Bakterial enterit - Nekrozli enterit salmonellyoz yoki boshqa patogen mikroorganizmlarni yuqishiga olib keladi. Odatda patogen mikroorganizmlarni ichaklarda rivojlanishini yassi gijja - parazitlarga qarshi berilgan dorilar provakatsiya qilib qo‘zg‘atadi. Yana turli virusli infeksiyalar va hatto yangi o‘rilgan bedani ortiqcha berib yuborish ham bakterial enteritni chaqirishi mumkin.
Boshqa ko‘p kasalliklarga o‘xshab, tuyaqushlarni noqulay sharoitda boqish ham bakterial enteritni keltirib chiqarishi mumkin. Bu juda zich joylashtirish, veterinariya sanitariya qoidalariga rioya qilmaslik, infeksiyani ko‘pligi va stress holatlardir.
Parazitar enterit - Tuyaqushlarni rivojlanishiga xalaqit beruvchi gijjalar - yassi qurtlardan tashqari boshqa parazitlar ham mavjud.
Tuyaqushlarning ingichka ichagida va kloakasida kriptosporidium joylashishi mumkin. Yo‘g‘on ichagida yoki appendiksida balantidium koli paraziti o‘ziga boshpana qilib olishi mumkin, ular organizmga ko‘p noxushliklarni keltirishi mumkin, ayniqsa patogen mikroorganizmlar ishtirokida. Tuyaqush jigari, buyragi va oshqozon osti bezlari ham parazitlar bilan zararlanishi mumkin.
Nyukasl kasalligi (psevdochuma) - Nyukasl kasalligi - eng ko‘p tarqalgan va o‘ta havfli virus kasalligi bo‘lib, qaysiki tuyaqushlarga ko‘pincha uy parrandalaridan, xususan tovuqlardan yuqadi. Biroq tuyaqushlar orasida kasallik
194
tovuqlarga qaraganda ham tezlik bilan tarqaladi, chunki ular bu kasallikka juda sezgir bo‘ladi. Lekin Nyukasl kasalligi tuyaqushlarning 9 oylik yoshigacha bo‘lgan davri uchun o‘ta havfli hisoblanadi.
Bu kasllikning tuyaqushlardagi simptomi quyidagicha: umumiy holsizlik (bemadorlik), koordinatsiyani buzilishi, boshini orqaga tashlash hollari. Odatda kasallik o‘lim bilan tugaydi. Yuqoridagi simptomlar bilan tuyaqush nobul bo‘lsa, psevdochuma kasalligi virusini ajratib olish uchun analiz qildirish uchun veterinariya bakteriologik laboratoriyaga jo‘natiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |