CHECHAK KASALLIGI VA UNGA QARSHIKURASHISH CHORA
TADBIRLARI
Reja: 1. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablari
Klinik belgilari, tashxisi, qiyosiy tashxisi oldini olish va davolash.
Kasallikka qarshi kurash tadbirlari
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalar chechakni boshqa kasalliklardan farqlashni, tashxis qo‘yishni, kasallikka qarshi kurashni o‘rganadi.
Kerakli jihozlar. Turli rasmli jadvallar, uslubiy qo‘llanma, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga parrandalar chechak kasalligi to‘g‘risida tushuntirib beradi. Kasallik va unga qarshi kurash tadbirlarini yozdirib o‘tadilar.
Tayanch iboralari: Parranda, tovuq, kurka, kaklik, bedana, to‘ti, kanareyka, chumchuq, sayroqi qush, oqqush, tuyaqush, jo‘jalar, Variola avium, kontagioz, ekzantema, Avipoxviridae, Avipoxvirus, infeksiya, virus, tovuq embrioni, kultura hujayralari.
Parranda chechagi (Variola avium) - virusli kontagioz kasallik bo‘lib, parranda oyoqlarining patsiz qismlari, boshi, toji, sirg‘achalari, quloq solinchagi (mochki), tumshuq atrofi va burun teshiklarida chechak ekzantemalarining rivojlanishi hamda og‘iz bo‘shlig‘i, nafas a’zolari va ko‘zlarining shilliq qavatlarida difteroid zararlanish namoyon bo‘ladi.
Xususan, kasal parrandalarning 50 - 70 % gacha o‘lishi, o‘lmay qolganlarining 30 % gacha yaroqsiz hisoblanishi, ulardan olingan inkubatsion tuxumlarning 80 % gacha palag‘da bo‘lishi va tuxumdorlikning 5 karra kamayib ketishi kuzatiladi.
Qo‘zg‘atuvchisi. Chechakni qo‘zg‘atuvchi virus Avipoxviridae oilasi, Avipoxvirus avlodiga mansub bo‘lib, uning o‘lchami 260 -390 nm. Ushbu
143
viruslar tashqi muhitning turli omillariga chidamli hisoblanib, quruq epiteliyda
37 - 380 C daraja haroratda 8 kun, 60 C da 8 yil, 150 C dan past haroratda esa
15 yilgacha hayotchanligini saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |