Vazirligi samarqand davlat


Til va nutq munosabati xususida


Download 164.78 Kb.
bet18/42
Sana13.04.2023
Hajmi164.78 Kb.
#1350017
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42

Til va nutq munosabati xususida


Til muncha sharafi bila nutqning olati (quroli)dur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo‗lsa, tilning ofatidur (A.Navoiy).
Nutq uchun xomashyo vazifasini til boyligi o‗taydi. Nutq jarayonida biz tilning lug‗at sostavidagi, grammatik qurilishidagi elementlardan va shularni o‗zaro biriktirish, bog‗lash qoidalaridan foydalanib birikma va gap hosil qilamiz. Bunday elementlarga til birliklari deyiladi (Sh.Rahmatullayev). Nutq faoliyati natijasida nutq shakllanadi, nutq til elementlaridan tuziladi va til elementlariga ajralib ketadi, til elementlari yana nutq faoliyati uchun xizmat qiladi.
(S.Usmonov).
Bir-birini shartlovchi, bir-biriga bog‘liq bo‗lgan ―til –til qobiliyati – nutq zanjirida faqat nutqqina tashqi (moddiy) formada (og‘zaki, yozma, turli shartli belgilar vositasida) namoyon bo‗ladi va bizning sezgi a‘zolarimiz tomonidan qayd etiladi (eshitiladi, yoziladi, ko‗riladi, o‗lchanadi). Til esa yashirin ichki hamda ideal hodisa sifatida anglanadi, tasavvur etiladi. (H.Ne‘matov, O.Bozorov).
Tilda ortiqcha narsa yashamaydi. Nutqda ortiqcha narsalar ishlatilishi mumkin. Biroq nutqda ortiqcha deb belgilangan narsa (birlik) boshqa vazifada qo‗llangan bo‗lsa, bu ortiqchalik hisoblanmaydi. (Yo. Tojiyev).

Til madaniyati va nutq madaniyati xususida


Tillarning eng yaxshisi so‗zga usta til, so‗zlarning eng yaxshisi bilib va oxirini o‗ylab so‗ylangan so‗zdir. (A. Avloniy)
Tilning tozaligi uchun qayg‘urish til madaniyatida o‗z ifodasini topadi.( ―Praga lingvistik to‗garagi tezislari‖ dan)
Til madaniyati muammosi …adabiy nutq uslubiyatining vazifasi va talablari bilan butunlay mos keladi deb, o‗ylash noto‗g‘ridir. Masalaning asosiy mohiyati shundaki, nutq
madaniyatining tekshirish doirasi muayyan davrda adabiy nutq va adabiy til sistemasi doirasiga kirmagan ijtimoiy-uslubiy nutqiy tomonlarni ham o‗zida qamraydi. (V.V.Vinogradov)

Til me‟yori xususida


Til normalarini takomillashtirish, nutq madaniyatini yuksak darajaga ko‗tarish so‗zning fonetik strukturasini, leksik- semantik, stilistik xususiyatlarini, uning yasalish va o‗zgarish, qo‗shilish va birikish qonuniyatlarini aks ettiruvchi adabiy normalarni yana ham aniqlash, mukammallashtirish hozirgi kunning aktual vazifalaridan biridir. (A.G‘ulomov).
Me‘yor – til birliklarini nutqning u yoki bu ko‗rinishida ishlatish qonuniyatlari va imkoniyatlari bo‗lib, ular jamiyat tomonidan belgilangan va aniqlangandir. (H.Ne‘matov, R.Rasulov).
Til o‗z ijtimoiy vazifasiga ko‗ra me‘yoriy tizim bo‗lib, har qanday til ma‘lum me‘yorlarga ega bo‗lishi shart. Shuning uchun ham me‘yoriy jarayon til qadar qadimiydir va u tilning doimiy yo‗ldoshidir. (E.Begmatov).
Biz o‗rganayotganimiz me‘yor masalasi ijtimoiy hayotimiz uchun yangilik emas. Til va jamiyat mavjudki, bu masala ham o‗rtada. Ammo, har bir davr o‗z taraqqiyoti bilan bog‘liq ravishda tildan foydalanishning o‗z muammolarini, dolzarb vazifalarini keltirib chiqaraveradi. (S.Karimov).



  1. Download 164.78 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling