Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet77/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Epizootologiyasi. Kolibakterioz kasalligi bilan qishloq xo‘jalik parrandalarining hamma yoshdagilari (tovuqlar, o‘rdaklar, kurkalar) va shu bilan bir qatorda yovvoyi, xonaki, hattoki ularning embrionlari ham kasallanadi.
Kolibakterioz parrandachilik rivojlangan mamlakatlarning hammasida uchraydi. Asosan 1-20 kunlik jo‘jalar organizmida kasallik o‘tkir va surunkali ravishda, shu bilan birga toksikoseptik ko‘rinishlarda kechadi.
Ularning tabiiy yashash joyi barcha tur hayvonlar, parrandalar, odamlar, hattoki sudralib yuruvchilar, baliqlar, bo‘g‘im oyoqlilarning ichak suyuqligi hisoblanadi. Esherixiyalar tashqi muhitga axlat bilan chiqib yangi muhitda va tuproqda, suvda uzoq muddat yashash qobiliyatiga ega.
Jo‘jalarning 40 kunlikdan 90 kunlikgacha bo‘lgan davrlarida ko‘p o‘lim kolibakterioz sababli sodir bo‘ladi. Bu vaqtda ularning organizmida fiziologik o‘zgarishlar intensiv kechayotgan davr hisoblanadi.
Tovuqlar kolibakterioz kasalligining xo‘jalikga keltiradigan iqtisodiy zarari kasal parrandalarning o‘lishi, tirik vaznning pasayishi natijasida foydalanishga yaroqsiz bo‘lishi, majburiy so‘yish, tuxumdorlik darajasining hamda inkubasiyadan tirik chiqayotgan jo‘jalar foizining pasayishi va nihoyat davolash hamda profilaktika ishlari uchun dori darmonlar sarfining oshishi, veterinariya chora-tadbirlari uchun sarf harajatlardan tashkil topadi. O‘zbekistonda 25 ta tekshirilgan tovuqchilik xo‘jaliklarida kolibakterioz bilan kasallangan tovuqlar 10-30 % ni tashkil etgan. Agar kolibakterioz boshqa kasalliklar bilan jumladan: eymerioz bilan birga kechganda 80-100% gacha nobud bo‘ladi (D.Ibragimov, 2004; R.B.Davlatov, 2006).
Kasallik qo‘zg‘atuvchi manba bo‘lib kasal va kasallanib o‘tgan parrandalar xizmat qiladi. Ular o‘zining axlatidagi qo‘zg‘atuvchilar bilan to‘shamalarni, suv


126




va ozuqalarni, bino devorlarini, bino ichidagi havoni ifloslantiradi. Transovarial
(esherixiya bilan zararlangan tovuq tuxumi orqali), yovvoyi qushlar, uy va
yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar orqali ham ushbu qo‘zg‘atuvchi bilan
zararlanishi mumkin.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling