MAREK KASALLIGI VA UNGA QARSHIKURASHISH
Reja: 1. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablari.
Klinik belgilari, tashxisi, qiyosiy tashxisi, oldini olish va davolash.
Kasallikka qarshi kurash tadbirlari.
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalar marek kasalligi haqida tushunchalar oladi, qanday qilib tashxis qo‘yish, oldini olish hamda kasallikka qarshi kurashni o‘rganadilar.
Kerakli jihozlar. Turli rasmli jadvallar, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi talabalarga marek kasalligi to‘g‘risida tushunchalar beradi, asosiy joylarini yozdirib o‘tadi.
Tayanch iboralari: Parranda, tovuq, marek, kontagioz, qo‘zg‘atuvchi, virus, patogenezi, tuxumdor tovuqlar, go‘sht yo‘nalishidagi jo‘jalar, ochiq va yopiq joylarda asrash, dezinfeksiya, profilaktika.
Marek kasalligi tovuqlar kasalligi bo‘lib, virus qo‘zg‘atadi. Oyoqlar nervining chala va to‘liq falajlanishi, ko‘z rangdor pardasining ko‘kimtir rangga kirishi, limfosit va plazmatik hujayralar tomonidan boshqarilmaydigan proliferitik o‘zgarish bilan ifodalanadi. Markaziy nerv tizimi, shuningdek qanotlar, dum va bo‘yin zararlanadi.
Kasallik birinchi marta 1907 yilda venger olimi Marek tomonidan aniqlandi. Mamlakatimizda ham keyingi 15-20 yil ichida qayd qilinib turibdi.
Iqtisodiy zarar. Asosan 4 haftalikdan 22 haftalikgacha bo‘lgan jo‘jalar kasallanadi. O‘lim 1-30 foiz, ko‘pincha 3-5 foiz atrofida ro‘y berib, oylab davom etadi. Kasallik chiqqudek bo‘lsa, xo‘jalikni sog‘lomlashtirish va karantin o‘tkazish uchun ma’lum miqdorda mablag‘ sarflash talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |