Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet127/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Parranda chechagi (ospa) - Hashoratlarda parranda chechagi yengil o‘tadi va asosan ular orqali qushlarga tarqaladi. Tuyaqush fermalarida ushbu kasallikni oxirgi paytlari tez - tez paydo bo‘lishi oddiy holga aylanib bormoqda, ayniqsa hashoratlar kuzga yaqin hammadan ham ko‘paygan davrda.
Chechak kasalligining klinik belgilari - terisining turli yerlarida va shiliq pardalarda so‘galsimon o‘simtalar paydo bo‘ladi. Tuyaqushlarda ko‘pincha ko‘z va tumshig‘i atrofida ko‘rish mumkin. Chechak kasalligi bilan zararlangandan keyin ular ko‘rlik alomatlari rivojlanadi.
Chechak kasalligiga qarshi vaksinasi mavjud bo‘lsa ham davosi ko‘pincha muvofaqiyatsiz bo‘ladi. Ayrim hollarda chechak bilan kasallangan qushlar ko‘r bo‘lib qolgandan keyin oziqani etarli darajada topib iste’mol qila olmaganligi sababli oriqlab, ozib ketishi oqibatida nobud bo‘ladi.
Chechakka qarshi vaksina uy tovuqlariga kasallikni yuqishini oldini olish maqsadida ishlab chiqilgan, lekin bu vaksinani tuyaqushlarga ham qo‘llasa bo‘ladi.


196


Infeksion dermatopatlar - Infeksion dermatopatlar - tuyaqushlami rivojlantirishda yetarli darajada tarqalgan muammo hisoblanadi. Odatda bu kasallik tuyaqushlami ortiqcha yedirib yuborish oqibatida kelib chiqadi.


Xuddi parranda chechagidek, terini zararlanishini ko‘z atrofida ko‘rish mumkin. Lekin bu zararlangan teri qismini qaysi kasallikka tegishligini aniqlash qiyinchilik tug‘dirmaydi. Infeksion dermatopatda teri ustida yo‘g‘onlashib ustida po‘stloq paydo bo‘ladi. Shunga o‘xshash terida o‘zgarishlar paydo bo‘lishi muvozanatlanmagan oziqlanishdan ham bo‘lishi mumkin, lekin bunda terining boshqa qismlarida ham o‘zgarishlarni uchratish mumkin. Infeksion dermatopatiyada faqat ko‘z atrofida o‘zgarishlar payda bo‘ladi. Bu kasallikni zamburug‘larga qarshi preparatlar bilan muvofaqiyat bilan davolash mumkin bo‘ladi.
Teri parazitlari - Tuyaqushlarda ko‘pincha pat kapasi (kle^) va bitlari uchraydi, garchi bitlar ularda kamdan kam uchraydi. Pat kapasi tuyaqush patlariga juda katta shikast yetkazadi, shuning uchun fermalar vaqti - vaqti bilan kasallikni oldini olish maqsadida ektoparazitlarga qarshi maxsus preparatlar yordamida tadbirlar o‘tkazilib turiladi.
Bundan tashqari tuyaqushlarda pat kapasidan tashqari kapaning boshqa turlari ham bo‘ladi. Kapa tomonidan terini chaqish orqali, terini jarohatlaydi, natijada teri sifati yomonlashadi va eng yomoni lokal falajlikni (paralich) keltirib chiqaradi. Bunday holatda albatta teridan yopishib olgan parazitni sug‘urib olish kerak, shundan keyin ma’lum vaqt o‘tgandan keyin falaj o‘tib ketadi.
Nazorat savollari:

  1. Tuyaqushlarni asrash texnologiyalari haqida gapirib bering?

  2. Tuyaqusharning yuqumsiz kasalliklari to‘g‘risida nimalarni bilasiz?

  3. Tuyaqushlarning yuqumli kasalliklarini oldi qanday olinadi?

  4. Tuyaqushlarning parazitar kasalliklarini qanday davolash choralari o‘tkaziladi?


197





Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling