KOLIBAKTERIOZ VA UNGA QARSHIKURASHISH TADBIRLARI
Reja: 1. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablari.
Klinik belgilari, tashxisi, qiyosiy tashxisi oldini olish va davolash.
Kasallikka qarshi kurash tadbirlari
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga kasallikka tashxis qo‘yish usullarini, kasalliklardan farqlashni va unga qarshi kurashish tadbirlarini o‘rgatish.
Kerakli jihozlar. Turli rangli rasmlar, jadvallar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmlar.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga kolibakteriozning kelib sabablari, diagnozi kasalliklardan farqlashni tushuntirib beradi. Davolash, oldini olish va qarshi kurash tadbirlarini yozdiradi.
Tayanch iboralari: Parranda, tovuqlar, o‘rdaklar, kurkalar jo‘jalar, kolibakterioz, koliseptisemiya, koliinfeksiya, kolienterit, koliperitonit, esherixioz O antigen tiplari, parrandaxona, jo‘jaxona, temperatura, xona harorati, ochiq va yopiq joylarda asrash, dezinfeksiya, Aerozol.
Kolibakterioz - parrandalarning o‘tkir kechuvchi infeksion kasalligi bo‘lib, ich ketish, enterotoksemiya va sepsis bilan xarakterlanadi.
Qo‘zg‘atuvchisi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi enteropatogen ichak tayoqchasi “Eschericha coli” hisoblanadi. Qo‘zg‘atuvchini 1885 yil, yosh bolalar ichak axlati tarkibidan Gresiyalik olim T. Escherih ajratib olgan va unga Bacterium coli commune deb nom berilgan. Esherixiyalarning antigen tuzilishi juda murakkab. Umuman olganda barcha tur yosh hayvonlarda va parrandalarda “Eschericha coli” ning 170 ga yaqin O - antigen seroguruhlari, K - antigen 100 ta va N - antigen bo‘yicha 60 ta serovariantlari mavjudligi adabiyot ma’lumotlaridan ma’lum.
125
“Eschericha coli” ning 45 ta 01, 08, 09, 011, 018, 022, 026, 035, 055, 078, 086, 0111, 0115, 0119, 0127, 0138, 0141 seroguruh shtammlari parrandalarda ko‘p uchraydi.
O‘zbekiston hududida tovuq va jo‘jalardan “Eschericha coli” ning 026, 041, 055, 078, 0111 shtammlari ko‘p holatda ajratilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |