Vazirligi samarqand davlat


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 164.78 Kb.
bet15/42
Sana13.04.2023
Hajmi164.78 Kb.
#1350017
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42

Nazorat uchun savol va topshiriqlar:


  1. Tilning tabiiy biologik hodisa emasligini ko‗rsatuvchi qanday omillar mavjud?

  2. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ko‗rsatuvchi bir nechta omillarni sanab o‗ting.

  3. Til alohida tizim sifatida qanday vazifalarni bajaradi? 4.Fikrlash bilan so‗zlash o‗rtasida qanday bog‗liqlik va farq bor?

  1. ―Tafakkur‖ so‗zining ma‘nosini izohlang.

  2. Til va tafakkur ayrim-ayrim holda mavjud bo‗lishi mumkinmi?

  3. Tafakkur va til o‗rtasidagi munosabatni misollar asosida tushuntirib bering.

  4. Til birliklari va nutq birliklari sanang. Ularning birini ikkinchisidan farqini tushuntiring.

Adabiyotlar:


    1. Azizov O. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent: O‗qituvchi, 1995. –B.7-8.

    2. Ismoilov B. Dunyoni bilishda til va tafakkur birligi. – Toshkent: Fan? 1966. –B. 55-90.

    3. Ne‘matov X., Bozorov O. Til va nutq. –Toshkent: O‗qituvchi, 1993. –B. 5-28.

    4. Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. –Toshkent: O‗qituvchi, 1972. –B.148-151.

    5. Xolmonova Z. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent, 2007. – B.23-29.

    6. O‗rinboev B., Karimov S. Tilshunoslik nazariyasi.

Ma‘ruzalar matni. – Samarqand, 2004. –B.164-168.

    1. Pardayev A. Tilshunoslik nazariyasi. Uslubiy qo‗llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2015. – 37-40.



Qo„shimcha o„qish va mustaqil ishlar mavzulari uchun:


(2-mavzuga ilova)

Til madaniyati va nutq madaniyati. Adabiy til va me‟yor Peja:


  1. Til madaniyati va nutq madaniyati. 2.Adabiy til va me‘yor.

Tayanch so‘z va iboralar: til madaniyati, nutq madaniyati, to„g‟ri, aniq, tushunarli qilib gapirish, ifodali o„qish, urg„u, ohang, adabiy til.
Til madaniyati va nutq madaniyati hodisalari bir-birini inkor qilmaydigan, biri ikkinchisi bilan aloqador sohalar sanalsa-da, bu terminlarning birini ikkinchisiga qorishtirmaslik kerak. Til madaniyati tushunchasi nutq madaniyati sohasida til tizimining o‗zini, masalan, o‗zbek adabiy tili tizimining vosita va imkoniyatlarini ko‗zda tutadi, uning madaniylik darajasini ko‗rsatadi.
Til madaniyati tushunchasi o‗z mohiyatiga ko‗ra ancha murakkab hodisadir. Birinchidan, til madaniyati ma‘lum adabiy til sohasidagi madaniylik uchun kurash tarixini, bundagi shakllanish, rivojlanish jarayonlarini ko‗rsatadi. Ikkinchidan, til madaniyati adabiy tilning muayyan davridagi madaniy til sifatidagi kamolot darajasini ko‗rsatadi. Demak, til madaniyati deganda, adabiy tilni qayta ishlash (nazariy jihatdan), silliqlashtirish, adabiy tilning yanada rivojlanishiga, takomillashuviga ko‗maklashish, adabiy tilga bo‗lgan ijobiy munosabat tushuniladi.
Nutq madaniyati madaniy, ma‘naviy hayotning zaruriy talablari asosida paydo bo‗lgan hodisadir. Tildan foydalanishda o‗z fikrini to‗liqroq, aniqroq va hatto ifodali hamda ta‘sirchan qilib ifodalash, madaniy gapirishga intilish, to‗g‘ri, aniq,
tushunarli qilib gapirish, tilning ifoda vositalaridan – so‗zlar, qo‗shimchalar, urg‘u va ohang kabilardan o‗rinli va unumli foydalanish nutq madaniyatining o‗ziga xos sifatlaridir.

Download 164.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling