Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet98/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Iqtisodiy zarar. Kasallik qayd qilingan parrandachilik xo‘jaliklari katta
iqtisodiy zarar ko‘radi, chunki bunday xo‘jaliklarni sog‘lomlashtirish qiyin
bo‘lib, uzoq muddatga cho‘zilib ketadi. Jo‘jalar orasida o‘lim 5-30 foiz atrofida
kuzatiladi.
Epizootologiyasi. Virus jo‘jalar kasallangan vaqtdan boshlab ikki
haftagacha tezagi bilan ajralib turadi, bunda to‘shama, katakcha, asbob-uskuna
va yem ifloslanadi. Parrandalar og‘iz, ko‘z va burun shilliq pardalari orqali
zararlanadi. Virusning bir tovuqxonadan boshqasiga parrandaboqarlarning
kiyim-kechaklari, poyafzallari hamda asbob-uskunalar orqali o‘tishi aniqlangan.
Virus uzoq masofalarga yovvoyi parrandalar orqali tarqaladi. U tuxum
orqali va aerogen yo‘l bilan ham o‘tishi mumkin.
Kasallik yilning hamma faslida uchraydi, ayrim hollarda u yashirin
kechadi.
Klinik belgilari. Kasallikning birinchi klinik belgilari moyil jo‘jalarda
2-3-kuni namoyon bo‘lib, u odatda 7 kun davom etadi. O‘lgan parrandalar
bo‘yni va oyoqlarini tekis uzatib
yotganligi ko‘rinadi.
Kasallikning birinchi belgisi oq-
sarg'ish suvdek suyuq ich
ketishidir. Birdan ishtaha

yo‘qoladi, patlar ho‘rpayadi,
depressiya ro‘y beradi, bosh va
bo‘yin qaltirab, kasal parranda
birdan o‘lib qoladi. Gamboro
kasalligi o‘tkir kechadigan parrandachilik xo‘jaliklarida kasallikning klinik
belgilari 25 kunlik yoshga to‘g‘ri keladi. Odatda kasallikning bunday kechishi
sporadik xarakterga ega bo‘lib, asosan yangi olib kelingan va emlangan
parrandalarda kuzatiladi.





49-rasm. Gambora bilan kasallangan jo‘ja


154


Patologoanatomik o‘zgarishlar.
Kasal, o‘ldirilgan va o‘lgan
parrandalami yorib ko‘rilganda
fabritsieva xaltachasi 2-3 marta
kattalashgan, shilliq pardalari shishgan
va qonga to‘lgan bo‘lib, og‘ir hollarda
bursa bo‘shlig‘ida fibrin qatlami

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling