Qizilo‘ngachning tiqilishi (Obturacio oesophagi) - och holdagi tovuqlarning quruq konsentratlar bilan oziqlantirilishi, ratsionda shirali oziqalar, suv, vitaminli va mineral moddalar yetishmovchiliklari qizilo‘ngach tiqilishining asosiy sabablari hisoblanadi.
Belgilari. Bezovtalanish, hansirash, bo‘yinni cho‘zish, og‘izni ochib nafas olish, bo‘shashish va gandiraklab yurish belgilari kuzatiladi. Qizilo‘ngach qattiq va xamirsimon, kengaygan bo‘ladi.
72
Davolash. 30-5- ml o‘simlik yog‘i ichiriladi va qizilo‘ngach oldinga qaratib uqalanadi (ovqat tashqariga chiqquncha). Og‘ir hollarda jarrohlik amaliyoti qo‘llaniladi.
Nazorat savollari
Hazm tizimi kasalliklariga qaysi kasalliklar kiradi?
Stomatit qanday oqibatlarga olib keladi?
Jig‘ildonni tiqilishi kasalligida oldini olish tadbirlari?
Kutikulit qanday kasallik?
Yosh jo‘jalar dispepsiyasi kasalligi klinik belgilarini aytib bering?
Kloasit kasalligini keltirib chiqaruvchi sabablarni sanab bering?
Hazm tizimi kasalliklari kelib chiqmasligi uchun nima tadbirlar o‘tkazishimiz zarur?
73
MODDALAR ALMASHINUVINING BUZILISHIKASALLIKLARI
Reja: 1. Moddalar almashinuvi buzilishidan kelib chiqadigan
kasalliklar.
Kasalliklarning sabablari, klinik belgilari, tashxisi.
Davolash va oldini olish tadbirlari.
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga moddalar almashinuvi buzilishi kasalliklarini va kasallangan parrandalarni davolash usulini o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |