Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet126/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Ensefalopatiya - Ensefalopatiya kasalligining belgilari Nyukasl kaslligining belgilariga o‘xshab ketadi. Bu bosh miyada joylashgan o‘tkir kechuvchi infeksion kasalligi. Afsuski, ensefalopatiyani chaqiruvchi virus kasalligi tabiati kam o‘rganilgan bo‘lib, kelib chiqishi aniqlanmagan.
Kasallikni asosiy belgilari qushlarning koordinatsiyasi va nafas olish harakatlari buzilishi. Ko‘pincha tana harorati ko‘tarilishi va oyoqlarini holsizlanishi va uyquga tortishi kuzatiladi.
Bu kasallikni davolashda krasavka (belladonna) damlamasi yaxshi ta’sir etadi.
Zaharlanish - Zaharlanish natijasida tuyaqushlarda odatda turli xil nevrologik simptomlar paydo bo‘la boshlaydi. Tuyaqushlarda zaharlanish kasalligini chaqiruvchi zaharli moddalar yetarli darajada ko‘p, masalan: pestitsidlar, og‘ir metallar tuzi, ko‘k oziqalarni yetishtirishda foydalanadigan nitritlar va boshqalar. Parrandachilikda odatda antibiotiklar qo‘llaniladi, uy tovuqlarini rivojlantirishda sanoat masshtabida ishlatiladi. Bunday preparatlar tuyaqushlarning zaharlanishiga olib keladi.
Zaharlanishda gumon qilinganda, aniq tashhis qo‘yish qo‘yish uchun laboratoriyada zaharli moddani aniqlash bo‘yicha tekshiriladi va natijasiga qarab davolanish kursi tayinlanadi.
Deformatsiya va sinishlar - Taxminan tuyaqushlarning 5 foizi oyog‘ini deformatsiyasidan azob chekishadi. Deformatsiyaning ikki xili uchraydi: “paylarning cho‘zilishi” - noto‘g‘ri oziqlanish natijasida kelib chiqadigan


195


kasallik, va “oyoqlarning buralishi” - kelib chiqish tabiati aniqlanmagan bo‘lgan kasallik.


Yosh tuyaqushlarning suyaklami o‘sish doirasi yuqori bo‘lganligi uchun ular tez - tez jarohat olib turish natijasida suyaklar sinishi uchrab turadi. Lekin suyaklarni tez - tez sinib turishi qushlarning ratsionida ayrim moddalarni yetishmasligi yoki parvarish qilish sharoitlari to‘g‘ri kelmasligi oqibatida bo‘lishi mumkin.
Gipoglikemiya - Gipoglikemiya tuyaqushlarda ko‘pincha uzoq muddat och yurganlik oqibatida paydo bo‘ladi. Kasallik qonda shakar moddasini kamayib ketishi natijasida vujudga keladi. Simptomlari Nyukasl kasalligiga o‘xshab ketadi.
Glyukozani tuyaqushning tomiriga yuborilganda tez va muammosiz tuzalib ketadi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling