Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet114/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Patologoanatomik o‘zgarishlar.
Kasallik surunkali kechayotganda
o‘lgan parrandalarda tolalarining
diffuz o‘choqli yo‘g‘onlashganligi
kuzatiladi. Ichki a’zolarda 20 %
gacha
shish paydo bo‘ladi. Bunday o‘zgarish
ko‘pincha tuxumdon va urug‘donda
ko‘zga yaqqol tashlanadi. O‘lim
kasallikning o‘tkir kechayotgan paytida ro‘y bersa, shish ichki a’zolar, teri-
muskullarda kuzatilib, asosiy o‘zgarishlar markaziy va periferik nerv tizimlarida
namoyon bo‘ladi. Zararlangan nerv tolalari yo‘g‘onlashib, shishadi va sarg‘ish
rangda ko‘rinadi.
Tashxis va ajratma tashxisi. Kasallikka tashxis qo‘yish uchun uning epizootologiyasi, klinik belgilari, patologoanatomik o‘zgarishlari hisobga olinib, virusologik, serologik va gistologik tekshirishlar o‘tkaziladi. Virusdan tayyorlangan antigen pat follikulasi materiali bilan RDP qo‘yish yaxshi ko‘rsatkichdir.
Immunitet. Kasallikning oldini olish uchun kurkalarning gerpes virusidan tayyorlangan (FS-126 shtammasi) quruq kultural virus vaksina qo‘llaniladi.
Eritilib tayyorlangan vaksina 0,2 ml dan jo‘jalarning son muskuli orasiga yuboriladi. Immunitet 2 haftadan keyin paydo bo‘lib, parranda hayotining oxirigacha davom etadi.
Oldini olish. Inkubatorga tuxum faqat sog‘lom xo‘jaliklardan olib kelinishi shart. Jo‘ja sotib olib kelishga ham xuddi shunday talab qo‘yiladi. Parrandalar qat’iy yoshiga qarab saqlanishi zarur. Chala yoki to‘liq falaj kuzatilib qolgudek bo‘lsa, darhol tekshirib, tashxisi aniqlanadi. O‘z vaqtida profilaktik dezinfeksiya o‘tkazilib turiladi. Kasallikka laboratoriyada tashxis aniqlansa, tuman veterinariya bosh vrachi dalolatnomasi va hokim qarori bilan hudud noso g‘lom






Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling