Qo‘zg‘atuvchisi. Kasallikning qo‘zg‘atuvchisi bo‘lgan virus tovuq embrioni va kultura hujayralarida yaxshi o‘sib rivojlanadi va ko‘payadi. U har xil obyektlar (to‘shama, asbob-anjomlar va boshqalar)da 1 yilgacha saqlanishi
179
mumkin. Virus parranda pati follikulalarining epitelial hujayralarida o‘sib
rivojlanadi.
Epizootologiyasi. Kasallik keng tarqalgan bo‘lib, Yevropa
mamlakatlarining ko‘p joylarida uchraydi. Asosan tovuqlar, ayrim hollarda esa
bedanalar, o‘rdak, kurka, oqqush, tustovuqlar kasallanadi. Kasallikka eng moyili
jo‘jalar hisoblanadi. Ularda 2 haftalikgacha ko‘proq uchraydi. Tabiiy sharoitda
virus ikki yo‘l bilan tarqaladi: kasal tovuqlardan olingan embrionlar-virus
tashuvchilar orqali (vertikal yo‘l bilan tarqalish); bevosita va bilvosita kasallik
qo‘zg‘atuvchisining manbai orqali (gorizontal yo‘l bilan tarqalish). Bundan
tashqari, qora qo‘ng‘izlar ham virus tashuvchi xizmatini o‘taydi. Bir kunlik
jo‘jalar yaxshi va qulay ob’ekt hisoblanadi.
Patogenez. Kasallangan parrandalar
qonida virus aniqlanadi. Organizmda virus
leykositlar bilan tarqalib, limfoid
hujayralarda o‘sib, rivojlanadi (fabrisiya
xaltachasi, taloq, timus, murtak va ko‘r
ichakda). Buyrak kanalining epitelial
to‘qimalari hamda patlar follikulalari virus
rivojlanib o‘sishi uchun eng qulay joy dir.
Oq qon tanachalari kuchli zararlanadi. 59-rasm. Chala falajlangan jo‘ja
Klinik belgilari. Kasallik surunkali kechganda yashirin davri 2-3 hafta davom etib, markaziy va periferik nerv sistemasi zararlanadi, kasal parranda oqsaydi, oyoq, bo‘yin, qanot va dum chala yoki to‘liq falajlanadi, ko‘zning rangdor pardasi ko‘kimtir bo‘lib, qorachigi kichrayib ketadi, bu esa ko‘rlikka olib borishi mumkin.
O‘tkir kechganda 1 oylikdan 5 oylikgacha bo‘lganlari ko‘p kasallanadi. Kasallik birdaniga boshlanib, chala yoki to‘liq falaj kuzatiladi. Bir ha^a ichida 1-2 oylik jo‘jalar kasallikka chalinib o‘ladi. Kasalga chalingan parrandalarda depressiya, ataksiya va bo‘g‘ilish hollari kuzatilib, ozish hamda degidratatsiya
180
holatlari namoyon bo‘ladi. Kasallik boshlangach, 2-6 haftadan keyin parrandalar
o‘la boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |