Vazirligi termiz agrotexnologiyalar va innovatsion riv ojlanish instituti


Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish chora tadbirlari


Download 2.16 Mb.
bet122/128
Sana14.10.2023
Hajmi2.16 Mb.
#1702722
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   128
Bog'liq
Parrandachilik kasalliklari

Kasallikning oldini olish va qarshi kurashish chora tadbirlari Kurkalarning virusli gemorragik enteritiga qarshi kurashish veterinariya- sanitariya tadbirlarini o‘tkazish vaqtida, kasallik qo‘zg‘atuvchilarini xo‘jalikda tarqalishini oldini olish, xo‘jalik hududiga kasal parrandalarning kirishini taqiqlash lozim.


Nazorat savollari:

  1. Kurkalarning qanday kasalliklari bor?

  2. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi, kelib chiqish sabablari?

  3. Kasallikda klinik belgilarining namoyon bo‘lishi?

  4. Kasallik patogenezi?

  5. Kasallikka qarshi kurashish tadbirlari?


190


TUYAQUSH KASALLIKLARI




Reja: 1. Tuyaqush kasalliklarini kelib chiqish sabablari.

  1. Klinik belgilari, tashxisi, qiyosiy tashxisi, oldini olish va davolash.

  2. Kasallikka qarshi kurash tadbirlari.

Mashg‘ulotning maqsadi: Tuyaqush kasalliklari haqida tushunchalarni shakllantirish. Tuyaqush kasalliklari kelib chiqish sabablarini aniqlash, klinik belgilarini farqlash, dastlabki tashxish qo‘yish va davolash haqidagi bilimlarini shakllantirish.
Kerakli jihozlar. Kasallikdan rangli rasmlar, taqdimotlar, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, slaydlar, kodoskop, turli xil jadvallar.
Mashg‘ulotning borishi: O‘qituvchi “Parrandalar kasalliklari” fanini o‘qitish, ko‘rgazmali qurol va o‘quv vositalari bilan jihozlangan o‘quv xonada olib boriladi.
Tayanch iboralari: Parranda, tuyaqush, parranda grippi, mikoplazmoz, staz, zamburug‘li gastrit, qo‘zg‘atuvchi, simptom, tashxis, qiyosiy tashxis, parrandaxona, ochiq va yopiq joylarda asrash, me’yor, ratsion, profilaktika, dezinfeksiya.
Katta yoshdagi tuyaqushlar organizmi baquvvat va epidemiyaga qarshi chidamli bo‘lishiga qaramay, baribir fermerga parrandalar kasalliklaridan to‘liq holi bo‘lish imkoni yo‘q. Katta yoshdagi tuyaqushlar infeksiyaga chidamli bo‘ladi, lekin me’da - ichak ishlarini buzilishi va nafas olish tizimi ishini buzilishi, respirator viruslar bilan zararlanishga moyilligi mavjud.
Oziqa konsentratlari bilan hamma ishlar biz xohlagandek emas. Granullangan oziqa yirik fraksiyadan iborat bo‘lib, me’da - ichak tizimini ishini izdan chiqaradi, shu bilan birga mayda qilib tayyorlangan konsentratlarning changsimon qismlari ham qushning burun teshigiga kirib qolib nafas olish sistemasida muammolar keltirib chiqaradi.


191




Yuqumli kasalliklardan saqlanishiga kelsak, tuyaqushlar boshqa parrandalarga o‘xshab eng ko‘p tarqalgan xavfli yuqumli kasalliklarga qarshi emlanishi shart. Epidemiya tarqalishiga qarshi xonalarni toza tutish kerak va o‘z vaqtida dezinfeksiya tadbirlarini o‘tkazib turish kerak.
Quyida uy parrandalarida uchraydigan eng ko‘p tarqalgan kasalliklar keltiriladi, ularning simptomlari, profilaktikasi va davolash usullari beriladi.

Download 2.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   128




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling