Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet104/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

53-rasm. Laringotraxeal shakl kuzatiladi. Kekirdak oralig‘ida qonli
shilimshiq ekssudat to‘planadi, ayrimlarida tvorogsimon tiqin paydo bo‘ladi, u
ko‘pincha tomoq teshigini to‘la bekitib qo‘yganligi uchun kasal tovuq nafas
ololmasdan o‘ladi. Ular ekssudatni yo‘tal bilan chiqarishga harakat qiladi. Kasallar
tuxum qo‘yishni to‘xtatadi. Agar o‘z vaqtida o‘sha tiqin olib tashlansa, tovuq
tuzalib ketishi mumkin. Kasallik odatda 3-10 kun davom etadi, agar kasal





160


tovuqning rezistentligi past bo‘lsa, u albatta o‘ladi. O‘lim kasallik o‘tkir kechganda
10-60%. ILT yarim o‘tkir va surunkali kechganda kasallik respirator sindrom bilan
o‘tadi.
Konyuktival shaklda dastlab guruhdagi ayrim 20-25 kunlik jo‘jalar
kasallansa, keyin guruhdagi barcha jo‘jalar kasallanishi mumkin. Kasallikning
bu shaklida dastlab bir yoki ikkala ko‘zning shilliq pardasi qizaradi, ko‘z shakli
o‘zgarib, uzunchoq bo‘lib qoladi, ko‘zning ichki burchaklari bo‘rtib chiqadi,
qovoqlari ham shishadi va serozli ekssudat oqib turadi, ko‘pikli suyuqlik qoplab
oladi. Yallig‘lanish jarayoni tobora chuqurlashib, ko‘zning uchinchi qovog‘ini
ham jarohatlaydi va ko‘z yopishib qoladi, yosh oqib turadi, yorug‘likdan
qo‘rqish kuzatiladi va kasal parrandalar nim qorong‘i joylarga berkinib oladi.
Konyuktivit uzoq cho‘zilsa,
ko‘zning uchinchi qovog‘ida
kazeozli massa to‘planadi. Ayrim
kasal parrandalar ko‘r bo‘lib qoladi.
Ko‘p yillik kuzatuvlar natijalariga
ko‘ra laringotraxeit kasalligining
konyuktival shakli yosh
parrandalarda uchraydi va
laringotraxeal shakl bilan birga
kechadi. Kasallikning konyuktival
shaklida hiqildog‘i va kekirdagi kam jarohatlanadi.
Patologoanatomik o‘zgarishlar. Kasallikning laringotraxeal shakliga
chalingan tovuqlar yorib ko‘rilganda o‘zgarishlar asosan hiqildoq va kekirdakda
bo‘ladi. Ko‘p hollarda hiqildoqni kazeozli tiqin berkitib qo‘yadi. U olib
tashlansa, hiqildoq shilliq pardasining qizargani, shishgani, yo‘g‘onlashgani va
notekisligi ko‘zga tashlanadi. Kekirdak shilliq pardasining qizargani va uning
hamma qismlarida yoki yuqori qismida qon quyilishlar, kekirdak yo‘lida har xil
miqdordagi shilimshiqli, qonli ekssudatlar aniqlanadi.





54-rasm. ILTning konyuktival shakli


161






Burun bo‘shlig‘ida, kekirdak va katta bronxda shilliq-gemorragik quyqa
kuzatiladi. Til asosida ham qotgan fibrinli ekssudat bo‘ladi. Parenximali a’zolar
qonga to‘lgan, yurak kattargan, ichaklar shilliq pardalari va kloakasi
yallig‘langan bo‘ladi. Halqumni kazeozli tiqin berkitib qo‘yganligi uchun
bo‘g‘ilib o‘lgan parrandalarni yorib ko‘rilganda epikardda mayda
gemorragiyalar ko‘zga tashlanadi.
ILT kasalligining konyuktival shaklida patologoanatomik o‘zgarishlar
xususan jarohatlangan ko‘zda
kuzatiladi. Unda ko‘z shilliq
pardasi qizargan, shishgan,
ikkala ko‘z qovog‘i, uchinchi
qovoq ham shishgan bo‘ladi.
Konyuktival xaltada kazeozli
massa to‘plangani, ayrim
kazeozsimon modda hollarda ko‘z qovog‘i xiralashgani
va ko‘z soqqasi kasallangani ko‘zga tashlanadi.
Diagnostikasi. ILTga dastlabki diagnoz epizootologik, klinik va patologoanatomik ma’lumotlar asosida qo‘yiladi. 25-35 kunlik jo‘jalardan 7-8 oylikkacha tovuqlarning kasallanishi, kasallikning epizootiya shaklda kechishi, tez tarqalishi, nafas olishning buzilishi, ya’ni yo‘tal, bo‘g‘ilish, tomoq va kekirdak shilliq pardalarining gemorragik va kataral yallig‘lanishi hamda o‘pka, bronxlar va boshqa ichki a’zolarda deyarli o‘zgarish bo‘lmasligi bu kasallikka diagnoz qo‘yishda katta ahamiyat kasb etadi.
Laboratoriyaviy usullar bilan qo‘yilgan diagnoz yakuniy hisoblanadi. Bunda patologik material bakteriologik usulda tekshirilib, bakterial kasalliklar istisno qilinadi. So‘ngra ushbu materialdan 1:5 yoki 1:8 nisbatda suspenziya tayyorlanib, 30-60 kunlik jo‘jalar zararlantiriladi. Agar materialda ILT virusi bo‘lsa, kekirdakka yuborilgan jo‘jalarda 3-5 kundan so‘ng kasallik belgilari paydo bo‘ladi. Kloakasi zararlantirilgan jo‘jalarda 3-5- kunlari kloaka shilliq pardasida qizarish, shish va serozli shilliq suyuqlik kuzatiladi. Zararlantirilgan





55-rasm. Kekirdakdagi shilimshiq va


162


tovuq embrioni xorioallantoisida xarakterli oq-kulrang tugunchalar paydo bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda tovuqlarning infeksion laringotraxeit kasalligiga diagnoz qo‘yish uchun neytrallash, GATR, IDR reaksiyalari qo‘llaniladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling