48-rasm. Kekirdakdagi qizarish follikulalari atrofiyaga uchragan.
Tuxum yo‘lida kistalar, tuxumdon qobig‘ida qon quyulishlar ko‘zga tashlanadi.
Jigar - qon harakati susayib (zastoy) giperemiyaga uchragan, uning uchlari
o‘tmas.
Tashxis. Kasallikka klinik, epizootologik ma’lumotlar, patologo- anatomik
o‘zgarishlar asosida dastlabki va laboratoriyaviy tekshirish asosida yakuniy
diagnoz qo‘yiladi. Bularga: a) kekirdak, burun, tovuq embrioni va hujayralar
47-rasm. Yuqumli bronxit
bilan kasallangan jo‘ja
150
kulturasi suyuqligidan virus ajratish; b) 8-10 kunlik embrionda biologik sinov (traxeya, o‘pka va bronx suspenziyasini yuborish) yoki 10-20 kunlik jo‘jalarga 0,5 ml suspenziyani traxeyaga yuboriladi. Ularda 18-36 soatda klinik belgilar ko‘rinadi; v) parrandaning juft qon zardobida antitelolarni 4 barobar oshishini kuzatish; g) neytrallash, BGAR, RDP va RIF reaksiyalar kiradi. VN antitelolari
36 kun orasida shakllanib, 483 kungacha saqlanadi. BGARda 187 kun antitelo aniqlanadi. RDP da juda tez diagnoz qo‘ysa bo‘ladi, ammo sezgirligi 10-50%.
Ajratma tashxis - YuLT, NB, gipovitaminoz A, respirator mikoplazmoz, chechak, gripp va yuqumli tumovdan farqlash kerak.
Davolash- maxsus vosita yaratilmagan.
Immunitet Kasaldan tuzalgan tovuqlarda keyingi virus bilan zararlanishga immunitet hosil bo‘ladi. Maxsus oldini olish uchun xorijiy mamlakatlarda tirik attenuiatsiya shtammlaridan va faolsizlantirilgan vaksinalar mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |