Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 41-rasm. Respirator mikoplazmoz
- Patologoanatomik o‘zgarishlar.
- 42-rasm. O‘pkadagi nekrotik o‘choqlar
- Diagnostika.
Klinik belgilari. Kasallikning yashirin davri 4-23 kunni tashkil etadi. Klinik belgilarni namoyon bo‘lishi ko‘pgina omillarga bog‘liq. O‘rtacha kasallik 10-40%, maksimum 60-70% parrandalarda o‘tkir kechadi.
138 Ulaming 3-7 oyligida va tuxum qo‘yish davrida mikoplazmoz eng ko‘p uchraydi. Ushbu kasallikning asosiy belgisi, parrandalarning nafas olish a’zolarining jarohatlanishi hisoblanadi. Kasal parrandalar tez nafas oladi va ularda yo‘tal kuzatiladi. Nafas olishda kekirdakdan xirillash eshitiladi va tumshuqlarini ochib nafas oladi. Kasal 41-rasm. Respirator mikoplazmoz parranda bo‘ynini cho‘zib esnaydi, bilan kasallangan jo‘ja ozuqa emay qo‘yadi, oriqlab ketadi, nimjonlashadi, qanotlarini yig‘ib ololmaydi. Ko‘pincha bir yoki ikki tomonlama rinit, burunlardan seroz yoki seroz-fibrinli ekssudat ajraladi. Ekssudatni qotishi natijasida burun teshiklari yopilib qoladi. Ko‘pincha kasallik me’yoriy tana haroratida kechadi. Ayrim hollarda u 10C ga ko‘tarilishi mumkin. Tuxum qo‘yish pasayadi. Jo‘jalarda klinik belgilar shiddatliroq o‘tadi. Kasal jo‘jalar o‘sishdan qoladi va bu holatda 75% jo‘ja ishlab chiqarishga yaroqsiz bo‘ladi. Jo‘jalarda kasallik o‘tkir kechsa, o‘lim 10-25 %, tovuqlarda o‘lim 4-6 %, embrionlarda 10-30 % bo‘ladi, tuxum qo‘yishi 10-40 % kamayadi. Patologoanatomik o‘zgarishlar. orqada qolgan, tovuqlar esa, kuchli ozgan bo‘ladi. Ayrim parrandalarning burun teshiklari qotgan seroz-jigarrang ekssudat bilan yopilib qolganini ko‘rish mumkin. Nafas olish a’zolarida kataral yallig‘lanish, giperemiya, ko‘krak va qorin havo xaltachalarida shilimshiq 42-rasm. O‘pkadagi nekrotik o‘choqlar to‘planib qoladi, tomoq, xiqildoqda va shilimshiq moddalar O‘lgan jo‘jalar o‘sish va rivojlanishdan 139 fibrinli yallig‘lanish, kazeoz massa kuzatiladi. O‘pka kesilganda nekrotik o‘choqlar ko‘zga tashlanadi. Kasallik surunkali kechganda fibrinli plevrit, peritonit, aerosakkulit, perigepatit, periepikardit kuzatiladi. Sekundar infeksiyaning turiga qarab patanatomik o‘zgarishlar ham farqlanadi. Diagnostika. Respirator mikoplazmoz kasalligiga diagnoz klinik belgilar, patologoanatomik o‘zgarishlar, epizootologik ma’lumotlar va albatta laboratoriyaviy tekshirish natijalariga asosida qo‘yiladi. Laboratoriyaviy tekshirish uchun, qon, uning zardobi, o‘lgan tovuq, jo‘ja, ularning havo xaltachalari, kekirdak, o‘pka bo‘lakchalari, bosh miyasi yuboriladi. Patologik material Edvard buloni va agariga ekiladi, tovuq embrioni zararlantiriladi, jo‘jalarga biosinov qo‘yiladi. Ulardan sof kultura ajratiladi. Tovuqlarda mikoplazmoz antigeni bilan QTAR, ZTAR (zardob tomchi agglyutinatsiya reaksiyasi), IFT va PZR qo‘yiladi. 7-9 kunlik tovuq embrioniga patologik material suspenziyasi yuborilsa, 3-7 kundan keyin embrion o‘ladi, ular o‘sish va rivojlanishda orqada qoladi, bo‘yin va boshi shishgan, qon to‘plangan bo‘ladi. Jigar va talog‘i kattalashgan, artrit va aerosakkulit kuzatiladi. Ko‘p hollarda embrionning xorion-allantois pardasi qalinlashgan bo‘ladi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling