Mashg‘ulotning maqsadi: Talabalar kurkalar kasalliklari bilan tanishadi. Ularga tashxis qo‘yishni, kasalliklardan farqlashni, oldini olishni va qarshi kurashni o‘rganadilar.
Kerakli jihozlar. Kasallikdan rangli rasmlar, taqdimotlar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi “Parrandalar kasalliklari” fanini o‘qitish, ko‘rgazmali qurol va o‘quv vositalari bilan jihozlangan o‘quv xonada olib boriladi.
Tayanch iboralari: Parranda, kurka, kurka jo‘jalari, kurkalar gemorragik enteriti, viralis gallorum indecorum, qo‘zg‘atuvchi, simptom, tashxis, qiyosiy tashxis, parrandaxona, ochiq va yopiq joylarda asrash, me’yor, ratsion, profilaktika, dezinfeksiya.
Kurkalar gemorragik enteriti - Enteritis viralis gallorum indecorum. Sinonimi - yuqumli kurka enteriti.
Gemorragik enterit - yuqumli kassallik bo‘lib, adenovirus tomonidan chaqiriladi, taloq, buyrak, ichak shilliq qavatlari zararlanishi bilan xarakterlanadi, 6-19 haftalik kurkalar kasallanadi.
Kasallik Avstriya, Buyuk Britaniya, Amerika qo‘shma shtatlari, Polsha, Kanada, Avstraliya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning, kurkachilik bilan shug‘ullanuvchi fermalarida keng tarqalgan.
O‘limga olib kelish darajasi 1 % dan 60 % gachani tashkil etadi.
187
Qo‘zg‘atuvchisi. DNK saqlovchi virus. Adenoviridae oilasining ikkinchi
serotipi adenoviruslari bilan umumiy bo‘lgan maxsus guruhli va umumiy tipli
antigenga ega. Virus qismchalarining o‘lchami 80-130 nm gacha. Kurkalar
gemorragik enteriti qo‘zg‘atuvchisining morfologik xususiyatlari shu singari
boshqa parranda adenoviruslarinikiga mos keladi. Virusning verulentligi keng
qamrovli, verulentlidan to o‘ta yuqori verulentli shtamlargacha.
Virus xloroform, efirda 500 C da 3 soat davomida qizdirishga chidamli.
Virus tovuq homilasining jigari va buyragidan tayyorlangan hujayra
kulturalarida o‘stiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |