Patologik o‘zgarishlar. Tashqi ko‘rinishidan kasallik rivojlanishi sezilarli
kuzatilmaydi. Jigar, taloq,
o‘pka, buyrak qon bilan to‘lgan
va organlar kattalashgan.
Taloqda mar-mar ko‘rinishdagi
bo‘yalishlar kuzatiladi.
Kasallikning o‘tkir shaklida
ichaklar gaz bilan to‘lganligi,
ingichka ichakning shilliq
qavatida nekrotik zararlanish
bo‘lishi bilan tavsiflanadi.
Kasallikning o‘tkir shaklida
kataral enterit, nekrotik
o‘choqlarni bo‘lishi kuzatiladi.
64-rasm. Jigar va ichakdagi o‘zgarishlar
Immunitet. Kurkalarning virusli gemorragik enterit qo‘zg‘atuvchilari epiteliotrop organizmlar hisoblanadi va organizmda viruslarni neytrallovchi va presipitiyalovchi antitelolar sintez qiladi.
Tashxis kompleks usulda qo‘yiladi. Epizootologik ma’lumotlar, klinik belgilar, patologoanatomik o‘zgarishlar laboratoriya tekshiruvlariga asoslanadi:
Kasallik qo‘zg‘atuvchilarini identifikasiya qilish va ajratib olish
Patologik material olib uni gistologik tekshirish o‘tkazish.
189
3. Virusli gemorragik enteritda maxsus antitelolar ajratib olish va RDP reaksiyasida tekshirish.
Qiyosiy tashxisi. Kasallikni kurkalarning korona virusli enteritidan farqlagan holda tashxis qo‘yish kerak.
Davolash. Kasallikni davolash maqsadida antibakterial preparatlar hamda klinik belgilariga qarab davolash o‘tkaziladi. Oziqasiga 3% glyukoza qo‘shib berish (parhez oziqlantirish) tavsiya etiladi. Immunoglobulindan foydalanish mumkin. Maxsus preparat katta yoshdagi kurkalar zardobidan qo‘llanilganda kasallik bilan kasallanish darajasi pasayib sog‘ayishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |