Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
O‗rta dengiz portlarida qanday til ―xalqaro til‖ va- zifasini o‗taydi?
Xalqaro sun‘iy tillarga kiradigan tillarni ayting.
―Esperanto‖ tili kim tomonidan yaratilgan?
Ginux ovulida yashovchi aholining tili nima deb nomlanadi?
Adabiyotlar:
Aliqulov Z. Boymirzayeva S. Sotsiolingvistika. – Samarqand: SamDU nashri, 2010. –B.71-75.
Sodiqov A., Abduazizov A., Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. –Toshkent: O‗qituvchi, 1981. –B. 217-220.
Ahmad A‘zam. Til nomusi. – Toshkent: Akademnashr, 2013. –B.56.
Quyidagi fikrlarga e‟tibor bering.
Esperanto – xalqaro muloqot uchun atayin yaratilgan sun‘iy til. Unda tabiiy tildagi kabi xilma-xil vazifalar va, eng muhimi, millatga mansublik yo‗q, shuning uchun uning ―hukmronligi‖ biron millatning ko‗nliga g‘ulu solmaydi. Bu til yaratilishidanoq faqat kommunikatsiya – aloqa qilish uchun moslangan. (N.Mahmudov).
Dunyo tili –xalqaro kengashlarda, simpoziumlarda ishlatiluvchi, Birlashgan Millatlar Tashkilotida rasmiy tan olingan til. Bunga ingliz, xitoy, fransuz, arab tillari kiradi. (A.Abduazizov).
Millat paydo bo‗lishi bilan birga milliy til ham vujudga keladi. Milliy tilning yagonaligi xalq (elat) tilining tadrijiy taraqqiyoti orqasida shakllanadi. (O.Azizov).
Shevalar tilning ildizlari, to‗g‘rirog‘i, buloqlari; ular ham qurib qolmasligi lozim. (A.A‘zam).
mavzu:Til va yozuv Reja:
Til va yozuv.
Yozuv turlari va taraqqiyot bosqichlari.
O‗lkamizda qo‗llanilgan yozuvlar.
Tayanch so‘z va iboralar: yozuv, piktografik yozuv, iyeroglifik yozuv, mix(qoziq) yozuv, fonetik yozuv, alifbe, finikiya, lotin,
krill, oromiy, sug‟d, baqtriy, xorazmiy, turk-run,arab, uyg‟ur.
Do'stlaringiz bilan baham: |