Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti
Download 2.16 Mb.
|
Parrandachilik kasalliklari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy zarar.
- Epizootologik ma’lumot.
Hepatitis ririosa anaticulorum - O‘rdak jo‘jalarining infeksion gepatit kasalligi o‘tkir kechadi, epizootiya ko‘rinishida o‘tadi, endigina tuxumdan chiqqan jo‘jalarda o‘lim ko‘p bo‘ladi, katta o‘rdaklarda kasallik subklinik shaklda o‘tadi.
O‘lim 70-80 % ga teng, 14-20 kunlik o‘rdaklarda ham aniqlangan, keyinchalik 7-kunlikgacha o‘rdak jo‘jalarida ko‘p uchradi. Iqtisodiy zarar. o‘lim 5-95 %, bu o‘rdakchilikni to‘liq depopulyasiyasi demakdir. Qo‘zg‘atuvchi. RNK saqlovchi virus Picornaviridae oilasiga mansub. Kattaligi 20-40 mm, elektron mikroskopda yumaloq shaklda ko‘rinadi. Virus 183 virulentligi, embrion yoshiga qarab 48-96 soatda zararlangandan so‘ng 5-80 % o‘ladi. Virus tashqi muhitda bahorda harorat 17° C da 25 kun, kuzda harorat 9° C da 60 kun, qishda harorat -4° C da 105 kun faolligini saqlagan. 56° C qizdirilsa 60 daqiqa, ultrabinafsha nurlari 60 sm uzoqlikda ta’sir qilganda 10 daqiqada o‘ldirgan. 1 % formaldegid 3-soatda, 1,5 % faol xlorli gipoxlorid eritmasi, 1,2 % li o‘yuvchi natriy eritmasi, 5 % bir xlorli yod eritmasi 6-soatda inaktivlashtiradi. 40 % formaldegid 1m3 ga 15 ml aerozol uslubda dezinfeksiya qilinganda 12 soat ekspozisiyada viruslar yo‘q bo‘ladi. Epizootologik ma’lumot. Kasalikka o‘rdak va g‘oz jo‘jalari, yovvoyi o‘rdak jo‘jalari ham moyil. Laboratotiya hayvonlari va tovuqlar avlodi kasallanmaydi. Xonaki g‘oz jo‘jalari kasal o‘rdak jo‘jalari bilan kontakda zararlanadi. Bu kasallikga o‘rdaklar yoshi katta ahamiyatga ega. Katta yoshli o‘rdaklari katta dozada virus yuborilganda ham kasallik tipik kechmaydi. Ba’zi fermer xo‘jaliklarida o‘rdak jo‘jalari 2-oylikdan boshlab infeksion gepatit bilan kasallanadi, bu tabiatda yuqori virulentli virus shtammlari mavjudligidan dalolat beradi. Qolaversa sovuq ob-havo, zich saqlash, ratsionning to‘yimli bo‘lmasligi sabab bo‘ladi. Virus tashqi mahitga kasal o‘rdakdan turli yo‘l bilan ajraladi. Sun’iy yuqtirilganda 24 soatdan so‘ng fekaliyda bo‘lib 6-7 hafta davomida ajraladi. Burun suyuqligi, ko‘z yoshi bilan ham ajraladi. Subklinik kasallangan o‘rdaklar ham tashqi muhitni ifloslaydi. Patogenez. Organizmga kirgan virus qon va limfa orqali barcha organlarga tarqaladi va rivojlanadi. Virus asosan jigar, taloq, bosh miya to‘qimalarida rivojlanadi. Shunday tanachalar sog‘ayishiga 4-oy bo‘lgan o‘rdaklarda ham topiladi. Download 2.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling