Vazirligi samarqand davlat


Tilshunoslik va biologiya. Tilshunoslikning nevrologiya bilan munosabati. Neyrolingvistika


Download 164.78 Kb.
bet10/42
Sana13.04.2023
Hajmi164.78 Kb.
#1350017
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42

Tilshunoslik va biologiya. Tilshunoslikning nevrologiya bilan munosabati. Neyrolingvistika.


Tilshunoslik biologiya fani bilan ham uzviy aloqadadir. Avvalo, tilshunoslikning o‗rganish obyekti bo‗lgan til tovushlar silsilasi yordamida moddiylashadi.Tovushlar esa nutq birligi sifatida muayyan nutq organlarining faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Nutq tovushlarini hosil qilishda ishtirok etadigan nutq organlari nutq apparati sanaladi.
Nutq apparati tarkibiga kiruvchi nutq organlari inson organizmining tarkibiy qismidir. Har qanday nutq organi ikki xil vazifa bajaradi: 1) birlamchi vazifasi insonning fiziologik a‘zosi. Bunday a‘zo sifatida ular inson organizmining normal yashashi uchun zarur tabiiy ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi; 2) ikkilamchi vazifasi nutq organi. Bu faqat homo
sapiensga xos xususiyatlar bo‗lib, birlamchi vazifasi ustiga qo‗shimcha vazifa – ma‘lum nutq tovushlarini talaffuz qilish vazifasi qo‗shiladi. Shunday qilib, bu organlar ham biologiyaning, ham tilshunoslikning tekshirish obyekti bo‗ladi.
Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo‗limi bilan ham uzviy aloqada. So‗nggi davrlarda psixologiya, nevrologiya va tilshunoslik fanlarining oralig‘ida neyrolingvistika nomi bilan yuritiluvchi yangi fan tarmog‘i vujudga keldi. Bu fan nutqiy faoliyat bosh miyaning mahsuli ekani, miya kasallanishining nutqiy faoliyatga ta‘siri masalalarini o‗rganadi. Sodda qilib aytganda, neyrolingvistikaning o‗rganish obyekti afaziyadir.
Bundan tashqari, tilshunoslikda valentlik atamasining keng tarqalishi, invariant – variant tushunchalarining paydo bo‗lishi kimyo fanining, yadro-preferiya munosabatlari fizika fanining, tilshunoslikda keng qo‗llanilayotgan statistik metodlar matematika fanining ta‘siri orqali maydonga keldi.

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:


  1. Borliq va uni bilish muammosi qaysi fanda o‗rganiladi.

  2. Til va etnografiya fanining oralig‗idagi fan nima deb nomlanadi.

  3. Sotsiologiya fani va tilshunoslik fanining tutash nuqtasida shakllangan

yo‗nalish nomini ayting.

  1. Tilning badiiy-estetik funksiyasini o‗rganadigan bo‗limning nomini ayting.

  2. Bolalar nutqining shakllanish jarayonini o‗rganish qaysi fanning obyekti?

  3. Tilshunoslik va psixologiya fanlari oralig‘idagi fan? 7.Tilshunoslikni biologiya takibidagi fan sifatida tilni

biologik hodisa sifatida o‗rgangan yo‗nalish?

  1. Tilshunoslik va nevrologiya oraligi‘dagi fan nomini ayting.

  2. Nutq tovushlarining artikulatsion belgisi qaysi fanda ham o‗rganiladi.

  3. Tilshunoslikda valentlik nazariyasi qaysi fan ta‘sirida shakllandi?

Download 164.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling