Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet101/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga infeksion laringotraxeit kasalligi haqida batafsil tushuntirish beriladi, kasallikka qarshi kurashish tadbirlari o‘rgatiladi.
Kerakli jihozlar. Turli rasmli jadvallar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalardan foydalaniladi.
Mashg‘ulotning borishi: Guruh talabalariga parrandalarning infeksion laringotraxeit kasalligi to‘g‘risida tushuncha beradi. Kasallikning oldini olish tadbirlarini yozdiradi va ko‘rsatib beradi.
Tayanch iboralari: Parranda, tovuq, infeksion laringotraxeit, kontagioz, qo‘zg‘atuvchi, virus, patogenezi, tuxumdor tovuqlar, go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalar, ochiq va yopiq joylarda asrash, dezinfeksiya, profilaktika.
Infeksion laringotraxeit (lot.- Laryngotracheitis) - parrandalarning kontagioz infeksion virus kasalligi bo‘lib, kataral va fibrinli-gemorragik rinit, traxeit, konyuktivit va bug‘ilish hodisasini kuzatilishi bilan xarakterlanadi.
Infeksion laringotraxeit birinchi marta AQSh da Mey va Titsler (1925) tomonidan qayd qilingan. Ammo, uni infeksion bronxitdan aniq farqlamagan. 1930 yilda Bigs va boshqalar ushbu kasalliklarni 2 ta mustaqil kasallik ekanini isbotlagan. Infeksion laringotraxeitni Yangi Zelandiyada R.G. Vebster (1959), Polshada K. Marek (1948) va Bolgariyada S.T. Jekovlar (1961) mukammal o‘rganishgan.
Sobiq Ittifoqda birinchi bo‘lib G.A. Dejava (1963) laringotraxeit kasalligiga diagnoz qo‘yish uchun diffuzli pretsipitatsiya reaksiyasini, V.N. Syurin, M.A. Shestochenko, Z.Ya. Chistova (1964), B.K. Qo‘chqorov


157




(1970) laringotraxeit kasalligiga ekspress diagnoz qo‘yish uchun nurlanuvchi antitelolar usulini qo‘llaganlar. Bu usul nihoyatda yuqori spetsifik ekspress usullar qatoriga kiradi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling