Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet85/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Epizootologiyasi. M. gallisepticum ayrim olimlarning fikricha organizmda bo‘ladi va u faqat parrandaning rezistentligi pasaygan vaqtlardagina kasallik chaqiradi. Lekin, parrandachilik fermalarida respirator mikoplazmozdan ajratilgan M. gallisepticum ning tovuq va kurka embrionlari, ularning jo‘jalari, tovuq va kurkalar uchun patogen ekanligi aniqlanmoqda. Ushbu qo‘zg‘atuvchi tovuq va kurkalardan tashqari tustovuq, kaklik, tovus va bedanalar uchun ham patogen ekanligi, ularda konyuktivit va sinusit chaqirishi aniqlangan.
Kasallik qo‘zg‘atuvchining manbai kasal parrandalar va infeksiyani tarqatuvchi asosiy yo‘l - ular qo‘ygan tuxumlar hisoblanadi. Ko‘pgina olimlarning fikricha, mikoplazmoz bo‘yicha nosog‘lom fermalarda kamida 0,1-1 % tovuq embrionlari mikoplazmalar bilan ifloslangan bo‘ladi. Tuxum qo‘yish paytida tuxum orqali qo‘zg‘atuvchining o‘tishi 10% gacha ko‘payadi. Inkubatsiyaga qo‘yilgan tuxumlar orasida mikoplazmalar bilan zararlanish ayrim hollarda 16,6-47,9 % gacha ko‘tarilishi mumkin.
Infeksiya tarqatuvchi ikkinchi omil - bu aerogen yo‘l. Bu yo‘l bilan qo‘zg‘atuvchi uzoq masofalarga tarqalmaydi. Bu yo‘l bilan yuqqan qo‘zg‘atuvchi burun bo‘shlig‘ida joyli patologik jarayon keltirib chiqaradi. Nafas yo‘li orqali pastki nafas olish a’zolari (bronx, o‘pka) jarohatlanmaydi.
Infeksiyani tarqatuvchi uchinchi omil - bu kontakt yo‘li. Bu yo‘l bilan kasallik tarqalishi respirator mikoplazmozda sezilarli ahamiyatga ega emas. Bu yo‘l bilan kasallik juda sekin, go‘yoki “o‘rmalab - emaklab” tarqaladi. Kasal


137




parrandalardan ajralgan qo‘zg‘atuvchi parrandaxonadagi inventarlarni, to‘shamani, devorlarni, ozuqani ifloslantirishi tufayli ular orqali ham infeksiya tarqalishi mumkin.
Mikoplazmoz ko‘pincha sekundar infeksiyalar (esherixioz, infeksion laringotraxeit, chechak, infeksion bronxit, pasterellyoz) bilan birga asoratli kechishi mumkin. Mikoplazmoz infeksiyasining tarqalishiga ko‘maklashuvchi omillarga quyidagilar kiradi:

  • binolarda havo almashishning yaxshi bo‘lmasligi natijasida ammiak gazi konsentratsiyasining me’yordan oshishi parrandalaming nafas olish a’zolari shilliq pardalarini qitiqlaydi, bu esa ularni mikoplazmalar bilan zararlanishini engillashtiradi. Binodagi changda parrandalardan ajralgan mikoplazmalar ko‘p bo‘ladi.

  • jo‘jalar binodagi namlik rejimini o‘zgarishini juda og‘ir o‘tkazadi, chunki ular tovuqlarga nisbatan ko‘proq suyuqlik ajratadi;

  • parrandalarni tig‘iz saqlash, jo‘jalar guruhini qo‘shish;

  • ratsionning o‘rnini bosolmaydigan aminokislotalar, vitaminlar va mineral moddalar bo‘yicha balanslanmaganligi;

  • jo‘jalarni kasalliklarga qarshi tirik vaksinalar bilan emlash.

Patogenezi. Nafas olish a’zolariga kirgan mikoplazmalar u yerlardagi
epitelial hujayralarda ko‘payadi, u joylardan qonga o‘tadi va organizmda intoksikatsiya chaqiradi. Ko‘proq yuqori nafas olish a’zolari kasallanadi. Gematogen yo‘l bilan qo‘zg‘atuvchi bosh miyaga, jigar, taloq, buyraklarga tarqaladi. Tovuq embrioni va jo‘jalarning havo xaltachalarida ko‘paygan qo‘zg‘atuvchi u yerda yallig‘lanishni keltirib chiqaradi. Kasallik patogenezida organizmning rezistentligini tushiruvchi omillar, shu jumladan stress va sekundar infeksiyalar mikoplazmozning kechishini og‘irlashtiradi va odatda uni o‘limga olib keladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling