi. Bu hodisa neolit davrida natural ayriboshlash shaklida paydo bo’ldi. Bozorlar esa eneolit davrida dastlab Misrda juda kelganligini piramidalardagi tasvirlardan bili bolsa bo’ladi. Dastlabki birjalar Niderlandiyaning Bryugge shahrida 1609 yilda paydo bo’ldi. Hozirda fond birgalari (xam – osiyo ishlab chiqarish vositalari sotiladi). Tovar birjalari, mehnat birjalari (ish kuchi sotiladi va sotib olinadi). Dastlabki banklar XVII asrda paydo bo’lib, hozirda kuchli tarmoqlangan tizimga ega. Iste’mol munosabatlari taqsimotga bog’liq. Iste’mol vositalari ikki qismga bo’linadi: a) ishlab chiqarishiste’moli uchun zarur bo’lgan narsalar (ham - osiyo, texnika, asbob uskunlar, binolar); b) shaxsiy iste’mol uchun zarur bo’lgan narsalar (oziq – ovqat, kiyim – kechak, uy – joy, transport va aloqa vositalari, ust: ro’zg’or buyumlari va hokazo). Iste’mol darajasi ishlab chiqaruvchi kuchlar, taqsimot xarakteri, mehnat unumdorligi bilan bog’liq. Mamlakat boy bo’lishi mumkin, ammo taqsimot adolatsiz bo’lsa, bir qism kishilar boy, kupchilik kismi shaklida yashashi. Mumkin. Shuningdek ishlab chiqaruvchi kuchlar zaif bo’lsa ham kishilar qilimoq yashaydilar. Xususan, 25 industrial mamlakat boy yashayotgan bir paytda Osiyo va Afrika mamlakatlarida yiliga 3 mln. kishi ochlikdan o’lmoqda 300 mln. kishi och, 1,5 mlrd. kishi kun kechirmoqda 1 . Ijtimoiy borliq tushunchasi ijtimoiy subyektlar, ya’ni insonlarning o’zini ham qamrab oladi. Kishilar yakka – yakka holda amal qilmaydilar ular birgalashib harakat qiladilar. Natijada jamiyatning sosial borlig’i sosial strukturasi tashkillashadi. Jamiyatning sosial strukturasini quyidagicha tasavvur qilish mumkin: 2
1 1. Интернет. – Экономика развивающейся страны. 2 2. Крапивенский С.Э. Социальная философия. М.: Владос, 1998. – с. 114. 23
Ijtimoiy borliq faqat jamiyatning moddiy borlig’ini emas balki sosial borliq, ma’naviy borlig’ini ham qamrab oladi va bu omillar kishilarning ongini shakllantirish va rivojlantirishiga ta’sir qilib, tafakkur tarzi, strukturasi, va yo’nalishini belgilaydi. Ayni zamonda ijtimoiy ong ijtimoiy borliqda ta’sir qiladi, uni o’zgartiradi, nazorat qiladi, baholaydi, boshqaradi. Shuning uchun ham ijtimoiy borliq birlamchi ong ikkilamchi degan eski postulat noo’rindir. Zamonaviy falsafada ko’p omililik hartomonlama yondashuv qaror topdi. Unga ko’ra ijtimoiy borliq birlamchi ijtimoiy ong ikkilamchi degan fikr faqat gnoseologik nuqtai nazardan to’g’ri xolos. Sosiologik, kreativ, aksiologik, praksiologik yondashuvlar uchun esa nokorrektdir. Masalan, kreativ yondashuvga ko’ra ong borliqni aks ettirib qolmay ijod ham qiladi. Praksiologik yondashuvga binoan ong borliqni o’zgartiradi. Aksiologik nuqtai nazardan ong jamiyatni baholaydi. Kibernetik yondashuv bo’yicha ong jamiyatni boshqaradi. Sosiologik nuqtai nazardan ong muayyan ijtimoiy guruhlar (jamoi millat, tabaqalar) manfaatlarini. Ijtimoiy borliq va ong jamiyat va shaxs, ijtimoiy – iqtisodiy tuzum va sosial struktura, ijtimoiy tuzum va madaniyat tipi, ijtimoiy tizim qismlarining notekisligi aloqalari dinamik qonunlar tizimini tashkil qiladi. Dinamik qonunlar barqaror va takrorlanish amplitudasi troyektoriyasi uncha katta bo’lmaganligi uchun ularning kelgusida qanday amal qilishini adekvatroq bashorat qilsa bo’ladi. Ularni yaxshi o’rganish asosida uzoq muddatli strategik dastur va rejalar ishlab chiqish mumkin. Bu qonunlarning aksariyati aktual holatda amal qiladi. Shuning uchun ularni bilib olish unchak murakkab emas. Dinamik Download 380.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling