60-rasm. To‘liq falajlangan jo‘ja
181
deb, cheklov qo‘yiladi. Xo‘jalikda jo‘jalar 6 oy parvarish qilinganda Marek kasalligi kuzatilmasa, yakuniy dezinfeksiya o‘tkazilib cheklov bekor qilinadi.
Nazorat savollari:
Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablari?
Marek kasalligida qanday klinik belgilari namoyon bo‘ladi?
Kasallik patogenezi?
Kasallikka qarshi kurashish tadbirlari?
182
O‘RDAKLAR KASALLIKLARI VA UNGA QARSHIKURASHISH
Reja: 1. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablari.
Klinik belgilari, tashxisi, qiyosiy tashxisi, oldini olish va davolash.
Kasallikka qarshi kurash tadbirlari.
Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalarga o‘rdaklar kasalliklari bo‘yicha, unga tashxis qo‘yish, oldini olishni, qarshi kurashishni o‘rganadilar.
Kerakli jihozlar. Turli rasmli jadvallar, uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar, taqdimotlar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar.
Mashg‘ulotning borishi: Kafedrada “Parrandalar kasalliklari” fanini o‘qitish, ko‘rgazmali qurol va o‘quv vositalari bilan jihozlangan o‘quv xonasida o‘tadi. O‘qituvchi kasallik to‘g‘risida tushuncha berib, yozdiradi, ko‘rsatib beradi.
Tayanch iboralari: Parranda, o‘rdak, o‘rdak jo‘jalari, o‘rdaklar virusli gepatiti, hepatitis ririosa anaticularum, qo‘zg‘atuvchi, simptom, yog‘li metomorfoz, nekroz va nekrobioz, tashxis, qiyosiy tashxis, parrandaxona, ochiq va yopiq joylarda asrash, me’yor, ratsion, profilaktika, dezinfeksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |