Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 44-rasm. Tovuq tojidagi chechak
- 46-rasm. Shilliq pardadagi
- Qiyosiy tashxis
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Parrandaning terisi va shilliq pardalarida xarakterli jarohatlar kuzatilib, gavda yorib ko‘rilganda autointoksikasiya alomatlari va juda oriqlash holati aniqlanadi. Chechakning difteritik va aralash
44-rasm. Tovuq tojidagi chechak 145 shaklidan o‘lgan parrandaning nafas tizimi organlarini shilliq qavatida qiyin olinadigan po‘stloq, havo xaltachalarida esa tiqinlar topiladi. Kasallikning atipik shaklida esa teri qoplamasida o‘zgarishlar kuzatilmaydi, balki jigar yuzasida kichik sarg‘ish o‘choqchalar aniqlanadi. Shuningdek, o‘pkada shish, yurak epikardida va ichakning seroz qavatlarida nuqtali qon quyilishlar uchraydi. 46-rasm. Shilliq pardadagi Chechakning surunkali kechishi oqibatida o‘lgan chechak parranda gavdasi juda oriq bo‘lib, jigar, buyrak, yurakda distrofik o‘zgarishlar, taloqni shishi va qo‘ng‘ir - sariq tusda bo‘lishi kuzatiladi. Tashxisi. Parrandalarning chechak kasalligiga tashxis qo‘yishda epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilar, patologoanatomik o‘zgarishlar va labarotoriya tekshiruvi natijalariga asoslaniladi. Laboratoriya tekshiruvini o‘tkazish uchun parrandaning boshi, terining zararlangan qismlari va ichki organlari jo‘natiladi. Qaysiki, Borelning “kokksimon tanachalari” ga o‘xshab qo‘ng‘ir rangda to‘planib turadi. Qiyosiy tashxis. Chechak kasalligini tovuqlarda A - avitaminoz, kandidamikoz, aspergillyoz, yuqumli laringotraxeit hamda bronxit kassalliklaridan, kurkalarda sinusitdan va kaptarlarda trixomonoz kasalligidan qiyosiy farqlash talab etiladi. Davolash. Parranda terisidagi chechak “toshma” larini yumshatish uchun neytral yog‘lar, sintomisinli malham yoki glitserin surtiladi. Chechak yarachalarining yuzasiga esa 1 % li yod - glitserin (yod - 0,1; kaliy yod - 1,0; glitserin - 30,0 gacha), 3 - 5 % li xloramin eritmasi kabi kuydiruvchi dori vositalari bilan ishlov beriladi. Burun bo‘shlig‘i va ko‘z konyuktivasi iliq suvda yuvilib, borat kislotasining 2 - 3 % li eritmasi purkaladi. Parrandalarga cheklanmagan miqdorda suv berilib, unga kaliy yod qo‘shib turiladi. Antibiotiklar va vitaminlarni qo‘llash tavsiya etiladi: baytril- 10 %, 1 l suvga 146 5-1,0 ml miqdorda 5-7 kun; norfloks-200, 1 l suvga 0,5 - 1,0 ml dozada 3-5 kun; enroksil, 1 l suvga 0,5 ml dan 5 kun yoki enroflon preparatini 1 l suvga 0,5-1,0 ml miqdorda 5 kun davomida uzluksiz erkin ichiriladi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling