Ajratma tashxisi. Kolibakteriozni salmonellyoz, pasterellyoz va respirator mikoplazmozdan farqlash zarur.
Salmonellyozda, O‘lgan jo‘jalar patologoanatomik tekshirilganda taloq kattargan, ko‘r ichak tvorogsimon oq massa bilan to‘lgan bo‘ladi.
Pasterellyoz semtisemiya, ichki a’zolarda gemorragik yallig‘lanish jarayonlarni rivojlanishi va laboratoriyaviy tekshirish - surtmada bipolyar qo‘zg‘atuvchi va kaftarlarda o‘tkazilgan biosinovda kasallikni yaqqol namoyon bo‘lishi bilan xarakterlanadi.
Respiratorli mikoplazmoz surunkali kechish, nafas olish a’zolarining, ayniqsa havo xaltachalarining (aerosakkulit) jarohatlanishi bilan xarakterlanadi.
128
Davolash. Kasallangan parrandalarni davolashdan oldin aynan ushbu kasal parrandalardan ajratilgan esherixiyalarni antibiotiklarga sezgirligi aniqlanadi, zamonaviy antibiotiklar, sulfanilamid (ftalazol, sulfademizin va boshq.) va nitrofuranli (furazolidon, furigin va boshq.) preparatlardan foydalanilsa samara yaxshi bo‘ladi. Oxirgi vaqtlarda kolibakteriozni davolash uchun kolifloks, tilozin, peksin 20%, norfloks, enrofloksan 10 %, enrofloksatsin 10% kabi antibiotiklar ishlatilmoqda. Parrandalarga antibiotiklar berilgandan so‘ng darhol ularga ichaklardagi foydali mikroorganizmlar tarkibini tiklash uchun har xil probiotiklar (bifidumbakterin, bifinorm, narine, lakto - va asidofil bakteriyalar) yuborish talab etiladi. Kolikoksid - kolikoksid premiksini 1,0 gr 1 kg yemga aralashtirib, 10-12 kun davomida qo‘llash yuqori davolovchi ta’sir ko‘rsatadi, oldini olishda 0,5 gr 1 kg yemga aralashtirib berish yuqori samara beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |