Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Download 2.16 Mb.
bet123/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Parranda grippi - Tuyaqushlar ham boshqa qushlari singari parranda grippi (virus kasalligi) bilan kasallanadi. Bu kasallikka moyilligi ko‘p jihatdan chegaralangan maydonda parranda zichligi, boshqa yuqumli kasalliklarni mavjudligi va tuyaqushning yoshiga bog‘liq.
Parranda grippi ko‘pincha ko‘zidan suyuqlik oqishi va havo qopchalarini shamollashi - aerosakkulit. Virus bilan zararlangan parrandani ishtaxasi yo‘qoladi va siydigi yashilsimon tus oladi. Lekin aniq tashxisni laboratoriya testlari orqali qo‘yiladi. Parranda grippi ko‘pincha inson grippining “A” guruhi tarqalgandan keyin parranda orasida tarqaladi.
Mikoplazmoz - Mikoplazma - zamburug‘ qo‘zg‘atuvchi infeksiya. Boshqa qushlarga qaraganda, tuyaqushlarda uchraydigan zamburug‘ infeksiyasi ancha farq qiladi. Tuyaqushlarda sinusit, rinotraxeit yoki ko‘z infeksiyasi bilan zararlangan vaqtda zamburug‘ kasalligi ham qo‘zg‘ashi mumkin. Bu kasallikni dastlabki bosqichda davolasa muammo tug‘dirmay tez tuzaladi, lekin o‘tkazib yuborilgan hollarda surunkali formasiga o‘tishi mumkin.
Nafasyo‘llari kasalligi - Tuyaqushlar nafaqat qimmatbaho qishloq xo‘jalik mahsulotlari beradi, balki o‘z hayotida zararli moddalar ham ishlab chiqaradi. Xususan, yopiq xonada tuyaqushlar go‘ngidan katta miqdorda ammiak ajralib chiqadi, buning oqibatida o‘zlarida nafas yo‘llari kasalliklari rivojlanishi mumkin. Ammiak, og‘ir gaz bo‘lgani uchun pasda, polni ustida yig‘iladi. Uyqu vaqtida tuyaqushlar uzun bo‘ynini pastga tushirib boshini yerga qo‘yadi, shu bilan birga ammiak bug‘laridan nafas oladi. Ammiakni borligini bilish uchun burun orqali hidlash bilan aniqlash mumkin. Agar amiakka xos o‘tkir hid bo‘lsa, unda qushlar ammiak bilan ifloslangan havodan har kuni nafas olib asta - sekin


192




zaharlanishadi. Buning oldini olish uchun xona yaxshilab shamollatib turilishi kerak, lekin yelvizak bo‘lishi mumkin emas. Xonani vaqtida tozalab, veterinariya sanitariya talablariga rioya qilish kerak. Tuyaqushlarni boqishda xona polini ko‘tarish tavsiya etiladi. To‘shamaga ammiak ajralib chiqmpsligi uchun maxsus qo‘shimcha qo‘shiladi.
Amiakdan tashqari havodagi mayda changlar, yuqori namlik yoki yelvizak mavjudligi ham nafas yo‘llari kasalligini chaqiradi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling