Vazirligi samarqand davlat


Download 164.78 Kb.
bet16/42
Sana13.04.2023
Hajmi164.78 Kb.
#1350017
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42
Adabiy til va me‟yor. O‗zbek adabiy tili va uning me‘yorlarini tekshirish o‗zbek nutqi madaniyati sohasining asosiy vazifa va burchidir. O‗zbek adabiy tili me‘yorlarini bu tilning barcha sathlari, adabiy nutqning turli ko‗rinish va uslublari bo‗yicha chuqur tadqiq qilish muhimdir. Bu o‗zbek adabiy so‗zlashuv tilining madaniy-namunaviy ko‗rinishlarini aniqlashga, o‗zbek nutqi madaniyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Har qanday milliy til, uning ijtimoiy-vazifaviy va yashash ko‗rinishlari (adabiy til, shevalar, lahjalar, jargonlar va boshqalar) me‘yorga egadir. Ular mana shu me‘yorlarga ko‗ra, bir-biridan farqlanadi yoki mushtarak bo‗ladi. Shuning uchun ham me‘yor til birliklarining qo‗llanish doirasini ma‘lum tarzda reglamentatsiya qiladi, yani tizimda mavjud bo‗lgan imkoniyatlarning qandaydir bir qismigina me‘yorda amalga oshiriladi. Shunday qilib, me‘yor ma‘no jihatdan bir xil ahamiyatga ega bo‗lgan bir necha imkoniyatlarni tanlab olish jarayonini boshqarib turuvchi vazifasini bajaradi va u o‗z navbatida quyidagi ko‗rinishlarda uchraydi:

    1. O‗zbek tilining umumiy me‘yori yoki o‗zbek umumtil me‘yori.

    2. O‗zbek adabiy tili me‘yori.

    3. O‗zbek tilining lahjaviy me‘yori.

    4. O‗zbek tilining ijtimoiy dialektlari me‘yori

Ana shu me‘yorlarni ikki katta guruhga: umumiy va xususiy me‘yorlarga bo‗lib o‗rganish maqsadga muvofiq bo‗ladi. Shu ma‘noda o‗rganganda yuqoridagi me‘yoriy ko‗rinishlarning birinchisi umumiy, qolganlari xususiy me‘yorlar sifatida qabul qilinishi mumkin.
Demak, yuqorida ko‗rib o‗tganimizdek til me‘yori til sistemasining hamma darajalarida namoyon bo‗ladi, ayniqsa, adabiy tilda bu kuchayadi va ma‘lum til sistemasining ta‘sirida
paydo bo‗layotgan bevosita individual nutq sistemalarida ifodalanadi.
Adabiy me‘yor – bu ma‘lum bir bosqichdagi til yashashining qonuniyatidir. U yozuvda mustahkamlangan bo‗lib, hamma uchun umumiy namuna hisoblanadi. U barqaror, shu bilan birga rivojlanuvchi, muntazam ravishda funksional chigaralangan bo‗ladi.
Adabiy me‘yor tilning boshqa me‘yorlaridan farq qiladigan muhim belgilarga ega. Ongli boshqarilish va ishlanishi, real va obyektivligi, kodifikatsiyalashganligi (ongli aralashuv tufayli tanlanganligi), barqarorligi, konservativ va ayni paytda dinamikligi, an‘anaviy va zamonaviyligi, tipikligi, jamoa tomonidan keng qo‗llanilishi, variantdorligi, uslubiy tarmoqlanganligi, yozuvda mustahkamlanganligi, turg‗unligi, ayni paytda, davr o‗tishi bilan o‗zgarishi mumkinligi, namunaviy va xalqchilligi, tilning amalda bo‗lishi uchun zaruriyligi me‘yorning ana shu muhim xususiyatlari sifatida baholanadi.
O‗zbek adabiy tili me‘yorining quyidagi ko‗rinishlari mavjud:

  • leksik-semantik (so‗z qo‗llash) me‘yorlar;

  • orfoepik (talaffuz) me‘yorlar;

  • aksentologik (so‗z va formalarda urg‘uning turg‘unligi) me‘yorlar;

  • fonetik me‘yorlar;

  • grammatik me‘yorlar;

  • so‗z yasalish me‘yorlari;

  • orfografik me‘yorlar;

  • grafik me‘yorlar;

  • punktuatsion me‘yorlar;

  • stilistik me‘yorlar.

Download 164.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling