Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Nafas olish yo‘llaridagi begona predmet -


Download 2.16 Mb.
bet124/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Nafas olish yo‘llaridagi begona predmet - Tuyaqushlarning traxeyasi og‘ziga yaqin joylashganligi uchun yutish jarayonida u yerga begona predmetlarni tushib qolishi ko‘p kuzatiladi. Ayniqsa oziqlanish vaqtida changsimon qismlarni traxeyaga tushub qolish ehtimoli yuqori.
Sog‘lom tuyaqushlar tez va katta ishtaxa bilan oziqlanadi, shuning uchun ko‘pincha oziqani mayda fraksiyalarini nafas bilan traxeyasiga tortib oladi. Buning oldini olish uchun granullangan oziqalardan foydalaniladi.
Biroq tuyaqush traxeyasiga yoki qizilo‘ngachiga yirik predmetni kirib qolishi ham zarar yetkazishi mumkin. Ayrim hollarda qushlar havo yetishmasligidan azob chekishlari mumkin. Tuyaqush topgan arqonini qisman yutib yuborishi mumkin. Keyin undan xalos bo‘lish niyatida o‘zini u yoqdan bu yoqqa urishni boshlaydi, arqonni bo‘sh tomoniga o‘ralib bo‘g‘ilib qolishi yoki o‘zini boshqa bir yo‘l bilan jarohatlashi mumkin. Shunday noxush holatlar bo‘lmasligi uchun oziqani qat’iy ravishda bir xil fraksiyali (kattalikda) qilib beriladi va parrandaxonada begona predmetlar bo‘lmasligi ustidan nazorat o‘rnatiladi.
Staz (kamharakatlik) - Stazda tuyaqush bo‘shashgan, lohas bo‘ladi va ishtaxa yo‘qoladi, keyinchalik oziqani umuman rad etadi. Odatda kamharakatlikni sababi biror bir kasallik bo‘ladi, uni aniqlab davolash choraldari ko‘riladi. Tuyaqush sog‘ayishni boshlaganda, staz simptomlari o‘zi yo‘q bo‘lib ketadi.
Zamburug‘li gastrit - Tuyaqushlar oshqozoniga ko‘pincha zamburug‘ infeksiyasi tushishi oqibatida azob chekadilar. Zamburug‘ bilan zararlangan


193




oziqani, ayrim hollarda begona predmetni oshqozonga tushishi oqibatida bu kasallik rivojlanadi. Oshqozonda zamburug‘li gastritni rivojlanishini oldini olish uchun oziqa sifatiga e’tibor berish kerak bo‘ladi.
Gijjalar - Fermerlar uy hayvonlarini yassi qurtlardan muvofaqiyatli himoya qilmoqdalar. Yangi keltirilgan tuyaqushlarning avvalambor go‘ngini gijjaga tekshirtirish uchun laboratoriyaga topshirish kerak. Asosiysi gijjani o‘z vaqtida aniqlab, davolash va boshqa sog‘lom tuyaqushlarga tarqab ketishini oldini olish uchun muntazam ravishda galadagi barcha qushlarni go‘ngini analiz qildirib turish kerak.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling