Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg‘ulotning borishi
- Bronchitis infectiosa
- Epizootologiyasi.
Mashg‘ulotning maqsadi: Kasallik sabablarini, klinik belgilarini, tashxis qo‘yishni, boshqa kasalliklardan farqlashni o‘rganadi.
Kerakli jihozlar. Turli rasmli jadvallar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar. Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga kasallikning sabablarini, klinik belgilarini, tashxis qo‘yishni, boshqa kasalliklardan farqlashni tushuntiradi, yozdiradi va ko‘rsatib beradi. Tayanch iboralari: Parranda, tovuq, yuqumli bronxit, Bronchitis infectiosa, kontagioz, qo‘zg‘atuvchi, virus, patogenezi, tuxumdor tovuqlar, go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalar, ochiq va yopiq joylarda asrash, dezinfeksiya, profilaktika. Bronchitis infectiosa - yuqori kontagiozli virus kasalligi bo‘lib, yoshlarda nafas olish va tovuqlarda ko‘payish a’zolarini jarohatlanishi va tuxum berishni keskin pasayishi bilan xarakterlanadi. Qo‘zg‘atuvchisi - Coronavirus avian - koronovirus avlodi, koronaviridi oilasiga mansub. Virion polimorf, 80-100 nm, RNK saqlovchi, usti lipid qobig‘i bilan o‘ralgan. 20 dan ortiq serologik turlari mavjud. Virus 8-10 kunlik tovuq embrionida o‘sadi. Tovuq embrion allantois suyuqligida 370 C 10 kun, 20-30° C da 24 kun, to‘qimada 40 C da 80 kun virus faol saqlanadi. Bino ichidagi obyektda 17-230 C da 7 kun, go‘ngda 50 -90 kun, -300 C da 17 yil faol turadi. 2-5 % karbol kislota, formalin, 3% li o‘yuvchi natriy bir necha daqiqada faolsizlantiradi. Go‘ngni biotermik zararsizlantirishda virus 20 kundan keyin faolsizlanadi. 148
Patogenezi Yashirin davr 36 soatdan -10 kungacha. U parrandalarning yoshiga, saqlash sharoitiga, chidamligiga, virusning miqdoriga va virulentligiga bog‘liq. Virus organizmga respirator a’zolar epiteliyasiga kirib ko‘payadi va u yerda distrofik o‘zgarishlar hamda ularni to‘qimadan ajralishiga olib keladi. Keyin virus qonga o‘tib butun organizmga tarqaladi. Ko‘pincha tuxum yo‘li jarohatlanib, tuxumni shakllanish jarayoni izdan chiqadi. Qon tomirlarining o‘tkazuvchanligini oshishi natijasida traxeya, bronx shilliq pardalarida shish va yallig‘lanish kuzatiladi va ushbu jarayonlar natijasida nafas olish tizimi a’zolarida shartli patogen mikrofloralarni ko‘payishiga imkon yaratiladi. Virusni respirator a’zolar epiteliyasida va buyrakda klinik sog‘aygan parrandalarda bir necha haftadan keyin ham aniqlasa bo‘ladi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling