39-rasm. Parrandalar sirg‘asidagi o‘zgarishlar
133
40-rasm. Pasterellyozda parranda o‘pkasidagi qon quyilishlar
Ajratma tashxisi - Parrandalarda - Nyukasl kasalligi, spiroxitoz, mikoplazmoz va yuqumli laringotraxeit kasalliklaridan farqlanadi.
Xo‘jalikda davolash ishlari. Pasterellyoz bilan kasallangan parrandalar davolanmaydi.
Nazorat savollari:
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablari?
Pasterellyozda klinik belgilarning namoyon bo‘lishi?
Kasallik patogenezi?
Kasallikka qarshi kurashish tadbirlari?
134
RESPIRATOR MIKOPLAZMOZ VA UNGA QARSHIKURASHISH
TADBIRLARI
Reja: 1. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablari
Klinik belgilari, oldini olish, tashxisi, qiyosiy tashxisi va davolash.
Kasallikka qarshi kurash tadbirlari
Mashg‘ulotning maqsadi: Respirator mikoplazmoz kasalligi haqida tushunchalarni shakllantirish. Respirator mikoplazmoz kasalligining kelib chiqish sabablarini aniqlash, klinik belgilarini farqlash, dastlabki tashxish qo‘yish va davolash haqidagi bilimlarini shakllantirish.
Kerakli jihozlar. Turli rangli rasmlar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga respirator
mikoplazmozning kelib chiqish sabablari, diagnozi kasalliklardan farqlashni tushuntirib beradi. Davolash, oldini olish va qarshi kurash tadbirlarini yozdiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |